Muallifning oʻz hayoti haqida izchil hikoya qilishiga asoslangan adabiy janr nima deb ataladi?


Download 16.53 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi16.53 Kb.
#1110747
Bog'liq
5-mavzu. Adabiyotshunoslikka kirish


  1. Muallifning oʻz hayoti haqida izchil hikoya qilishiga asoslangan adabiy janr nima deb ataladi?

  1. Avtobiografik asar

  2. Memuar asar

  3. Kundaliklar

  4. Esse



  1. Sheʼrda muallifning ahvol-ruhiyasi, hayotiga oid maʼlumotlarning aks etishi nima deb ataladi?

  1. Hasbi hol

  2. Lirik

  3. Nasr

  4. Esse



  1. Biror shaxsni tanqid kilish, ayovsiz qoralash, kamchiliklarini sanab, ayblash maqsadida yaratiluvchi asar qanday yuritiladi

  1. Hajviy asar

  2. Lirika

  3. Drama

  4. Rivoya



  1. Muallifning u yoki bu masala (muayyan voqea-hodisa, hayotiy holat va sh.k.) boʻyicha shaxsiy mulohazalari bayon qilinuvchi nasriy asar nima deb ataladi?

  1. Esse

  2. Qissa

  3. Memuar

  4. Rivoya



  1. Birovga maktub shaklida yozilgan adabiy yoki publitsistik asarlar nima deb ataladi?



  1. Epistolyar adabiyot

  2. Epigramma

  3. Epitafiya

  4. Esse

6.Asarda tasvirlangan asosiy voqyealardan alohida ajralib turuvchi yakun, xotima nima deb ataladi?




  1. Epilog

  2. Prolog

  3. Kirish

  4. Soʻzboshi

7.Asarning boshlanishida sarlavhadan keyinoq yoki uning boʻlim (bob, fasl)lari boshida keltiriluvchi qisqa, odatda, eʼtiborli manbalardan (xalq ijodi, mashhur kishilarning purhikmat soʻzlari va sh.k.) olingan koʻchirma, sitataning bir koʻrinishi nima deb ataladi?



  1. Epigraf

  2. Maqol

  3. Epigramma

  4. Epitafiya

8.Muayyan sabablarga koʻra aytilmokchi boʻlgan fikrni ochik-oshkor ifodalash mumkin boʻlmaydigan hollarda paydo boʻluvchi ifoda yoʻsini; fikrning pardalab, “kosa tagida nimkosa” tarzida, turli ishoralar orqali ifodalanishi nima deb yuritiladi?

1.Ezop tili
2.satirik til
3. Komik uslub
4. sarkazm

9. Muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni oʻzida uygʻun mujassam etgan inson obrazi nima deb ataladi?




  1. Xarakter

  2. Tip

  3. Personaj

  4. Epizodik obraz

10. Oʻzaro qofiyalangan ikki misra – yolgʻiz baytdan iborat, tugal mazmunga ega sheʼr, mumtoz adabiyotdagi eng kichik mustaqil lirik janrning nomini aniqlang.




  1. Fard

  2. Masnaviy

  3. Qitʼa

  4. Ruboiy

11. Syujet-kompozitsion qurilishi jihatidan nisbiy mustaqillikka ega bulgan uchta asarning umumiy personajlarga egaligi, syujet chiziqlarining davomiyligi, muallif niyatining yagonaligi va shulardan kelib chiquvchi yaxlit konsepsiya tufayli butunlikka birikuvidan tashkil topgan asar nima deb ataladi?


  1. Trilogiya

  2. Dilogiya

  3. Tetralogi

  4. Epopeya

12. Insonning muayyan tarixiy davr va undagi konkret ijtimoiy muhitga xos umumiy xususiyatlarni oʻzida jam etgan umumlashma obrazi nima deb ataladi?


  1. Tip

  2. Xarakter

  3. Qahramon

  4. Personaj

13. Adabiy asar (kitob)ga muallif, boshqa bir ijodkor yoki tanqidchi, tarjimon, tahririyat, noshir kabilar tomonidan yozilgan, asosiy matndan ajralib turuvchi adabiy-tanqidiy xarakterdagi muxtasar maqola, qaydlar nima deb ataladi?


1. Soʻzboshi
2. Soʻngsoʻz
3. Prolog
4. Epilog
14. Badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri, asardagi bir-biriga uzviy bogʻliq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tiziminima deb yuritiladi?


  1. Syujet

  2. Ritm

  3. Analog

  4. Konflikt

15. Qatʼiy shakliy belgilari sifatida mutaqorib bahrida yozilishi va har bir bandining soqiyga murojaat bilan boshlanishi qaysi janrning belgisi hisoblanadi?


  1. Soqiynoma

  2. Masnaviy

  3. Tarjiband

  4. Tarkibband

16. Oʻn toʻrt misradan tarkib topib, ikkita katren va ikkita tersetni oʻz ichiga oladigan janr nomini toping.


  1. Sonet

  2. Ballada

  3. Sheʼr

  4. Tuyuq

17. Butun-qism aloqasi asosidagi maʼno koʻchishi nima deb ataladi?
1. Sinekdoxa
2. Metafora
3.Metonimiya
4.Kinoya

18. Tasvirlanayotgan narsaga qaratilgan zaharli kulgi nima deb ataladi?


1. Sarkazm
2.Satira
3. Yumor
4. Hajv

19. Yoʻlchining safar davomida koʻrgan-kechirganlari, oʻzga yurtlarning tabiati, ijtimoiy-maishiy turmushi, xalqi, urf-odatlari va boshka sh.k. muallif mansub millat oʻquvchilari uchun qiziqarli va foydali boʻlishi mumkin maʼlumotlar beruvchi asar nima deb ataladi?


1. Sayohatnoma
2. Memuar
3. Roman
4. Doston

20. Voqealarni hikoya qilayotgan, ular kechayotgan makon va zamon, ularda ishtirok etayotgan personajlarga oid tafsilotlarni yetkazib, tasvir predmetiga u yoki bu tarzda munosabat bildirayotgan shaxs kim deb ataladi?


1. Roviy
2.Muallif
3.Personaj
4. Baxshi
Download 16.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling