Muammo va ularning yechimlari


ESHITISHIDA MUAMMOSI BO‘LGAN BOLALARNING UMUMIY TASNIFI


Download 269.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.11.2023
Hajmi269.75 Kb.
#1747863
1   2   3   4   5
Bog'liq
Қодирова республика конференция 1 2022

ESHITISHIDA MUAMMOSI BO‘LGAN BOLALARNING UMUMIY TASNIFI 
 
F.Qodirova-Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika 
fakelteti, Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri p.f.d., (DCs), proff. 
G.Tag‘onova, I.Shamshiyeva-CHDPU Pedagogika fakulteti Maxsus 
pedagogika kafedrasi 2-bosqich magistrlari. 
Eshitishida muammosi bo‘lgan bola psixologiyasini o‘rganish uzoq o‘tmishlarga borib 
taqaladi. Bu bolalarning chaqaloqligidan keksaligigacha ularning imkoniyati, qiziqishi, aqliy 
faoliyati irodasi, his tuyg‘usi, diqqati, xotirasi, tafakkuri, bilish jarayonlari, ularning 
xususiyatlariga ko‘ra individual yondoshish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi bo‘lib 
voyaga yetmog‘ida katta ahamiyatga egadir. Barcha nogiron bolalar qatori kar, zaif eshituvchi 
bolalar ta’lim-tarbiyasi, ularning ruhiy holatlarini o‘rganishda, ta’lim-tarbiya jarayonini 
takomillashtirishda ularning individual xususiyatlaridan kelib chiqish borasida ko‘pgina 
izlanishlar olib borilmoqda. Eshitmaydigan bola butun axborotni eshitish apparati analizatorining 
ishtirokisiz oladi. Ya’ni u hamma narsalarni predmetlar, voqea va hodisalarni ko‘rgani holda ular 
haqida hech qanday informatsiya olish imkoniyati yo‘q. 
Bu esa o‘z navbatida ikkilamchi nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Me’yorda, bola kattalar va 
atrofdagilar nutqini takror-takror eshitib, ularga taqlid qilib, uni egallaydi. Eshitmaydigan bola 
ko‘rgan narsalarining nomlarini va hodisalarni so‘z orqali ifodalay olmaydi, munosabat bildira 
olmaydi. Bunday holat bolani ruhiy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Karlik tufayli 
bolada ikkilamchi nuqsonlar vujudga keladi: soqovlik, ruhiy rivojlanishining orqada qolishi va 
hokazo. Chunki bu ikkilamchi nuqsonlar eshitmaslik tufayli vujudga keladi. Ya’ni, barcha psixik 
jarayon, tafakkur, xotira, idrok, diqqat va butun bilish jarayoniga ta’sir qiladi. 
Ko‘p yillik tadqiqot natijalaridan ma’lumki, mutloq eshitmaydigan inson bo‘lmaydi. Har 
qanday guruhdagi karlikda ham eshitish qoldiqlari saqlangan bo‘ladi. Zamonaviy 
surdokorrektsiyada eshitish qoldiqlaridan foydalanishga o‘rgatish imkoniyatlari tobora kengayib 
bormoqda. Eshitishni korreksiyalash qanchalik erta tashkil qilinsa, nutqdagi kamchiliklar 
shunchalik erta to‘g‘rilanadi. Lekin maktab yoshgacha eshitish imkoniyatidan foydalanilmagan 
bolalar garchi eshitish apparati orqali eshitishdan foydalanish o‘rgatilsa ham nutqni to‘liq va 
nuqsonsiz egallash qiyin kechadi. Shuning uchun kar bolalarning psixologiyasi o‘ziga xos 
rivojlanadi. Bu bolalar psixologiyasini surdopsixologiya fani o‘rnadi. 
Surdopsixologiya – eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar psixologiyasi haqidagi fan bo‘lib, 
umumumiy psixologiyaning bir tarmog‘ini tashkil qiladi, uning barcha ma’lumotlaridan 
foydalanadi va uni rivojlantiradi. 
Eshitishida muammosi bo‘lgan kar bolalarning ruhiy rivojlanishidagi o‘ziga xos rivojlanish 
qonuniyatlarini o‘rganish surdopsixologiyaning o‘rganish predmetini tashkil qiladi. 
Surdopsixologiya fani vazifalari quyidagilarni tashkil qiladi: 
1. Kar va sog‘lom bola ruhiy rivojlanishidagi umumiy va xususiy tomonlarini aniqlash. 
2. Kar bolalar bilish jarayonining alohida shakllarining rivojlanishidagi o‘ziga xosligini 
o‘rganish va aniqlash – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq hamda uning shaxs sifatida shakllanish 
qonuniyatlarini o‘rganish. 
3. Rivojlanishi nuqsonli bo‘lgan bola shaxsining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan 
metodlar va yo‘llarni psixologik jihatdan asoslab berish. 


427 
D.Qaxxarova, Inklyuziv ta’limga jalb etilgan ayrim rasm chizishga layoqati bor bolalarni 
ota-onalar va psixolog, defektolog-logoped hamkorligida rasm chizdirish orqali ruhiyatini 
o‘rganish va tarbiyalashga yangicha yondashuv……………………………………………..…147 
M.Sobirova, Inkluziv ta’lim jarayonida surdopedagogik, oligofrofrenopedagog va 
tiflopedagog faoliyatining mazmuni ……………………………………………….…………150
Download 269.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling