Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Ijobiy jihatlari:
1. Ushbu nazariya orqali demokratik davlat, huquqiy davlat nazariyalari kelib chiqqan; 2. Qonun huquqiy bo’lmasligi mumkin, agar ular insonlarning tabiiy huquqiga zid kelsa; 3. Inson huquqlari davlat va mansabdor shaxslar tomonidan yaratilmaganidan keyin davlat tomonidan inson huquqlarini zo’ravonlik bilan buzilishini oldini oladi va h.k. Salbiy jihatlari: 1. Huquqni axloqiy tushunchalar bilan aynanlashtiradi va odamlarning adolat, haqiqat haqidagi tasavvurlari har xilcha bo’lganligi uchun ham huquqni tushunishni qiyinlashtiradi; 2. Huquqni tabiiy tushunish huquqiy ong bilan bog’liq bo’ladi, huquqiy ong esa turli odamlarda turlicha bo’ladi. Libertar yuridik yondashuvi – tabiiy huquqning ikkinchi ko’rinishi hisoblanadi. Uning mazmun, mohiyatini erkinlik tashkil etadi. Namoyondalari: J.Lokk, Kant, Gegel, Monteskye va boshqalar. Bunazariya tarafdorlari huquqni erkin shaxslarning rasman tengligi, ya’ni inson erkinligining shakli sifatida tushunganlar. Ijobiy jihati: shaxslarning tengligi va erkinligini huquq deb hisoblash; Salbiy jihati: jamiyatning har bir a’zosi erkinlikni turlicha tushunadi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 28 Sotsiologik yondashuv. XIX asrning ikkinchi yarmida libertar yuridik yondashuv doirasida shakllangan. Namoyondalari:Е. Erlix, F. Jenin, S.A. Muromsev va boshqalardir. Mohiyati – huquq tabiiy huquq ham emas, qonun ham emas, balki qonunlarni hayotga, amaliyotga tadbiq etishdir, ya’ni “jonli huquq” bo’lishi kerak. “Jonli huquq” amaliyotda sudyalar tomonidan qo’llaniladi. Ijobiy jihati: 1. Huquq real hayotda aks etadi; 2. Ijtimoiy munosabatlar ustun deb topiladi; Salbiy jihatlari: 1. Qonunni hayotga tadbiq huquq bo’lsa, ushbu qonunni g’ayriqonuniy yo’llar bilan ham hayotga tadbiq etish mumkin va buni huquq deb bo’lmaydi; 2. Sudyalarga huquq ijodkorligida mustqallik berilishi, ularning o’z vakolatlarining suiste’mol qilishga olib kelishi mumkin. Huquqni tushunishga doir psixologik nazariya. Namoyondalari: Petrajitskiy, Ross, Reysner, Tardu, Freyd va boshqalar. Mohiyati – insonning ruhiyati (psixikasi) huquqni belgilovchi omil hisoblanadi.Huquq insonlarning huquqiy his-tuyg’ulari (xarakteri) orqali belgilanadi. Ushbu nazariya tarafdorlarining fikricha, barcha huquq ikkiga bo’linadi. Bular: 1- Ijobiy huquq , ya’ni davlat tomonidan o’rnatilgan huquq; 2- Intuitiv huquq, ya’ni shaxsiy – insonning his-tuyg’ularidan kelib chiqadigan huquq va bunda intiutiv huquq haqiqiy huquq hisoblanadi. Ijobiy jihatlari: 1- Insonning psixikasiga e’tibor qaratadi, bu esa qonunlarni qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki qonunlar xalq manfaatlaridan kelib chiqishi kerak; 2- Huquqiy ongga alohida e’tibor qaratiladi. Salbiy jihatlari: 1- Inson psixikasiga haddan ziyod e’tibor qaratiladi; 2- Intiutiv huquqni haqiqiy huquq deb biladi; 3- Insonning his-tuyg’ulari har xilcha bo’lishi mumkin. Huquqni tushunishga doir tarixiy yondashuv. Ushbu nazariya XVIII asr oxiri va XIX asr boshida shakllangan. Namoyondalari: Gustav Gugo, K. Savini, G. Puxta va boshqa olimlardir. Mohiyati – huquq tarixiy hodisa, u biror-bir kishi tomonidan yaratilmagan, balki muayyan tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan va rivojlangan. Huquq dastlab huquqiy odat ko’rinishida bo’lgan va ushbu nazariya tarafdorlaritabiiy huquqni inkor etishgan. Ijobiy jihati: huquqiy odat alohida o’rin tutadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling