Muallif: Sodiqov Dilshod
Download 227.95 Kb. Pdf ko'rish
|
1 huquq
9-sinf huquq Muallif: Sodiqov Dilshod 1. Qaysi organlar O„zbekiston Respublikasi fuqaroligi to„g„risidagi ishlarni idora qiluvchi qaysilar kirmaydi: A) O‟zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi B) O‟zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi C) O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo„yicha komissiya D) O‟zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2. Quyida berilgan modda O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida ekanligini aniqlang. “Har bir shaxsga o„z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish,davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g„ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi” A) 44-modda B) 43-modda C) 45-modda D) 42-modda 3. Qaysi qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxlariga yakka tartibda yoki jamoa bo‟lib murojaat qilish kafolatlanadi ? A) “Fuqarolarning huquq va majburiyatlari to‟g‟risida”gi qonunga muvofiq B) “Davlat organlari va mansabdor shaxslarning vazifa va burchlari to‟g‟risida”gi qonunga muvofiq C) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‟g‟risida”gi qonunga muvofiq D) “Fuqarolarning huquq va erkinliklari to‟g‟risida”gi qonunga muvofiq 4. Ombudsman vakolatiga kirmaydigan qatorni aniqlang. A)rad etish sabablarini majburiy tarzda ko„rsatgan holda shikoyatni ko„rib chiqishni rad etish; B)arizalarni ko‟rib chiqish va ularni Oliy Majlis huzuridagi inson huquqlari masalasi bilan shug‟ullanuvchi tashkilotga yetkazish C)ariza beruvchi o„z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo„lgan vositalar va yo„llarni ko„rsatish; D)ariza beruvchini huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish; 5. Yurtimizda qaysi tashkilot aholi o‟rtasida inson huquqlari sohasida huquqiy targ‟ibot ishlarini olib boradi ? A) Adliya vazirligi B) Prokratura organlari C) Inson huquqlari bo‟yicha O‟zbekiston Respublikasi Milliy markazi D) Ombudsman 6. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekanligi Konstitutsiyaning qaysi moddasida ta‟kidlangan edi ? A) 44-modda B) 46-modda C) 47-modda D) 49-modda 7. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‟yicha idoralararo kommisiyalar to‟g‟risidagi nizomning qaysi bandida voyaga yetmaganlarga nisbatan ta‟sir ko‟rsatish choralari ko‟rsatib o‟tilgan ? A) 13 band B) 20 band C) 10 band D) 15 band 8. Qaysi organ voyaga yetmaganni o„z ota-onasi yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki nodavlat notijorat tashkiloti kuzatuviga topshiradi ? A) Mahalla organlari B) Prokratura organlari C) IIV organlari D) Tuman(shahar) kommisiyasi 9. Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan qanday jazolar qo‟llanishilishi Jinoyat Kodeksining qaysi moddasida ta‟kidlangan ? A) 43-modda B) 82-modda C) 83-modda D) 85-modda 10. Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qancha muddatdan qancha muddatgacha tayinlanadi ? A) 3 oydan 5 yilgacha B) 6 oydan 10 yilgacha C) 6 oydan 5 yilgacha D) 3 oydan 10 yilgacha 11. Konstitutsiyaning qaysi bo‟limi to‟liq inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‟ishlangan ? A) III bo‟lim B) IV bo‟lim C) V bo‟lim D) II bo‟lim 12. Aybsizlik prezumpsiyasi O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida alohida belgilab qo‟yilgan ? A) 24-modda B) 25-modda C) 26-modda D) 29-modda 13. Qaysi organ xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish huquqiga ega ? A) Senat B) Qonunchilik palatasi C) Vazirlar Mahkamasi D) Oliy Majlis 14. Qaysi organ (lavozim) taqdimiga binoan Senat O‟zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasining raisini tayinlaydi ? A) Qonunchilik palatasi B) Bosh vazir C) Oliy Majlis D) Prezident 15. Qaysi organ (lavozim) taqdimiga binoan Senat O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylaydi ? A) Prezident B) Bosh vazir C) Vazirlar Mahkamasi D) Sudyalar kengashi 16. O‟zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qaysi moddasiga muvofiq, soliq qonunchiligi soliq to„lashning majburiylik, soliqqa tortishning adolatlilik, soliq qonunchiligining oshkoralik va soliq to„lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi ? A) 1-modda B) 2-modda C) 5-modda D) 6-modda 17. O‟zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qaysi moddasida “Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliq va boshqa majburiy to„lovlarni to„lashi shart” ushbu jumlalar kiritilgan edi ? A) 1-modda B) 2-modda C) 5-modda D) 6-modda 9-sinf huquq Muallif: Sodiqov Dilshod 18. Quyidagi atamlardan lotin tilidan olinmaganlarini aniqlang. 1) argument 2) apatrid 3) armiya 4) budjet A) 1,3 B) 1,2 C) 2,4 D) 3,4 19. Qaysi atama yig„ilish qatnashchilarining uning qarorlari haqiqiy deb tan olinadigan eng kam sonini bildiradi ? A) impichiment B) inauguratsiya C) apatrid D) kvorum 20. Qaysi atama shartnoma amali muddatini u tuzilayotganida nazarda tutilgan uzaytirish degan ma‟noni anglatadi ? A) veto B) preambula C) prolongatsiya qilish D) promulgatsiya qilish Download 227.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling