Muammoli vaziyat savol yoki Конструкция элементлари юзаларидаги ҳосил бўладиган кучланишларнинг миқдори ташқи кучларга боғлиқ. Сизнингча бу миқдор яна нималарга боғлиқ бўлиши мумкин?
Download 99.39 Kb.
|
2 - MA’RUZAREJA: 2.1. Tashqi kuchlar va ularning klassifikasiyasi. Таянч сўз ва ибораларТашқи куч: ҳажмий, сиртқи, тўпланган, тақсимланган, жадаллик (интенсивлик), статик, динамик, доимий, вақтинчалик, циклли. Деформация: чизиқли, бурчак, эластик, пластик. Бирламчи ички кучлар, ички зўриқиш кучлари: кесиш усули, нормал куч, кўндаланг куч, буровчи момент, эгувчи момент. Кучланиш: ўртача, ҳақиқий, нормал, уринма, тўла, паскал, индекслар, физик маoно; ИКФ ва кучланишнинг боғлиқлиги. 2.2. Deformasiyalar va ko‘chishlar. 2.3. Ichki kuchlar. Kesish usuli. Kuchlanishlar. 2.4. Ichki kuch faktorlari (IKF) bilan kuchlanishlar orasidagi bog‘lanish-lar. Muammoli vaziyat savol yoki Конструкция элементлари юзаларидаги ҳосил бўладиган кучланишларнинг миқдори ташқи кучларга боғлиқ. Сизнингча бу миқдор яна нималарга боғлиқ бўлиши мумкин? Маъруза матнларини диққат билан ўқиб чиысангиз бу саволга жавоб топасиз. topshiriq 2.1. Tashqi kuchlar va ularning klassifikasiyasi Muhandislik tuzilmalarining qismlari ish jarayonida tashqi ta’sirni kuch ko‘rinishida qabul qiladilar va ularni bir - birlariga uzatadilar. Tashqi kuchlar eng avvalo qo‘yilish shartiga ko‘ra hajmiy va sirtqi turlarga bo‘linadilar. Hajmiy kuchlar jismning barcha tashkil qiluvchi zarralariga ta’sir qiladilar (jismning og‘irlik kuchi, inersiya kuchlari, magnit ta’siri). Sirtqi kuchlar jismlarga qo‘shni jismning tegib turgan sirti orqali uzatiladilar. Sirtqi kuchlar to‘plangan va taqsimlangan bo‘lishlari mumkin. To‘plangan kuch jismning juda kichik yuzasiga qo‘yilib, hisoblarni yengillashtirish maqsadida nuqta orqali ta’sir qiladi deb hisoblanadi. Uzunlik yoki yuzaga uzluksiz qo‘yilgan kuch taqsimlangan kuchdir. Ularning asosiy ta’rifi uning jadalligi (intensivligi) hisoblanadi Taqsimlangan kuchlar tekis taqsimlangan yoki tekis taqsimlanmagan bo‘lishlari mumkin. Tashqi kuchlar vaqt bo‘yicha o‘zgarish tarziga ko‘ra statik va dinamik kuchlarga bo‘linadilar. Jismga asta - sekin qo‘yiladigan, jismni tebratmagan holda noldan eng yuqori qiymatigacha o‘sib borib, keyin o‘zgarmay qoladigan yoki sezilarsiz o‘zgaradigan kuch statik kuchdir. Uning yorqin misoli sifatida tomga yoqqan qor og‘irligini keltirish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan, jismning tezlanishlari va tebranishlariga sabab bo‘ladigan kuchlar dinamik kuchlardir. Bunga zarb ta’sirni, bexosdan qo‘yilgan kuchni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Umuman dinamik kuch statik kuchdan ma’lum tezlanishda qo‘yilishi bilan farqlanadi. Bu esa o‘z navbatida ancha katta qiymatlarda inersiya kuchlarining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tashqi kuchlar, bulardan tashqari doimiy (ko‘prikning xususiy og‘irligi) va vaqtinchalik (ko‘prikdan o‘tayotgan poyezd og‘irligi), shuningdek, siklik (davriy o‘zgaruvchi yoki takrorlanuvchi o‘zgaruvchi) bo‘lishlari mumkin. Download 99.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling