Muallif: O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Eshboev Abdumalik


Download 280.86 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi280.86 Kb.
#1272239
Bog'liq
dars ishlanma


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI 4-KURS 19-01-GURUH TALABASI ESHBOEV ABDUMALIK NING O’RTA MAKTABLARDA BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI BO’YICHA TAYYORLAGAN
DARS
ISHLANMASI
Muallif: O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Eshboev Abdumalik
9-Sinf Biologiya
15.03.2023
Mavzu: DI-poliduragay chatishtirish.Mendelning uchinchi qonuni
Dars maqsadlari:
a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga diduragay va poliduragay haqida umumiy tushuncha berish va mendelning 3-qonunini tushuntirib berish.
b)Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga di-poliduragay chatishtirish va mendelning 3-qonuninining mohiyatini ochib berish o’quvchilarda mendel qonunlari irsiyat haqida ilmiy dunyo qarashlarini kengaytirish ,aqliy tarbiya berish.
c)Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning irsiyat haqidagi bilimlarini kengaytirish, chatishtirishga doir masalalarni yechish ko’nikmasini shakllantirish.
Darsda shakllantiriladigan kompetensiyalar.
Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ,Axborot bilan ishlash , Shaxs sifatida o’zini o’zi rivojlantirish ,Ijtimoiy faol fuqorolik kompetentsiyasi elementlari.
Fanga oid kompetentsiyalar: Irsiyat haqida umumiy tushunchaga ega bolish ,Mendel qonunlarini tushunish va amaliy masalalar yechish ko’nikmasi.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsning jihozi: darslik, rasm,test, masala, jadval, doska, bo’r.

Darsda foydalanadigan texnologiya:Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi “ Kichik guruhlarda ishlash” metodi, maruza-suhbat metodlari, “Aqlimizni charxlaymiz” metodlari.


Darsning texnologik chizmasi

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tgan mavzuni mustahkamlash

11 daqiqa

3

Yangi mavzuni o’rganish

10 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

16 daqiqa

5

O’quvchini baholash

3 daqiqa

6

Uyga vazifani e’lon qilish

2 daqiqa

Darsning borishi :



  1. Tashkiliy qism :

O’quvchilar bilan salomlashiladi, navbatchi axbarotini tinglanadi.

  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

No’xat o’simligi:



Belgilari

Dominant

Retsessiv

Donning shakli







Donning rangi







Gul rangi







Poya uzunligi







Dukak shakli






Bundan tashqari “Aqlimizni charxlaymiz” usulida o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

1.Qanday belgilar dominant belgilar deyiladi.
2.mendel o’z ishlarida tekshirishning qanday usulidan foydalanadi.
3.Monoduragay chatishtirishga misol ayting biron o’simlik misolida.
4. Mendelning 1- qonunini aytib bering
5. Mendelning 2- qonunini aytib bering
6. Aa x Aa F1 dagi organizmlarning fenotipik va genotipik nisbati qanday boladi.
Savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari berib boriladi va ularning fikri mustahkamlanadi.

Yangi mavzu bayoni:


Diduragay chatishtirishda duragaylash uchun ikki juft alternativ belgili
masalan, rangi va shakli bilan farq qiluvchi no‘xatlar chatishtiriladi. Digomo-
zigotali organizmlar AABB (sariq, silliq) va aabb (yashil, burushgan) orga-
nizm lar chatishtirishdan F 1 da АаВb (100%) sariq silliq organizmlar olina di.
Bunda birinchi avlodda bir xillilik (bir xilligi) qonunining yuzaga chiqqanligini
ko‘ramiz. So‘ngra hosil bo‘lgan digeterozigota duragaylar o‘zaro chatishtiril-
ganda F 2 quyidagi natijani olamiz: sariq silliq A – B–; sariq burushgan A – bb;
yashil silliq aaB–; yashil burushgan – aabb.
Duragaylarning F 2 dagi fenotipik jihatdan 9:3:3:1, genotipik jihatdan
1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda ajralish beradi.

Shunday qilib chatishtirish uchun olingan belgilarning yangi kombinatsiyasi kelib chiqdi. Bu tajribadan G. Mendel ikkita
har xil belgilarning bir-birini inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalana
olishi mumkin ekan, degan xulosaga keldi va uchinchi qonuni – belgilarning
mustaqil holda taqsimlanishi deb ataladi.
U quyidagicha ta’rifl anadi: ikki yoki undan ortiq alternativ belgilari bo‘lgan
geterozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil holda
nasldan naslga o‘tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsani
unutmaslik kerakki, bu qonun faqat noallel genlar nogomolog xromosomalarda
joylashgandagina amalga oshadi.
Diduragay chatishtirishda allellarning F 2 avlodida fenotip jihatdan
allellarning quyidagi kombinatsiyasi yuzaga chiqishi mumkin: sariq va silliq =
3/4×3/4 = 9/16; yashil va silliq = 3/4×1/4 = 3/16; sariq va burushgan = 3/4×1/4 =
3/16; yashil va burushgan =1/4×1/4 = 1/16.Xulosa qilib aytganda, G. Mendel tajribalarida dominant va retsessiv
belgilarning nisbati 3:1 ni tashkil etadi.
Uch, to‘rt va undan ko‘p belgilari bilan tafovut qiladigan formalarni
chatishishidan hosil bo‘lgan organizmlar poliduragaylar deb nomlanadi.
Masalan, no‘xatning doni sariq, sirti tekis, gultojibargi qizil bo‘lgan navi doni
yashil, sirti burushgan, gultojibargi oq rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa
F 1 duragaylarning doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil rangda bo‘ladi.
Agar F 1 duragaylar o‘zaro chatishtirilsa 8 xil urg‘ochi gametalar, 8 xil
gametalar erkak qo‘shilishi oqibatida 64 ta zigota hosil bo‘ladi. Ularning
fenotipi: 27 ta doni sariq, tekis, guli qizil, 9 ta doni sariq, tekis, guli oq, 9 ta
doni sariq, burushgan, guli oq, 9 ta doni yashil, tekis, guli qizil, 3 ta doni sariq,
burushgan, guli oq, 3 ta doni yashil, tekis, guli oq, 3 ta doni yashil, burushgan,
guli qizil, 1 ta doni yashil, burushgan, guli oq bo‘ladi.Shuni qayd etish lozimki, allel juftlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish
sinfl ari, ularning kombinatsiyalanish imkoniyatlari, fenotipik va genotipik sinfl ar soni ham ko‘p bo‘ladi.

Diduragay va Poliduragay chatishtirishga oid masalalar:



  1. Shaftoli osimligida meva rangi va gultojbargining shaklini ifodalovchi genlar mustaqil irsiylanadi. Seleksioner o’z tajribasida shaftoli o’simligining digeterozigota holatidagi mevasi oq rangli gultojbargi tekis shakldagi formasi bilan och sariq rangli gultojbargi voronkasimon shakldagi formasi chatishtirilib F1da 128 ta o’simlik oldi. Olingan o’simliklardan nechtasining genotipi digetero zigotali bo’ladi. A)48 B)32 C)64 D)96

  2. Odamlarda sochning qora rangi malla rang soch ustidan sepkillilik sepkilsizlik ustidan dominantlik qiladi. Qora sochli sepkilli (ikki belgi bo’yicha geterozigotali) yigit malla sochli sepkilsiz ayol bilan turmush qursa avlodda qanday genotiplilar olinmaydi.

  1. AaBb, Aabb B) AaBb, aabb C) AaBB, aaBB D) Aabb

Foydalanilgan adabiyotlar:

Biologiya sitologiya va genitika asoslari 9-sinf darsligi


A.Zikiryayev, A.To’xtayev, I.Azimov , N.Sonin

Download 280.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling