Муҳаммад ал-хоразимий номидаги тошкент ахборот технологиялари университети мултимедиали алоқа тармоқлари


Download 349.39 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi349.39 Kb.
#1383994
1   2   3
Bog'liq
Ergasheva N MAT MI

PRI ning standartlari
Plezioxron raqamli ierarxiya 80-yillarning boshida tarkib topgan tezliklarning uch standartini oʼz ichiga oladi. Shimoliy Аmerika standarti deb ataluvchi birinchi standartda (АQSh va Kanadada qabul qilingan) BRO birlamchi raqamli oqim (yoki DS1-Digital Signal of Level 1) tezligi 24 DSO (АRK) ning tezligiga mos boʼlgan 1544 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Yaponiyada qabul qilingan ikkinchi standartda birlamchi raqamli oqimning Shimoliy Аmerika standarti, yaʼni DS1 dagi tezlikdan foydalanilgan. Yevropa va Janubiy Аmerikada qabul qilingan uchinchi standartda BRO birlamchi raqamli oqim tezligi 2048 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Bunday tezlik 32 АRK ning tezligiga toʼgʼri keladi. Аmalda 30 АRK plyus uzatish tezligi 64 kbit/s ga teng boʼlgan ikkita sinxronizatsiyalash va boshqarish kanalidan foydalaniladi.PRI ning birinchi standarti 1544 (yoki DS1)-6 312(yoki DS2)-44 736 (yoki DS3) -274 176 (yoki DS4) kbit/c (yaxlitlagan holda: 1,5-6-45-274 Mbit/s) tezliklarning ierarxik ketma-ketligini oʼz ichiga oladi. Bunday ketma-ketlik quyidagi mulьtipleksirlash koeffitsientlari qatori: DSO ning 24 signalidan DS1 signalini shakllantirish uchun n=24ga, DS1 ning 4 signalidan DS2 signalini shakllantirish uchun m=4ga, DS2 ning 7 signalidan DS3 signalini shakllantirish uchun I=7ga va DS3 ning 6 signalidan DS4 signalini shakllantirish uchun k=6ga toʼgʼri keladi. PRI ning ushbu standarti DSO (yoki АRK) ning 24,96,672 va 4032 kanalini tashkil qilishga imkon beradi.DS1-DS2-DS3-DS4 satxli raqamli signallarni odatda tegishli ravishda birlamchi raqamli kanal (oqim)-BRK(O), ikkilamchi raqamli kanal (oqim)-IRK(O), uchlamchi raqamli kanal (oqim)-URK(O) va toʼrtlamchi raqamli kanal (oqim)-TRK(O) deyiladi. PRI ning ikkinchi standarti 1 544 kbit/s tezlikka ega boʼlib, u 1 544 (yoki DS1)-6 312 (yoki DS2)-32 064 (yoki DSJ3)-97 728 (yoki DSJ4) kbit/s ketma-ketligini (1,5-6-32-98 Mbit/s taqribiy kattaliklar qatorini) tashkil qiladi. Ushbu standart uchun mulьtipleksirlash koeffitsientlari tegishli ravishda n=24, m=4, I=5, k=3 ga teng. Bu ierarxiya DSO (yoki АRK) ning 24, 96, 480 va 1440 kanallarini tashkil qilishga imkon beradi. Bu yerda DSJ3 va DSJ4 signallarini 3 va 4 satxli yapon PRI ning raqamli kanallari (yoki oqimlari) deyiladi.PRI ning uchinchi standarti 2 048 kbit/s tezlikka ega boʼlib, u 2 048 (yoki Ye1: birlamchi raqamli kanal-oqim)-8448 (yoki Ye2: ikkilamchi raqamli kanal-oqim)-34368 (yoki Ye3: uchlamchi raqamli kanal-oqim)-139264 (yoki Ye4: toʼrtlamchi raqamli kanal-oqim)-564992 (yoki Ye5: beshlamchi raqamli kanal-oqim) kbit/s ketma-ketligini yoki 2-8-34-140-565 Mbit/s taqribiy ketma-ketligini hosil qiladi, bu n=30, m=I=k=4 ga teng mulьtipleksirlash koeffitsientlariga toʼgʼri keladi. Ushbu standart tegishli ravishda 30, 120, 480, 1920 va 7680 АRKni uzatishga imkon beradi, ular odatda IKM-30, IKM-120, IKM-480 va IKM-1920 raqamli uzatish tizimlari nomi bilan ataladilar


Xulosa

Bugungi kunda tezkor rivojlanayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyatning barcha sohalarida qo’llash ayniqsa real vaqt tizimlarida, raqamli televedeniyada, videokonferensiyalarni tashkil etishda(auvdeo-video signallarni qayta ishlash), video ko’zatuvlarni masofaga jo’natishda paydo bo’ladigan implusli pomexlarni filtirlash juda muhim sanaladi. Masofaga uzatilayotgan barcha axborotlar signal ko’rinishda ifodalanadi. Signallarni masofaga jo’natishda yoki qabul qilishda signallarga vaqt sohasida dastlabki ishlov berish (filtrlash, siqish) masalalarining sonli usullarini Matlab tizimining imkoniyatlaridan foydalangan holda qayta ishlash uzatilayotgan axborotlarning sifatini oshirishga xizmat qiladi



Adabiyotlar ro'yxati
1. Raqamli signallarni qayta ishlash protsessorlari. Katalog. Ostapenko Ag, Lavlinskiy Si, Sushkov Av va boshqalar.
2. R.I.Isayev, R.K.Atametov, R.N.Radjapova “Telikommunikatsiya uzatish tizimlari”

1. http://www.dspa.ru


2. http://www.intuit.ru
3. http://www.ziyonet.uz
Download 349.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling