Muammolarni yechish yo’llari


Texnologik jarayonlarning texno – kimyoviy nazorati


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana08.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#242840
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
raps urugidan quvvati 40tsutkasiga bolgan presslangan yog ishlab chiqarish va rafinatsiyalash liniyasini loyihalash

2.7. Texnologik jarayonlarning texno – kimyoviy nazorati 

Ishlab  chiqarishni  nazorat  qilishning  maqsadi  yog’  –  moy  ishlab  chiqarish 

korxonalarida xom ashyoni qabul qilishdan tortib saqlash, ishlab chiqarishga berish, 

qayta ishlash, tayyor mahsulot holiga keltirib iste’molchilarga jo’natishgacha bo’lgan 

barcha  texnologik  jarayonlarni  to’g’ri  nazorat  qilish  va  xom  ashyo,  yarim  tayyor 

hamda  chiqindilarni  sifat  ko’rsatkichlarini  to’g’ri  tahlil  qilishdir.  Yog’  –  moy 

korxonalari bo’yicha hisob – kitoblarni to’g’ri olib borilishiga yordam beradi. Ishlab 

chiqarish  samaradorligini  oshirib,  mahsulotlarni  chiqish  unumini  oshiradi  va  ularni 

sifatini yaxshilaydi. 

Tayyor  mahsulot  standarti  talablariga  rioya  qilish,  mahsulot  unumini  oshirish 

va  texnologik  jarayonning  har  bir  bosqichida  texnologik  va  fizik  –  kimyoviy 

nazoratni  sistemali  ravishda  olib  borish,  shu  bilan  birga  ayrim  mashina  va 

uskunalarni holatini nazorat qilish bilan uzviy bog’liqdir. 



 

46 


Ushbu  nazoratlarni  yog’  –  moy  korxonalarida  olib  borilishi  maxsus  ishlab 

chiqilgan va rasmiy ravishda tasdiqlangan standartlar, uslubiy qo’llanmalar me’yoriy 

hujjatlar, yo’riqnomalar hamda texnologik reglamentlar asosida olib boriladi. 

Ishlab 


chiqarishdagi 

texnologik 

jarayonlarni 

nazorat 


qilish 

ishlab 


chiqarilayotgan  yarim  tayyor  va  tayyor  mahsulotlarni  hamda  ishlab  chiqarish 

chiqindilarini  sifatini  yaxshilashga,  ularni  isrofgarchiligini  oldini  olishga  va  ishlab 

chiqarish  unumini  oshirishga  qaratilgan.  To’g’ri  olib  borilgan  tahlillar  asosida 

bajarilgan hisob – kitoblar natijasida ish yuritishga o’rgatadi. 

Texnologik  va  fizik  –  kimyoviy  nazorat  ishlab  chiqarishning  asosini  tashkil 

etadi va korxona bo’yicha olib boriladigan sarf – harajatlar va olinadigan daromadlar 

ushbu nazoratlar asosida olib borilgan hisob – kitoblar natijasida kelib chiqadi. 

Yog’    -moy  korxonalariga  qabul  qilinayotgan  o’simlik  moylarini  nazorat 

qilinishi  kerak  bo’ladi.  Nazorat  qanul  qilinayotgan  yog’  va  moylarni  alohida  – 

alohida partiyalarga bo’lib ko’zdan kechirishdan boshlanadi. 

Yog’ va moyni partiyalarga bo’lish deb, ularni bir xil naviga, turiga, bir vaqtda 

qayta  ishlanganiga  va  ishlab  chiqarilganiga  bitta  transportda  jo’natilganiga  va  sifat 

ko’rsatkichlari bitta hujjatda ko’rsatilganiga qarab bo’lishga aytiladi. 

Masalan,  yog’  va  moylarni  jo’natish  temir  yo’l  vagonlarida  yoki 

avtosisternalarda  amalga  oshirilganda,  o’sha  har  bir  avtosisterna  1  ta  partiya  deb 

qabul qilinadi. 

Amaliyotda na’munalar olishda ko’p qo’llaniladigan hol – bu yog’ va moylarni 

idishlardan  truba  o’tkazgichlar  orqali  bir  joydan  ikkinchi  joyga  haydashda  turg’un 

namuna olgich Shtuserlar orqali namuna olishdir. 

Namuna olish haydash vaqti davomida uzluksiz va bir me’yorda olib boriladi. 

Olingan  namunalar  berilgan  moy  partiyasining  o’rtacha  namunasi  hisoblanadi. 

Olingan  o’rtacha  namunalarni  BNIIJ  –  9  ajratgich  uskunasiga  solib  undan  analiz 

uchun ajratib olinadi, 

Olingan 1l namunada oldindan yaxshilab yuvilgan va quritilgan 2 ta butilkaga 

solinadi. 1 ta butilkaga qopqog’i yopilib 40 kun qorog’u va quruq joyda saqlash 

uchun olib qo’yiladi. 40 kundan keyin bu butilka qayta analiz qilish uchun ishlatiladi. 




 

47 


Ikkinchi  butilkadagi  moy  analiz  qilish  uchun  beriladi.  Analizga  berilgan 

butilkada  yog’ni  nomi,  navi,  kuni  va  analiz  uchun  olingan  namuna  joyi,  namunani 

olgan shaxslarning familiyasi va imzosi yozilgan yorliq bo’lishi kerak. Agar namuna 

boshqa  joyga  jo’natilayotgan  bo’lsa  unda  yuqordagilarga  yorliqqa  bajaruvchining 

nomi va transport hujjatining raqami yoziladi. 

Yog’ va  moylarni baklardan namunalarni olish uchun trubali namuna olgichlar 

2m  gacha  bo’lgan  truba  yog’  yoki  moyga  botiriladi  va  pastki  qismidagi  qopqog’i 

yopilib  analiz  trubaga  yig’ib  olinadi.  Bulardan  tashqari  vertikal  apparatlardan 

namunalar olish uchun avtomatik namuna olish uskunalari keng qo’llaniladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

48 



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling