Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

«G'aroyib us-sig'arming 10-qit'asi.
Alisher Navoiy o'z qit'alarini «Xazoyin ul-maoniy» devon-lariga kiritganda har biriga alohida-
alohida sarlavha qo'yadi. Bu nasriy sarlavhalar qit'adagi ma'no-mazmun mohiyatini ochish-ga xizmat 
qiladi. Yana ham aniqroq qilib aytilsa, kitobxonni she'riy asarni o'qishga tayyorlaydi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ushbu qit'aning sarlavhasi-dayoq kishi o'zini kamolga yetkazishni 
kasb qilib olishi g'oyasi ilgari surilib, aks holda, nuqson yuzaga kelishi izhor etiladi.
B i r i n c h i baytdayoq shoir to'g'ridan-to'g'ri o'quvchiga murojaat qilib, uni o'zini kamolga 
yetkazishni kasb qilib olish-ga da'vat etadi. Chunki, deydi u, senga olam uyidan g'amgin bo'lib chiqish 
farz hisoblanmaydi.
I k k i n c h i baytda shu fikrning isboti uchun hayotiy mi-sol keltiriladi. Birinchi qo'shmisradagi 
olam uyidin chiqmoq so'z birikmasi ikkinchi juftlikdagi jahondin hotamom o'tmak bilan chambarchas 
bog'liq. Ya'ni, deyiladi keyingi ikki satrda, bu dunyodan notamom, kamolga yetmasdan o'tmoq — xuddi 
hammomga kirib, chala yuvinib, порок holda chiqqanday gap.
Kamol et kasbkim so'zlarini ba'zilar kasb o'rganishni kamolga yetkaz deya talqin etadi. Aslida, bu 
yerda, kamolga yetishni o'zingga kasb qilib ol, deyilyapti.
Demak, qit'ada shoir kishilarni o'zini har taraflama o'stirishga undaydi. Hatto, bu umrning bosh 
mazmuni darajasidagi masala qilib qo'yilgan. Alisher Navoiy hammomga kirib, порок chiqish qanchalar 
mantiqsiz bo'lsa, dunyoga kelib, kamolga yetmay o'tish ham shunchalar bema'nilik ekanini ochiq-oydin 
aytgan-qo'ygan.
O'zbekistonimizda mustaqillik yillarida barkamol avlod tar-biyasiga kelajak poydevori 
sifatida qaralib, boringki, bu hayot-mamot masalasi qilib qo'yilayotgani ham bejiz emas. Ushbu 
g'oya, ko'rinib turganidek, asr-asrlik milliy ma'naviyatimizning mag'zi-mag'ziga singib ketgan.
Savol va topshiriqlar 
1. Nima uchun muallif qit'aga nasriy sarlavha qo'yishni ma'qul topgan? 
2. Qit'ada qanday ilg'or g'oya ilgari surilgan? 
3. Dunyoga kelib, o'zini rivojlantirmagan kishi nimaga qiyoslanadi? 
4. Qit'aning bugun uchun ahamiyatini tushuntirib bering. 
5. Qit'a matnini yod oling. 
FALOK.ATDIN AYOC'KJ'A K A I - ' S I I KO'LMU.WNCA CHl'.N KAFSH UCHUN АЛЧИ/! ИОК, SHUKR 
YO.MBDUR 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
Ulki, iflosdin ayog'inda
Kafsh yo'li azmi chog'i yo'qtur oning,
Shukr qildik
1
boqib birav sori, -Ki yururg'a ayog'i yo'qtur 
oning.
«Badoye' ul-vasat»ning41-qit'asi.
Milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz orasida shukrning o'rni -bo'lak. Mohiyatan biz shukronasi 
kuchli xalqmiz. Ota-bobo-larimiz noshukrlikni illat sanashgan. Mantiqan olib qaraganda ham, 
biror bir muammoni noshukrlig-u norozilik bilan yechib bo'lmaydi. Shukr qilgan kishida 
kelajakka umid so'nmagan, oldinga harakat to'xtamagan bo'ladi.
Shukr qilish uchun qanday sharoit hozir bo'lishi kerak?
Kim shukr qilishga loyiq?
Xalqimizning tarixiy aqidasiga ko'ra, bandasi har bir o'tgan lahzasiga shukr qilishi lozim.
Ammo adabiyotda shukr targ'ibi borasida Alisher Navoiy-ning hozir o'qiganingiz qit'asidagi 
kabi hayotiy-tamsiliy na-muna kam topiladi.


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
Sarlavhadayoq, oyoqqa kiyishga kavushi yo'q kishi kavush kiyish uchun oyog'i borligiga 
shukr qilsin, unga shu vojib (lozim), degan g'oya ilgari surilgan.
B i r i n c h i baytda yo'lga chiqqan bir kimsaning iflos-lardan himoya qilish uchun oyog'iga 
kiyay desa, kavushi yo'qligi haqida ma'lumot keltiriladi, xolos. Ammo i k k i n c h i baytda bor 
gap lo'nda va ta'sirchan qilib aytib qo'ya qoli-nadi: и odam shukr qilsin, chunki yurishga oyog'i 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling