Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Jinoiy huquqiy normalarni takomillashtirish;
Jinoyat tuzilmalari faoliyatini ochiq va oshkoraligini taʼminlash; Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining huquqiy ong va madaniyatini oshirish kerak va h.k.; II. Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirish. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: Qonunchilik strategiyasini belgilab olish kerak; Qonunni qabul qilish ehtiyojini oʻrganish kerak; Qonunchilik muammolarini tadqiq qilish kerak; Qonun loyihalarini rejalash va prognozlashga alohida eʼtibor qaratish kerak; Qonunchilik texnikasini takomillashtirish kerak.Buning uchun deputatlarning malakasini rivojlantirish kerak; III. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun ustuvorligini taʼminlash. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 63 Amaldagi qonunlarni inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga moslashtirishni takomillashtirishi kerak; Qonunlar mazmunini fuqarolar uchun qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun faqat qonunda belgilangan narsalarga ruxsat etiladi degan prinsip asosida qayta koʻrib chiqilishi kerak; Qonunchilikda etatizmdan voz kechish va inson huquq va erkinligining ustunligini taʼminlash kerak; Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini hamda hayotda amal qilishini taʼminlash kerak; IV. Qonunchilikni sistemalashtirish, ayniqsa kodifikatsiya qilish; V. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini liberallashtirish. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: Advokatura faoliyatini takomillashtirish kerak; Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik taʼminlashi kerak; VI. Shaxsning huquqiy muhofazalanishi uchun kafolatlarni kuchaytirish. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak; Inson huquqlariga rioya etilishi ustidan manitoringni amalga oshirish kerak; Fuqarolarning inson huquqlariga oid ishlash tizimini takomillashtirish kerak; Ombudsmanning viloyatlardagi mintaqaviy vakillari faoliyatini takomillashtirish kerak; VII. Huquqiy islohotni bilimli va malakali kadrlar bilan taʼminlash; VIII. Aholining keng qatlamlari ichida huquqiy umumtaʼlimni joriy etish; IX. Huquqiy ma’daniyatning darajasini yuksaltirish; X. Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, sud huquqiy islohotni amalga oshirish va hokazolar. Huquqni amalga oshirish Huquqning harakatlanishi yoki amal qilishi deganda, muayyan makonda va zamonda tegishli shaxslar oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlariga tartibga solish maqsadida taʼsir etish tushuniladi. Huquqni amalga oshirish deganda, huquq normalarida mustahkamlangan qoidalarini roʻyobga chiqarish, ularni jismoniy va yuridik shaxslar hayotiga tadbiq etish tushuniladi. Huquqni amalga oshirish bosqichlari quyidagilar: 1- Bosqich tabiiy huquqni qonunlarda aks ettirish (tabiiy huquq – bu insonning ajralmas uzviy huquqlari hisoblanadi); 2- bosqich qonunni amalga oshirish uchun bir qator qonunosti hujjatlar chiqariladi va ular hayotga tadbiq etiladi; 3- bosqich huquqni bevosita amalga oshirish; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 64 Huquqni amalga oshishi toʻrt xil shaklda amalga oshadi. Bular quyidagilar: Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling