Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Hujjatning amal qilish mavzusi deganda, normativ-huquqiy hujjatning qanday ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishi tushuniladi. Masalan, maʼmuriy qonunchilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar davlat boshqaruvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi, fuqarolik qonun hujjatlari mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt boʻyicha amal qilishi deganda, hujjatning yuridik kuchga kirishi va yuridik kuchini yo’qotish vaqti tushuniladi. Hujjatning matbuotda eʼlon qilinishi uning kuchga kirishining zaruriy sharti hisoblanadi. Ayniqsa, qonunlar rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi shart. Normativ-huquqiy hujjatlar imzolangandan soʻng o’n kundan kechiktirmasdan nashr etiladi. Qonunlar va Oliy Majlis palatalarining qarorlari axborotnomada nashr etilganidan soʻng o’n kun oʻtgach respublikaning butun hududida kuchga kiradi. Yuqoridagilar umumiy qoida hisoblanadi. Oliy Majlis qonun hujjatlarining kuchga kirishida boshqa muddatlarni belgilashga haqli. Masalan, qonunni kuchga kiritish tartibi to’g’risidagi qarorda boshqacha muddat belgilab qoʻyilsa, oʻsha vaqtda kuchga kiradi.Misol uchun, Jinoyat Kodeksi 1994-yil 24-sentyabrda qabul qilingan va 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan. Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Masalan, farmonda matbuotda eʼlon qilingandan boshlab kuchga kiritilsin yoki ayrim hollarda farmon imzolangan vaqtdan kuchga kiritilsin yoki farmon qabul qilingan vaqtdan kuchga kiritilsin deb yozilishi mumkin. Qonunlar, agar, referendumda qabul qilingan bo’lsa referendum o’tkazuvchi Markaziy Komissiya ovoz berish jarayoni tugagandan keyin,o’n kundan kechiktirmay Ommaviy Axborot Vositalarida referendum natijalarini eʼlon qiladi. Markaziy Komissiya qarorlari ustidan ular qabul qilingandan soʻng, bir hafta ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Qonun kuchga kirgan Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 43 vaqtdan boshlab ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni boshlaydi va u soʻzsiz bajarilishi shart. Qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas deganda, qonun kuchga kirgancha boʻlgan munosabatlarga tadbiq etilmasligi tushuniladi. Qonun orqaga qaytish kuchiga ega boʻladigan ikkita holat mavjud. Bular quyidagilar: 1. Agar normativ-huquqiy hujjatning oʻzida orqaga qaytish kuchi koʻrsatilgan boʻlsa; 2. Agar qonunda biror-bir jazoni qoʻllashni bekor qilish yoki jazoni yengillashtirish belgilangan qonun ham orqaga qaytish kuchiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi uchta asosga koʻra toʻxtatilishi mumkin.Bular quyidagilar: 1) Normativ-huquqiy hujjatning oʻzida muddat belgilanib qo’yilsa; 2) Vakolatli organ hujjatni bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilsa yoki eskisining oʻrniga yangi qabul qilingan hujjatda eski hujjatni bekor qilish haqida ko’rsatilgan bo’lsa; 3) Oldin amalda boʻlgan hujjatni almashtiruvchi yangi hujjat qabul qilinsa. Hujjatning hudud va makon boʻyicha amal qilishi. Normativ-huquqiy hujjat mamlakatning butun hududida amal qiladi.Davlatning hududiga quyidagilar kiradi: 1- yer maydoni; 2- yerosti maydoni; 3- ichki va hududiy suvlar; 4- yer va suv hududi ustidagi makon; 5- elchixonalarning hududi, parvoz etuvchi apparatlar va ochiq dengizda suzuvchi kemalar ham davlatning hududi hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning qaysi hudud va makon boʻyicha amal qilishi hujjatning amal qilishi yurisdiksiyasi deyiladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling