Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

Savol va topshiriqlar
1. G'azal hajmi va mavzusi haqida ma'lumot bering. 
2. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qiling. 
3. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
4. Ikkinchi baytda «oh» va «Moh» so'zlari o'rtasidagi bog'liqlik, shuningdek, to'rtinchi baytdagi «nazar» 
so'zining g'azal qofiyasiga olingan so'zlar bilan ohangdoshligi qay darajada ahamiyatga ega ekanini tushuntiring. 
5. Beshinchi baytdagi Yoqub timsoli bilan bog'liq talmihni izohlang. 
6. Maqta'da Lutfiyning yuzi oltinni yashirgani zamirida qanday ma'no ko'zda tutilgan? 
7. G'azalni yodlang. 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
«BU KO'NGULDUR, BU KO'NGUL» RADJFLI G'AZAL
Meni shay do qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul, Xor-u rasvo qiladurg'on bu 
ko'nguldur, bu ko'ngul.
O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu 
ko'ngul.
Meni yozg'urma «sevar» debki, mening haddim emas, Ul tamanno qiladurg'on bu 
ko'nguldur, bu ko'ngul.
«Borma», derlar, «eshiki sori damo-dam», netayin, Ko'p taqozo qiladurg'on bu 
ko'nguldur, bu ko'ngul.
Tori mo'yin havasi birla qorong'u kechada
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.
Dushman-u do'st orasinda men g'ofilni mudom, Besar-u po qiladurg'on bu ko'nguldur, 
bu ko'ngul.
O'zgadin ko'rmaki ko'zung yoshini, ey Lutfiy, Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu 
ko'ngul.
G'azal an'anaviy ishqiy mavzuda bitilgan. U yetti bayt-dan iborat. Vazni - ramali musaddasi 
mahzuf (yoki maqsur), ya'ni foilotun - foilotun foilotun foilun (yoki foilon). Taqte'si: - V -
- / - V - - / - V - - / - V - (yoki - V ~ ).
Bu asarida shoir endi besh so'zdan iborat radif qo'lla-gan («qi-
ladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul»). G'azal Ayoqingg'a 
tushar har lahza gisu, Masaldurkim:
1
«Charog' tubi - qorong'u».
Tuturmen ko'zki, ko'rsam orazingni, -Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar 
su(v)».
Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin, «Kishining ko'zidur, ore, 
tarozu».
Ko'zing qonimdin iymanmas, ajabtur, -Ki: «Qo'rqar, qaydakim qon ko'rsa, 
hindu».
Tilar vaslingni, Lutfiy, qil ijobat, -Ki ayturlar: «Tiloganni - 
tilogu».
Lutfiy - yozma adabiyot vakili. Biroq so'z san'ati tarixidan yaxshi bilamizki, dastlab og'zaki 
adabiyot yuzaga kelgan. Yozma adabiyot ana shu folklor zaminida paydo bo'lgan. Shuning 
uchun o'zbek mumtoz she'riyati taraqqiyotini xalq og'zaki ijodi ta'siridan ayri tasavvur qilish 
aslo mumkin emas.
O'qiganingiz g'azal buning yorqin bir isboti yanglig' ja-ranglaydi. Uni muallif tamoman 
o'zbek xalq maqollari asosiga qurgan. Har bir baytda shoir bittadan maqol qo'llaydi. Maqol-lar 
go'yo baytlar birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbot-dek keltiriladi. Shuning uchun barcha 
baytlarning ikkinchi satri maqol bilan tugaydi. Shundan ham bilib oldingizki, shoir beshta bir-
biriga qofiyadosh so'z bilan tugaydigan maqol topgan. De-mak, g'azal besh baytdan iborat ekan.
G'azal hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya'ni «mafoiylun - mafoiylun faulun (yoki 
mafoiyl)» vaznida yozil-
gan. Taqte'si: V ----------- /V ------------ / V - - (yoki V - ~).
Matla' nihoyatda go'zal, Lutfiyga xos lutf bilan qog'ozga tushgan: har lahza soching oyog'ing 
ostiga tushadi, shuning uchun, maqolda aytilganidek, «Chirog' tubi - qorong'u». Bu yerda 
yorning yuzi aytilmagan holda oppoq nur taratib, yonib 
turgan chiroqqa qiyoslanyapti. Baytda 
keltirilgan maqol - juda mashhur. Biroq hozirgi zamonda shamchiroq deyarli ishlatil-magani uchun bu 
maqol kam qo'llanadi. Holbuki, sham yoqil-ganda kuzating, rostdan ham uning tubiga nur tushmaydi, 
shu-ning uchun u yer qorong'i bo'ladi.
Ikkinchi baytda lirik qahramon yorning yuzini (orazini) ko'rishga ko'z tutayotganini aytadi, axir, 
maqol bor-ku: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Bu maqol hozir ham ko'p ishlatiladi. Faqat endi u «Oqqan 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling