Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
Литература
1. Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату: Ягудина Р. И. Информационные технологии на уроках русского языка и литературы [Текст] // Актуальные задачи педагогики: материалы II Междунар. науч. конф. (г. Чита, июнь 2012 г.). – Чита: Издательство Молодой ученый, 2012. – С. 89-91. – URL https://moluch.ru/conf/ped/archive/59/2480/ (дата обращения: 02.02.2020). 2. Бермус А.Г. Проблемы и перспективы реализации компетентностного подхода в образовании // Интернет-журнал «Эйдос». – 2005. 3. Электронные образовательные ресурсы нового поколения: в вопросах и ответах. – М.: Агентство «Социальный проект», 2007 165 DASTURIY YECHIM T O‘G‘RILIGINI AVTOMATIK TESTLOVCHI TIZIMLAR YORDAMIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH Abdukarimov S.S. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Oxirgi o‘n yillikda hisoblash texnikasining keng rivojlanishi va tarqalishi yangi olimpiada harakati, dasturlash bo‘yicha musobaqalarning tashkil etilishiga olib keldi. Bu musobaqalarning asoschisi deb haqli ravishda ACM tashkiloti tan olinib, hozirgi kunda talabalar komandalari orasida jahon chempionati tashkilotchisidir. Bu musobaqalarning homiylari axborot texnologiyalari sohasidagi dunyoning eng yirik kompaniyalari IBM, Microsoft, AMD, Intel va boshq alardir. Jahon chempionati finalida g‘olib talabalar butun dunyoda tan olinadi. Shuning uchun ko‘p universitetlarda maxsus dasturiy yechimlar to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlari yaratilishi, talabalarning bu turdagi musobaqalarga tayyorgarligi sifatini oshirishga olib keldi. Dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlar ko‘p masalalar yechimlarini qisqa fursatda tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Har bir yechim berilgan masalaning hamma xususiyatlarini aks ettiruvchi testlar to‘plami yordamida tekshiriladi. Odatda dasturlashni o‘rganishda o‘qituvchi dastur matnini diqqat bilan ko‘rib chiqib, uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida xulosa chiqaradi. Masalalar murakkablashib borgan sari o‘z-o‘zidan ma’lumki dasturiy yechimlar ham murakkablashib boradi. Dasturlar murakkablashib borgan sari bu usul amaliy jihatdan foydasiz bo‘lib boradi, chunki biror kichik xatoni topish ancha murakkabdir. Uning o‘rnini yangi usul egallaydi, dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlar egallaydi. Bu tizimlar o‘qituvchi o‘rnini egallamaydi, chunki bu tizimlarning vazifasi yechimlarni tekshirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va informatikaga oid ta’lim yo‘nalishlari mavjud Oliy ta’lim muassasalarida “Dasturlash asoslari”fani mutaxassislik fanlari sifatida o‘qitilib kelinmoqda. Ushbu fanni barcha universitetda turli pedagogik texnologiyalar orqali bilim beriladi va talabalarning bilimi baholanadi,lekin Respublikamizda bugunga qadar dasturiy yechi m to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlar yordamida dars jarayonlarini, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini baholovchi tizim mavjud emas. Dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizim yordamida talabalarning “Dasturlash asoslari” fani bo‘yicha yakuniy nazorat ishini baholashni ko‘rib chiqamiz. Yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanib asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, test, og‘zaki shakllarda o‘tkaziladi. Ko‘p hollarda ta’limda baholash sistemasi ballik sistema bo‘lib bunda 100 ball eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qabul qilinadi. Ushbu 100 ballning 30 foizi(30 ball)ni talabaning yakuniy nazorat ishi uchun belgilanadi. 166 Dasturlash asoslari fanini o‘qishdan maqsad axborotni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash, uzatishning asosiy tamoyillarini dasturlash tili orqali o‘rganish. Shuningdek, zamonaviy axborot tizimlarini yaratish va ularni yaratish usul va texnologiyalarini o‘rganish. Turli texnik bilimlarga oid masalalarni shaxsiy dasturlash tillari yordamida hal etish va ularning usullarini o‘rganishdan iborat. Talabalar dasturlash asoslari fanini o‘qish natijasida quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari talab qilinadi. - Dasturlash tilining tuzilmasi; - Tarmoqlanish operatorlari; - Takrorlanish operatorlari; - Bir o‘lchovli massivlar; - Ko‘p o‘lchovli massivlar; - Satrlar va ular ustida amallar; - Ko‘rsatkichlar; - Dinamik tuzilmalar; - Funksiyalar. Rekursiv funksiyalar; - Obye ktga yo‘naltirilgan dasturlash. Dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizim yordamida “Dasturlash asoslari” fanining yakuniy nazorat ishini tashkil etishni va talabalarni baholashni ko‘rib chiqamiz. Dasturlash asoslari fani bo‘yicha yakuniy nazorat savollari yuqoridagi mavzularni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Tizimga joylashtirish uchun yuqoridagi mavzularni o‘z ichiga olgan 3 ta sodda(2 ball), 2 ta o‘rta(5 ball), 2 ta murakkab(7 ball) qiyinchilikdagi jami 7 ta (30 ball) masalalar tayyorlanadi. Masalalarni tizim yordamida tekshirish uchun birinchi navbatda masalalarning har biriga mos ravishda kiruvchi va chiquvchi testlarni tayyorlash talab qilinadi. Xalqaro tajribaga asoslanadigan bo‘lsak, dasturlash bo‘yicha fan olimpiadalar yoki musobaqalarda odatda 5 ta savol uchun 2 soat, 10 tadan 13 tagacha bo‘lgan savolli musobaqalar uchun 5 soat vaqt ajratiladi. Bizning yakuniy nazorat ishi davomiyligini 7 ta masala ekanligini inobatga olgan holda 2 akademik soat (160 daqiqa) deb olinadi. Agar fanni o ‘rganish davomida bitta dasturlash tili tanlab olingan bo‘lsa nazorat ishi davomida ham aynan shu dasturlash tilida ishlash uchun ruxsat beriladi. Yakuniy nazorat paytida joriy vaqt holatidagi natijalar barchaga namoyish etib boriladi. Har kimdao‘zining bahosini ko‘rib turish imkoniyati mavjud. Jarayon yakunlanishi bilan barcha talabalarning yakuniy nazorat ishi bo‘yicha to‘plagan ballari namoyon bo‘ladi. Tizim yordamida talabalar bilimini baholashning yutuq va kamchiliklari. Talabalar bilimini tizim yordamida baholashning yutuqli jihatlariga quyidagilar misol bo‘ladi: - talabalar bilimini baholashda shaffoflikni ta’minlash; - talabalar natijalarini aniqlash uchun ketadigan vaqtni kamaytirish; - talabalar uchun bitta masalani ishlash uchun bir necha bor imkoniyat mavjud ekanligi; 167 - dasturiy yechimlarni to‘g‘riligini aniqlashda barcha holatlarni inobatga olinishi. Talabalar bilimini tizim yordamida baholashning yutuqli jihatlariga quyidagilar misol bo‘ladi: - barcha talabalar uchunyetarli bo‘lgan kompyuter sinfini tayyorlash; - barcha kompyuterlarni bitta tarmoqqa ulash; - talabalar masala uchun qisman javob beruvchi yechimini tizim inobatga olmasligi. Xulosa qilib aytganda dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlar yordamida talabalar bilimini baholashning ijobiy tomonlari mavjud, bu tizim yordamida baholashning ta’lim sifatiyaxshilanishiga olib keladi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling