Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
yig'lab turibdi. Shunda Xolbeka oyim to'rasini yulmalab, erini qarg'ab
Download 0,99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
yig'lab turibdi. Shunda Xolbeka oyim to'rasini yulmalab, erini qarg'ab: «Podsho bo'lmay bo'luvsiz
qolgur», - deb erini musht-lab qoldi. Xolbeka bechora bilsa, Zangarga yangi bo'lgan podsho Kuntug'mish to'ra ekan. Shunda erini tanib, bir so'z dedi: Men seni shahzoda dedim, mard dedim, Sen qanday siynamga qo'ygan dard eding, Chiqsin ko'zing, tanimading bolangni, Ne tilingman buni dorga tort, deding... Armon bilan bilmaganim bildirding, Zor yig'latib, ko'zim yoshga to'ldirding, Ne tilingman buni dorga tort deding, Podsho bo'lib, o'z bolangni o'ldirding. Yura bilmay yurar yo'ldan toyrildim, Ucha bilmay qanotimdan qayrildim, Chiqsin ko'zing, tanimading bolangni, Armon bilan men bolamdan ayrildim. Men seni shahzoda dedim, mard dedim, Sen qanday siynamga qo'ygan dard eding. Xolbeka bechoraning: «Voh, Mohi», - deb yig'laganiga hech kimda tob-toqat qolmadi. Kuntug'mish to'raning: «Bolam», -deb na'ra tortgan dovushi osmonga yetdi. Gurkiboyning: «Voh, ukam», - deb yig'laganiga hech kim toqat qilolmadi... Alqissa, shu turgan xaloyiqlar qarasalar, shu qalandarxon Kuntug'mish to'ra ekan, o'g'ri bo'lib qo'lga tushgan bachcha-lar qumda qolgan go'daklar ekan. Arkoni davlat, Xolmo'min bosh bo'lib kelib, Mohiboyni suyab ko'tarib, arkka olib chiqib ketdilar. Bir soatdan keyin Mohiboy ko'zini ochib, o'ziga keldi. Xolbeka bechora Mohini bag'riga olib, quvonib, yuragi yorilib qolay dedi. Mohiboyning boshidan tovoq-tovoq tilla-kumushlarni sadaqa, deb chocha berdi. Endi turgan katta-kichiklar, umarolar, amaldorlar, podsho-ning oldida turgan in'omli kishilar Kuntug'mish to'ra bilan qayta boshdan ko'rishib, ixlos-e'tiqodi ziyoda bo'lib, Gurkiboy bilan Mohiboyni izzat-hurmat qilib, shohona kiyimlar kiygizib, toji xisravni boshiga qo'yib, qayta boshdan muborakbod qildi-lar. Kuntug'mish to'ra ham ko'hna xazinalarini ochirib, tilla- kumushni elatiyasiga in'om-ehson qila berdi. Endi Zangar eliga podshoh qirq kun to'у berdi. Zangarning katta-kichigini yig'ib, hammasini o'zidan rozi qilib turgan vaqtida, arkoni davlat turib arz qildi: «Buvraxon podsho Azbarxo'jani zindon qilgan edi, hali oigani yo'q, zin-donda yotibdi. Farmoyishlari nima?» Kuntug'mish to'ra buyurdi: «Olib chiqinglar!» Azbarxo'jani zindondan olib chiqdilar. Kuntug'mish ikki o'g'liga buyurdi: «Mening «do'stimdan» o'chlaringni olinglar. Men do'stlik otini tutganman, qoshiga bormayman, yuzini ko'rmayman...» Shunda Mohiboy bilan Gurkiboy qo'llariga xanjarni olib, Azbarxo'janing qoshiga bordi. Aytdi: «Huv otamning «do'sti», bizlarni taniysanmi? Bizlar Zarchamanning cho'lida emak-lab yig'lab qolgan bolalar bo'lamiz. Sening shu qilgan «yax-shiligingni» qaytarmoqchi bo'lib keldik», - deb ... ikki bola Azbarxo'jani bosib oldi. Baqirtirib, tilini ko'maklayidan kesib oldi. Azbarxo'ja gapirolmay, ho'kizday bo'kirib-bo'kirib, itday bo'lib o'lib qoldi. Gavdasini o'tda kuydirib, kulini shamolga uchirib yubordi. Azbarxo'janing ishi tamom bo'ldi. Kuntug'mish to'ra qirq kun, qirq tun to'у berib, to'yi tamom bo'ladigan kuni jamiy arkoni davlatini yig'ib, Xolmo'minni Zangarga podsho qildi. Zangar shahrining jamiy bek, umarolari Xolmo'minga dasti bay'at berdi. Endi Kuntug'mish to'ra No'g'ay elga bormoqchi bo'lib, yo'l jabdug'ini tayyorlay berdi. Qatorda nori bilan, xazinada zari bilan, ikkita bolasi qoshida, Xolbeka yori bilan, qancha xizmat-kor, qui, cho'ri, kanizaklari bilan jo'nadi. Shunda Xolmo'min Zangarning ulug', akobirlari bilan o'n kunlik yerga billa kelib, Kuntug'mish to'ra bilan xo'shlashib, jiyanlari bilan ko'rishib, yig'lashib Zangarga qarab qaytdi. Kuntug'mish to'ra omon-eson, sihat va salomat yurtiga bo-rib, qavm-u qarindoshlari bilan, o'zining yor-u jo'ralari bilan, elining ulug', kattalari bilan ko'rishib, o'ynab-kulishib, otasi Qoraxonning toj-taxtiga ega bo'lib, davrini sura berdi. www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan Lekin Qoraxon podsho necha yillardan beri o'zining o'rniga qushbegisini qo'yib, Kuntug'mishning o'tiga kuyib, tagizaminga kirib, toat-ibodatga mashg'ul bo'lib yotib edi. Bechora ibodatxonasidan chiqib, yolg'iz farzandini ko'rib, ko'rishib, na-biralarini ko'rib, Xolbeka bilan ko'rishib, jamiy elini yig'ib, ko'hna xazinalarini ochib, qirq kecha-qirq kunduz podshohona to'y qilib berib, o'zining taxtiga Kuntug'mish to'rani chiqarib, o'zi boshidan muborakbod qilib, podsho qildi. Kuntug'mish to'ra shunday qilib murod-maqsadiga yetdi. Nazariy ma 'lumot ISHQIY-QAHRAMON UK DOSTONLARI Doston xalq og'zaki ijodi va o'zbek mumtoz adabiyotida keng foydalanib kelinayotgan epik shakllardan biridir. «Doston» so'zi xilma-xil ma'noni bildirib kelgan. Masalan, «doston» forschada epik asar nomini anglatadigan so'z bo'lib, u hatto qissa, romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi. Siz bilan biz o'rganayotgan doston esa xalq og'zaki ijodida yara- tilgan va yaratilayotgan muayyan kompozitsion yaxlitlikka ega bo'lgan xalq dostonlaridir. Ular yozma adabiyotdagi «Suhayl va Guldursun», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dos- tonlardan fantaziya ko'lami, ko'z ko'rib, quloq eshitmagan vo-qealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan farq qiladi. To'g'ri, yuqorida nomlari tilga olingan dostonlarda ham fantastik unsurlar, mubolag'ali o'rinlar mavjud. Biroq ularning birortasi sujet erkinligi, favqulodda qiziq voqealar borasida xalq dostonlari bilan tenglasha olmaydi. Dostonlarimizda xalqimizning baxtli kunlar, ro'shnoliklar ha-qidagi orzu-umidlari, faqat yaxshilikka, yorug' kunlarga erishish istagi yotadi. E'tibor bersangiz, dostonlar muvaffaqiyatli yakun bilan tugaydi. Asar qahramonlari juda katta fojialarni, qiyinchi- liklarni boshlaridan kechiradilar, og'ir sinovlarga bardosh be-radilar, oxir-oqibat murod- maqsadlariga erishadilar. Xalq dostonlarining ko'pchiligiga xos xususiyat - ularda ishq-muhabbat mavzusining ustunligidir. Dostonlardagi voqealar qahra-monlarning ishqiy sarguzashtlari fonida kechadi. Masalan, dunyoga mashhur «Alpomish»ni olasizmi, «Ravshan» yoki «Kuntug'mish» dostonlarini olasizmi - bari-baiisida muhabbat mavzusi ustuvor-lik qiladi. Darhaqiqat, muhabbat - muqaddas tuyg'u. Bekorga xalqimiz «Ishqsiz eshak - dardsiz kesak», demaydi. Sevimli shoiramiz Nodirabegim ta'biri bilan aytganda esa: «Muhabbat siz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et». Muhabbat insonni ezgulikka yetaklaydi, sevgan kishi har qanday qahramonlikka qodir hisoblanadi. Biz o'rgangan «Kuntug'mish» dostoni sevishganlar haqida chiroyli asar, uning janrini ishqiy qahramonlik dostoni, deb belgilash mumkin. Chunki Kuntug'mish dostonda katta qahramonliklar ko'rsatadi: yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi, tosh bostirib qo'yilgan kigiz ostidan chiqib ketadi. Bu qahramonliklar shunchaki o'zini ko'rsatish emas, avvalo xalqni ajdar ofatidan qutqazgan bo'lsa, sevikli yori, bolalarini deb g'oyat tang bir holatda yovlari o'rab-chirmab, ustidan tosh bostirib ketgan kigiz orasidan xalos bo'lib chiqadi. Umuman, Kuntug'mishning dostondagi hayoti qahramonlik bilan kechadi. Uning Xolbeka visoliga yetishish uchun uzoq sa-farga otlanishi, yo'lidagi barcha to'siq-g'ovlarni yengishi haqi- qiy insoniy jasorat, fidoyilikdir. Dostondagi Xolbeka, Gurkiboy va Mohiboy harakatlarida ham qahramonlik belgilari mavjud. Axir Xolbekaning sevgan yori, bolalari uchun jonini berishga I tayyorligi, Gurkiboyning ukasi uchun o'zini fido qilishga shay-ligi (uning dor ostidagi so'zlarini eslang) qahramonlik emasmi?! Birgina «Kuntug'mish» dostoni emas, boshqa doston-j larda ham asar personajlari turli qahramonlik namunalarini ko'rsatadilar, bu qahramonliklar odamlarning og'irini yengil qiladi, el-yurtga ro'shnolik keltiradi. Baxshi bobolarimiz sevib kuylagan «Kuntug'mish» kabi ishqiy-qahramonlik dostonlari biz-ni muhabbatdek ezgu tuyg'uni qadrlashga undaydi, fidoyilik, qahramonlikka chorlaydi, chunki ishq-muhabbat, qahramonlik, jo'mardlik doimo egizak tushunchalardir. Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling