Muammo inson ongida uni qabul qilish holati nimada?


Download 172.14 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi172.14 Kb.
#1183501
Bog'liq
16-18 MTvaE














16. Muammo inson ongida uni qabul qilish holati nimada?

17. Kontekstning xarakteristikasi?

18. Muammolarni hal qilish jarayonlari?

16. Muammo inson ongida uni qabul qilish holati nimada?
Javob: Har bir masalani hal qilishda aniq bir muammolarga duch kelishimiz mumkin. Eng birinchi navbatda bizdan talab qilinadigan narsa bu muamolarning sababini aniqlash, ya’ni ularni identifikatsiya qila olish bo‘ladi. Muammoni identifikatsiya qilishda har hil insonlarga muammo turli hil qabul qilinishi mumkin. Misol uchun bittasiga muammodek tuyilgan holat ikkinchisiga muammo bo‘lmasligi mumkin. Muammo inson ongida uni qabul qilish holati bilan o‘lchanadi.
Muammoni qabul qilishda quyidagi faktorlar uni qabul qila olishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
 Obektning xarakteristikasi, ya’ni qaralayotgan muammoning yangiligi, hajmi, masofasi va shu kabi ko‘rsatkichlari;
Subektning xarakteri, ya’ni shu muammoga qarayotgan insonning tajribasi, shaxsiy ko‘rsatkichlari, kutayotgan narsalari
17. Kontekstning xarakteristikasi?
Javob: Kontekstning xarakteristikasi, ya’ni shu muammo qaralayotgan vaqt, amaldagi prinsiplar va boshqalar (6.1.1 - sxema).

Muammoni qabul qilishda yana boshqa ko‘rsatkichlar ham ta’sir qiladi. Bu ko‘rsatkichlar insonlarning tashqi olam bilan aloqasiga bog‘liq bo‘lib ularga quyidagilar kiradi:
- Fundamental atributsiyaning hatoligi – insonlar o‘z omadlarini shaxsiy yutuqlari deb, omadsizliklarini atrofdagi faktorlar ko‘rsatkichi deb qabul qilishi;
- Kontrast effekti – ba’zi holatlarda muammoni juda yuqori yoki aksincha juda chuqur qabul qilib yuborish;
- O‘zi kabi fikrlar va qarshlarni barcha insonlarda bir xil deb o‘ylashi;
- Stereotiplar;
18. Muammolarni hal qilish jarayonlari?
Javob:

1. Holat haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
2. Boshqarish maqsadlarini aniqlash;
3. Boshlang‘ich yechimni aniqlash;
4. Muammoni analizi;
5. Holatning diagnostikasi;
6. Keyingi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni bashorat qilish;
7. Alternativ yechimlarni ko‘rib chiqish;
8. Ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan asosiy variantlarni tanlab olish;
9. Tanlangan variantlarni rejasini tuzish;
10. Tanlangan variantlarni rejasini tuzishda mutahasislarning bahosi;
11. Mutahislar bergan bahoning kollektiv tomonidan ko‘rib chiqilishi;
12. Boshliq tomonidan qaror qabul qilish;
13. Keyingi qadamdagi holatlar rejasini tuzish;
14. Shu rejalashtirilgan yechimning amalga oshirilishini kuzatish va nazorat qilish;
15. Yechimning yakunida barcha qo‘llanilayotgan variantlarning analizini olib borish.















Download 172.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling