Muammolarni yechish yo’llari
Texnologik sxemaning yozuvi (bayoni)
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
raps urugidan quvvati 40tsutkasiga bolgan presslangan yog ishlab chiqarish va rafinatsiyalash liniyasini loyihalash
2.3. Texnologik sxemaning yozuvi (bayoni)
Rapsni quritishdan oldin 5-raqamli separatorda birinchi marta tozalandi. Agar separatordan sutkasiga 150 t raps urug’i o’tsa 25% chiqindi chiqadi. Urug’ yuvib quritilgach, 4-raqamli separaorda ikkinchi marta tozalandi. Yuvilgan urug’ni quritish uchun zavodning trubasidan chiqayotgan issiq tutun va gazlardan foydalanish mumkin. Quritilgan urug’ning namligi 8% dan oshmasligi kerak, ask holda saqlash qiyin bo’ladi, tez buziladi. Quritilgan urug’ sovitilgach, qayta ishlanadi. Harorati va namligi normal bo’lgan raps urug’i 5 valli valsovkaning to’rt yo’lidan o’tkazilib yanchiladi. Yanchilmaning 65-70% teshiklarning diametric 1mm bo’lgan elakdan o’tishi kerak. Ichida butun, yanchilmagan urug’ bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Raps urug’i tarkibidagi glyukopin glyukozidi issiq van am ta’sirida glyukoza, kaliy bisulfat, krotinil yog’i va tarkibida oltingugurt bo’lgan boshqa bir qancha
25
moddalarga parchalanadi. Bulardan yog’ olish jarayonidagi eng zararlisikrotinil yog’idir. U raps yog’iga ko’p aralashib qolsa, yog’ olish texnologiya jarayonlarini murakkablashtirib yuboradi. Bunday serkrotinil yog’li raps yog’ini oqlash (rafinatsiya qilish) qiyinlashadi. Raps urug’ini ishlashda press sexida jadallik bilan ish olib boorish yaxshi natija beradi. Odatda, bunday urug’ni ishlash uchun olti qasqonli qozon mos deb topilgan. Tayyor bo’lgan mezga to’xtovsiz ravishda zeyer kolosniklarning orasi I seksiyada 1mm, II seksiyada 0.75mm va III-IV seksiyalarda 0.50mm bo’lgan FP forpressga pechka orqali tushirilib turiladi. Olingan yog’ filtrlanadi va rafinatsiyalandi. Qalinligi 8-10mm va qoldiq yog’i 12-14% bo’lgan kunjara esa maydalanagandan keyin ekstraksiyalashga yuboriladi. Ekstraksiyalashda raps kunjarasidan eng ko’p yog’ olish uchun avval kunjara gardishli tegirmon mashina, to’qmoqli yanchish mashinasi yoki valsovkada qalinligi 5-7mm bo’lgan bargsimon strukturali yanchilmaga aylantiriladi. So’ngra u qozonda 8.5-9.5% gacha namlab 60-65 0 gacha qizdiriladi va ekstraktorga uzatiladi. Raps yog’i rezina va po’lat quyish sanoatlarida ishltiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling