Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
etmas, Meni istar kishining suhbatin ко 'nglum pisand etmas, -deb boshlanadigan 238-g'azalida
haddi a'losida aks ettirgan. Ana'anaga ko'ra, aksar g'azallar shaklan yorga bag'ishlanishini yaxshi bilasiz. Bu yerda ham shu an'anaga qat'iy amal qi-lingan. Demak, birinchi bayt ham mohiyatan kitobxonga emas, ana shu - yorga bag'ishlangan ekan. Tantilikni qarangki, unga lirik qahramon, men yoqmasam, mendan ham voz kech, deydi. Bu yerda oshiqning ma'shuqqa loyiqlikka kuchli intilishi mav-jud. www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan Yor husni mulki (mamlakati) esa - juda obod. Shuning uchun vayron bo'lib borayotgan oshiq ma'shuqiga Yaratgandan ("yo Rab") doimo ana shunday obodlik ato etishini tilaydi. Matladagi "hamesha" va ikkinchi baytdagi "doimo" so'zlari ham o'quvchida abadiy go'zal, azalan va abadan mavjud yor, ya'ni Alloh haqida so'z ketayotgani xususida tasavvur tug'dira boradi. U c h i n c h i baytda oshiq o'ziga g'am chekib o'lishni, yori esa o'lganlarni tiriltirgan Iso alayhi-s-salom kabi elning joni bo'lishini ravo ko'radi. Lekin o'zining bu tilagi uning otashinligini oshirib yuboradi. Teskari ("nigun") deb bilgani charxga: "Sovril!", pastkash ("dun") deb hisoblagani dunyoga esa: "Barbod bo'l!" - deya nido chekadi, rad javobidan ko'ra o'limni afzalroq biladi. Lirik qahramon o'zi aytgan gapga o'zi chiday olmay-di. Chunki u o'z ko'nglini yaxshi biladi. Bu nozik ko'ngil esa bevafolar zulmi bedodliklari bilan oshnolik qila olmaydi. Shuning uchun lirik qahramon t o ' r t i n c h i bayt da bevosita o'zining siniq ko'ngliga murojaat qiladi: "Ey siniq ko'nglim, agar shisha (oyna) yo po'latdan bo'lsang ham, bevafolar zulm-u azoblariga chidolmay, (chil-chil sinasan)". G'azalda yor tasviri bilan baqamti insonlararo munosabat-lar bayoni ham birga ketaveradi. Shoir bu yerda faqat yor bevafoligidangina emas, umuman, "bevafolar"dan noliydi. Chunki bunday odamlar uning ko'p zada qilgan. Kishining ko'ngli shisha emas, po'lat bo'lganida ham odamlar yetkazadigan dil-xastaliklarga chidash bera olarmidi?.. Lekin Navoiy uchun g'azalda yor bilan bog'liq mantiqiy-likni bo'shashtirish mumkin emas. Lirik qahramon yor haj-rida kuyib, ado bo'lgan. Shu darajaga yetganki, b e s h i n c h i baytda tasvirlanishicha, hajr davom etar ekan: "Uni o'ldirish ham, o'lganidan keyin tiriltirish ham - teppa-teng, (shuning uchun) endi Xizr alayhi-s- salomning abadiy tiriklik suvini bersa ham, jallod bo'lib, uni o'ldirsa ham, mayli - unga baribir". Shoir bu baytda yor hajrida adoyi tamom bo'lgan bir oshiq sifatida o'lim bilan tiriklikni teng ko'rdi. Endi buni mantiqan asoslash kerak. O l t i n c h i b a y t go'yo ana shu fikrning "is-boti" bo'lib keladi. Lirik qahramon shu qo'shmisradan bosh- ' lab zimdan bevosita shoirga murojaatga o'tadi: "O'limdan bosh j tortma, bu chamanning savsani (guli safsari) yoki (bag'oyat tik o'sadigan chiroyli) shamdosh daraxti bo'lsang ham, kuz kelib, xazon boshlanganda sen ham omon qololmaysan". Bu baytda umrning o'tkinchiligiga urg'u berilyapti. Mum-toz adabiyotimiz, jumladan, Navoiy she'riyatida bu dunyoning foniyligi - vaqtinchaligi qayta-qayta uqtirilishi bejiz emas. Umr-ku - omonat narsa. Lekin odamlar shu qisqagina hayotlarini ham bir-birlarini aldash, yomonliklar qilish, bevafoliklar bilan o'tkazishga, bir-birlarining ko'ngillarini qoldirishga bunchalar o'ch bo'lmasa?! Bu juda qiyin masalaku-ya. Ammo lirik qahramon boshqa-cha yo'l topgandek bo'ladi. Maqta'da u taxallus qo'llab, unga nasihat qiladi: "Ey Navoiy, dunyo kishilariki bevafo bo'lsa, kel, (yaxshisi), bundan buyon kishisizlik(yolg'izlik)da yashashni o'zingga odat qilib ol". Lirik qahramonning bevosita shoirga murojaat qilishi orqali unda o'z fikru-o'yi, his- tuyg'usini go'yo ikki kishi suhbati tar-zida ifodalash imkoni paydo bo'ladi. Bu shaklan o'zi bilan o'zi gaplashishning bir yo'li ham. Shu narsa g'azallardagi "sen" deb murojaat qilgan boshqa baytlar mazmunini ham kengroq sharhlash imkonini beradi. Demak, matla'dagi, bir qarashda, yorga aytilgan: "Ko'ngling istagan kishilar bilan suhbat qur, ko'ngling istamasa, hatto, u men bo'lsam ham, undan qutul", - mazmunidagi fikrni ham, lirik qahramonning shoirga, ya'niki Navoiyning o'ziga o'zi bergan maslahati, deb tushunish mumkin. Shuni ham e'tibordan qochirmaslik kerakki, lirik qahramonning bu g'azal baytlaridagi murojaati obyekti o'zgarib turadi: matla', beshinchi va oltinchi baytlar - ikkinchi shaxsga, ik-kinchi bayt - Xudoga ("yo Rab"), uchinchi bayt - charxi nigun bilan dahri dun("ey charxi nigun, v-ey dahri dun")ga, to'rtinchi bayt - lirik qahramonning siniq ko'ngli("ey sinuq ko'nglum") ga, maqta' esa - shoir("Ey Navoiy")ga aytilayotgan gap tarzida bitilgan. www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan Bu g'azalda t a z o d san'atidan mohirona foydalanilgan. Zidlantirish matla'da "men" va "kirn", ikkinchi baytda "sabrim uyi" va "husnung mulki", "vayron" va "obod", uchinchi baytda "o'lay" va "Masih" (u o'lmagan, aqidaga ko'ra, qiyomat yaqinlashganda tirik holda Yerga tushadi), uchinchi baytda "shisha" va "po'lod" (po'lat), to'rtinchi baytda "o'lmak" va "tirilmak", "ziloli Xizr" (abadiy tirik payg'ambar suvi) va "jallod" (u o'ldiradi), beshinchi baytda "xazon" va "savsan", "shamshod" (ular tirik o'simliklar), maqta'da "olam ahli" (ya'ni ko'pchilik) va "bekaslik" (ya'ni yolg'izlik) o'zaro zidlantirilgan. G'azaldagi ishq hajrini, yori haqiqiy, ya'ni Yaratganning vasliga etolmaslik, deb talqin etish kerak. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling