Muammosi hisoblash texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi1.93 Mb.
#1065005
Bog'liq
Жураев махмуд



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA
UNIVERSITETI
“ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI
“ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH»
KAFEDRASI
“Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan
“Kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish,qurish va ularning ishlash printsiplari ”
mavzuda
KURS ISHI
Bajardi:
Fayzullayev Shohrux
Qabul qildi: Boymirzayev Jahongir
Toshkent - 2022


Mundareja
1 Kirish
2 Kompyuter tarmoqlarini tashkil etish
3 Kompyuter tarmoqlarini topologiyalari
4 Kompyuter tarmoqlarini ishlash printsiplari
5 Xulosa


KIRISH
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish
muammosi hisoblash texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir.
Axborot
larni
bunday
uzatish
alohida
foydalanilayotgan
kompyuterlarni bugalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani
bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi.
Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani
bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuteriaming resurslaridan
birgalikda foydalanish hamda ko‘pgina boshqa muammolarni
ham hal qilish mumkin bo‘ladi. Kompyuter tarmoqlari hozirgi
zamon taraqqiyotining ajralmas bir qismi bo‘lib, banklar, pochta,
telegraf, telefon, korxonalar, o‘quv muassasalari, axborot resurs
markazlari, savdo korxonalari va uylar kompyuter tarmog‘i bilaii
bog‘lanib, ular Internet tarmog‘iga ulangandir. Eng taniqli
tarmoqlardan biri IP tarmoq - Internet tarmog‘i - global tarmoq
bo‘lib, mahalliy IP tarmoqlarm Siz har bir korxonada uchratishingiz
mumkin. Bu tarmoqlarm tashkil etuvchilari va ulaming o‘zini
yaratish va ulaming resurslaridan maqsadli hamda unumli
foydalanish masalalari hozirgi kunning dolzarb talablaridandir.
Darslik malliflammg kompyuter tizimlari va tarmoqlari bo‘yicha
ko‘p yillik shaxsiy tajribalari, Toshkent davlat texnika universiteti,
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent
to‘qimachilik va yengil sanoat mstitutida yillar davomida
“Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”, “Axborot tizimlarining
unumdorligi ”, “Yuqori unumdorli kompyuter tizimlari” va “Axborot
boshqarish
tizimlarining
asoslari”,
“Telekommunikatsiya
tarmoqlari va sistemalari” fanlaridan o‘qilgan ma’ruzalari asosida
yozilgan. Ushbu darslik kompyuter tizimlari va tarmoqlarining eng
asosiy negizlaiiga, uning usullariga va unga yondashishga
bag‘ishlangan bo'lib, u o‘n oltita bobdan tashkil topgan va har bir
bob so‘ngida olmgan bilimni sinash uchun nazorat savollari


ro‘yxati keltirilgan.
Kompyuter tarmoqlarini tashkil etish
Birinchi
bob
har
qanday
tarmoqning
asosi
bo‘Igan
kompyuterlarning asosiy turlari, bloklari ularning vazifalari va
ko‘rsatkichlariga hamda kompyuterlarning asosiy qismi bo‘lgan
mikroprotsessorlami bayon qilishga bag‘ishlangan. Jkkinchi
bobda hisoblash tizimlarining arxitekturasi, axborothisoblash
tizimlarining turlari va vazifalari hamda axborot-hisoblash
tizimlarining tarkibi, tuzilishi, shuningdek ko‘p mashinali va ko‘p
protsessorli kompyuter tizimlari haqidagi materiallar batafsil
yoritilgan. Uchinchi bobda parallel arxitekturalar va axborot
tizimlarining unumdorligini o'rganishda Amdal qonuni, axborot
tizimlarining unumdorligini oshirishdagi urinishlardan biri - parallel
tizimlar » topologiyasi hamda parallel tizimlarni Flin bo‘yicha
turlanishi ko‘rib chiqilgan. To‘rtinchi bob hisoblash tizimlarining
unumdorligini baholash usullaridan biri bo'lgan takt chastotasi
bo‘yicha baholash, cho‘qqi va real unumdorliklar hamda MIPS va
Flops birliklari, shuningdek, testlar yordamida unumdorlikni
hisoblashlami bayon qilishga bag‘ishlangan. Beshinchi bob esa
tarmoq texnologiyalarining eng asosiylari “Shina”, “Halqa” va
“Yulduz” topologiyalarining afzallik va kamchiliklari, ISO/OSI
modeli, tarmoq protokollari va shuningdek, axborot ahnashuvini
boshqarish usullarini batafsil bayon qilishga bag‘ishlangan.
Oltinchi bobda kabelli axborot uzatish muhiti bo‘lgan o‘ralgan
juftlik, koaksial va shisha tolali kabellar hamda simsiz aloqa
kanallari, ularning turlari, imkoniyatlari, texnik ko'rsatkichlari,
shuningdek aloqa yo‘Hanning texnologik ko‘rsatkichlarini moslash
hamda axborotlami kodlashtirish batafsil yoritilgan. Yettinchi bob
lokal tarmoq texnologiyasiga bag‘ishlangan boiib, unda ko‘p
tarqalgan Ethernet va Fast Ethernet, Token-Ring tarmoqlarining
imkoniyatlarini yoritishga bag'ishlangan. Sakkizinchi bobda


tarmoq qurilmalari va ularning vazifalari hamda tarmoq uskunalari
batafsil bayon qilingan. To‘qqizinchi bobda amaliyot tizimlarning
vazifasi va qo‘llanilishi hamda tarmoq operatsion tizimlari, bir
rutbali va serverli tarmoq operatsion tizimlari, tarmoq operatsion
tizimlarining arxitekturasi keltirilgan.
0‘ninchi bob global tarmoq texnologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib,
unda birlamchi tarmoqlar, Frame Relay, ATM va MPLS
texnologiyalari, shuningdek, IP global tarmoqlar va ularning
muammolariga to‘xtalib o‘tilgan. 0‘n birinchi bobda tarmoq
xizmatlari hisoblanuvchi elektron pochta va Veb-xizmatlar,
shuningdek, tarmoqni boshqarish tizimi va SNMP protokoli ko‘rib
chiqilgan. 0‘n ikkinchi bobda tarmoqning xavfsizlik xizmatlaridan
kompyutermng xavfsizligi va tarmoqning xavfsizligi haqida,
tarmoq xavfsizligi uchun muhim boigan butunlik, axborotlarga
egabo‘lish, xavf, hujum tushunchalari, shuningdek shifrlash,
sertifikat, elektron imzo va himoyalangan kanal texnologiyasi kabi
xavfsizlikni ta’mmlash omillari, har bir tizim uchun juda zarur
bo'lgan xavfsizlik siyosati haqida ma’lumotlar berilgan. 0‘n
uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi boblarda sanoat
korxonalaridagi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarining
maTumot almashinuv jarayonlarini tartibga soluvchi protokollar
va ularning turlari, tuzilish sxemalari va ishlash tamoyillari hamda
ularga oid standartlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafeil yoritilgan.
0‘n oltinchi bobda sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirish va
boshqarish tizimlarining strukturalarini tashkil etishda eng ko‘p
qo‘laniladigan sanoat Fieldbus va DeviceNet tizimlari haqida
asosiy tushunchalar, ularning interfeyslari, shuningdek, ushbu
tizimlaming asosiy tashkil etuvchilari haqidagi ma’lumotlar bayon
etilgan
.
Kompyuter
gurublari
Super
kompyuterlar
Katta
kompyuterlar Kichik kompyuterlar Mikro kompyuterlar Unumdorlik
MIPS 1000 - 1000 000 100 - 10 000 10 - 1000 10 - 200 TX sig‘imi,
Mbayt 2000 - 100 000 512- 10 000 128 - 4096 128 - 2048 Tashqi


XQ sig'imi, Gbayt 500 - 50 000 100 - 10 000 100-1000 100 - 1000
Razryadligi, bit 64 - 256 64 - 128 32 -128 32 -128 ishlab
chiqarilganlarini kiritsabo‘ladi: • ШМ 3090, IBM 4300 (4331, 4341,
4361, 4381), IBM 380 o‘rniga 1979-yili kelgan (meynfreymlarning 2
-avlodi); • IBM ES/9000, 1990-yili yaratilgan (meynfreymlarning 3-
avlodi); • S/390 AS/400 (4-avlodi); • System z9 (5-avlodi). 13 ЮМ
ES/9000 (ES - Enterprise System) meynfreymlar oilasi katta
kompyuterlarning oilasini boshlab berdi, ular o‘z ichiga 18
kompyuter modelini olib, IBM 390 arxitekturasi asosidajoriy
etilgan: • ES/9221 model 120 kichik modellarining asosiy
xotirasini sig' imi 256 Mbayt ga ega, unumdorligi o‘nlab MIPS va
12 ta kiritishchiqarish kanali mavjud; • ES/9221 model 900 katta
modellari 6 ta vektorli protsessorlarga ega, asosiy xotirani sig‘imi
9 Gbayt ga teng, unumdorligi minglab MIPS, shisha tolali kabeldan
foydalanuvchi 256 ta kiritish-chiqarish
Tarmoq topologiyalari
Kompyuter tarmoqlarining topologiyalari
Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda
tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa
liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi
eng avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson
ko‘rish mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan
odatda berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi
shaxsiy o‘zini yo‘li bilan bajarilishi mumkin.
Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‘lgan va eng
qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga,
tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi.
Garchi tarmoqdan foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‘lmasa
ham, asosiy topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va
kamchiliklarini bilishi kerak.
Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud:
• shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel
ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan
kompyuterlarga uzatiladi (1-rasm);


rasm 1
• yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan
kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa
liniyalaridan foydalanadi (2-rasm);
rasm 2
• halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta
zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi
oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib
birlashgan (3-rasm).
rasm 3
Amaliyotda ko‘pincha bаzаli topologiyalarning kombinatsiyasi ham
ishlatiladi, lekin ko‘p tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo‘ljallangan.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‘rib chiqamiz.


“Shina” topologiyasi (yoki, yana bir nomi “ummiy Shina”) o‘zining tuzilishi
bo‘yicha kompyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir xilligi,
shuningdek hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday
ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha uzatishi mumkin
chunki aloqa liniyasi bir dona bo‘ladi. Aks holda ustma ust (konflikta, kollizi)
tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi. 
Shunday qilib, shinada yarim dupleksli (Half duplex) almashuv rejimi
amalga oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, ketma-ketlikda)
“Shina” topologiyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy abonent yo‘q
bu esa uning ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi markazning ishlashi
buzilganda shu markaz bilan boshqariladigan hamma tizim faoliyatini
to‘xtatadi.) Shinaga yangi abonentlarni qo‘shilishi tarmoq ishlab turgan
vaqtda ham bo‘lishi mumkin.
Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga
nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. To‘g‘ri shuni
hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chettagilardan tashqari)
ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay bo‘lavermaydi.
Bu holatda bo‘lajak janjallarni hal etish har bir abonentning tar-moqli asbob
– uskunalarga yuklanishi sababli “shina” topologiyasida tarmoqli adapter
apparaturasi murakkabroq bo‘ladi, boshqa topologiyalarga qaraganda.
Biroq, “Shina” topologiyali tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli (Ethernet,
Arcnet) tarmoqli asbob – uskunalarni narxi uncha yuqori emas.
Ayrim kompyuterlarning ishdan chiqib qolishi shinaga zarar qilmaydi,
chunki tarmoqdagi hamma qolgan kompyuterlar alma-shuvni normal
davom etishi mumkin.
Ko‘rinishi mumkinki, kabelni uzulganligi xam shinaga qo‘rqinchlik emas,
chunki bunda sim bo‘ladi. Biroq, uzun aloqali liniyalarda elektr signallarning
tarqalish xususiyatlariga ko‘ra, shinalarni oxirgi uchlarida maxsus
kelishtiradigan qurilmalar – terminatorlarni ulashni ko‘zda tutish kerak.
Ular ulanmasa liniyani oxiridan signal akslanadi va shunday buziladiki,
tarmoq bo‘yicha aloqa bo‘lmasdan qoladi. Shuning uchun kabel uzulganda
yoki shikastlanganda (masalan, sichqonlar tomonidan) aloqa liniyasini
mosligi buziladi va o‘zaro ulanib qolgan o‘sha kompyuterlar xam o‘rtasidagi
almashuv to‘xtaydi. Batafsil moslashtirish to‘g‘risida kitobning maxsus
bo‘limida bayon etiladi. Shina kabelini har qanday nuqtasida qisqa
tutashtiruv tarmoqni hammasini ishdan chiqaradi.
Shinadagi asbob – uskunalarni har qanday ishdan chiqishini lokalizatsiya
qilish juda qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulangan va qaysi biri
ishdan chiqqanligini bilish uncha oson emas.
“Shina” topologiyali tarmoqning aloqa liniyalari bo‘yicha o‘tаdigаn axborotli
signallar kuchsizlanadi va hech tiklanmaydi, bu esa aloqa liniyalarning
yig‘indi uzunligiga qattiq cheklanishlar qo‘yadi, bundan tashqari har bir


abonent tarmoqdan uzatuvchi abonentning masofasiga bog‘langan har xil
darajali signallar olishi mumkin.
Tarmoqli asbob – uskunalarning qabul qiluvchi uzellariga qo‘shimcha
talablar qo‘yadi. “Shina” topologiyali tarmoq uzunligini uzaytirish uchun
ko‘pincha birnechta segmentlar ishlatiladi (ularning har biri shina
deyiladi).Maxsus signal tiklagichlari repiterlar yoki qaytargichlari (3-rasm)
yordamida bir birovi bilan ulanadi.
rasm 4
Biroq bunday tarmoq uzunligini uzaytirish cheksiz bo‘la olmaydi, chunki
aloqa liniyalari bo‘yicha signallarning tarqalishini oxirgi tezligi bilan bog‘liq
cheklanishlari ham bor.
“Yulduz” yaqqol ajralib turadigan markazli topologiya, bunga barcha qolgan
abonentlar ulangan. Barcha axborotlar almashuvi faqat markaziy
kompyuter orqali bajariladi, shunday qilib unga juda katta yuklanish yotadi,
shuning uchun tarmoqdan tashqari boshqa hech narsa bilan u shug‘ullana
olmaydi. Tushunarliki, markaziy аbоnеntning tarmoqli asbob – uskunalari
atrofdagi abonentlarning asbob – uskunalarga qaraganda juda murakkab
bo‘lishi kerak. Abonentlarning bir xil huquqga egaligi to‘g‘risida bunda
gapirib bo‘lmaydi.
Odatda, huddi shu markaziy kompyuter eng kuchli bo‘ladi va faqat unga
almashuvni boshqarish hamma funksiyalari topshiriladi. “Yulduz”
topologiyali tarmoqdа hech qanday mojarolar bo‘lishi mumkin emas,
chunki boshqarish to‘liq markazlashgan. 
Agar kompyuterlarni ishdan chiqishiga yulduzni mustaxkamligi to‘g‘risida
gap ketsa, bunda atrofdagi kompyuterni ishdan chiqishi tarmoqning qolgan
qismlarini ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin markaziy
kompyuterni har qanday ishdan chiqishi tarmoqni butunlay ishdan
chiqaradi. Shuning uchun markaziy kompyuterni va uning tarmoqli
apparturalarini ishonch-liligini oshirish uchun maxsus choralar ko‘rilishi
kerak.
Har qanday kabelni uzilishi yoki undagi qisqa tutashuv “yulduz”
topologiyasida faqat bitta kompyuter bilan almashuv buziladi, boshqa
kompterlar esa normal holatda ishini davom ettirishi mumkin. Shinaga


qaraganda yulduzda har bir aloqa liniyasida faqat ikkiga abonent turadi:
markaziy va atrofdagilardan bittasi. Ko‘pincha ular-ning ulanishi uchun
aloqa liniyasini ikkitasi ishlatiladi, ularning har biri axborotni faqat bir
yo‘nalishda uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa liniyasida bitta qabul
qiluvchi (pryomnik) va bitta uzatuvchi (peredatchik) mavjud. Shina bilan
solishtirganda buning hammasi tarmoqli asbob – uskunalarni sezilarli 
soddalashtiradi va qo‘shimcha tashqi terminatorlarni qo‘llashdan ozod
qiladi. “Shina” ga qaraganda aloqa liniyalarda signallarni so‘nish muammosi
“yulduzda” oddiy hаl etiladi, chunki har bir priyomnik doim bir darajali signal
qabul qiladi. “Yulduz ” topologiyasini jiddiy kamchiligi abonentlar soni qattiq
cheklangan. Odatda markaziy abonent 8-16 dan oshmagan atrofdagi
abonentlarga xizmat ko‘rsatadi.
Agar bu chegarada yangi abonentlarni ulash juda oddiy bo‘lsa, lekin bundan
oshib ketganda umuman mumkin emas. To‘g‘ri, gohida yulduzda qo‘shib
borish imkoniyati ko‘zda tуtilgаn, ya’ni atrofdagi abonentlardan bittasini
o‘rniga yana bitta markaziy abonentni ulash (natijada bir nechta bir birovi
bilan ulangan yulduzlar topologiyasi paydo bo‘ladi). Yulduz aktiv, faol nom
bilan yuritiladi, yoki haqiqiy yulduz. Passiv yulduz degan topologiya ham bor,
u faqat tashqi ko‘rinishidan yulduzga o‘xshaydi (4-rasm). U bugungi kunda
aktiv yulduzga qaraganda ko‘proq tarqalgan. Aytish kerakki, bugungi kunda
eng mashhur Ethernet tарmоg‘idа u ishlatiladi.
rasm 5
Kompyuter tarmoqlarini ishlash printsiplari
Tarmoq markazida shu topologiyali kompyuter emas, balki konsentrator,
yoki xab (HUB), repiterga o‘xshab o‘sha funksiyani bajaradigan
joylashtiriladi. U kelayotgan signallarni tiklaydi va ularni boshqa aloqa


liniyalarga uzatadi. Kabellarni joylashtirish haqiqiy yoki aktiv yulduzga
o‘xshasa ham, haqiqatda biz shinali topologiyasiga o‘xshab ish yuritamiz,
chunki har qaysi kompyuterdan axborot bir vaqtda boshqa qolganlarga
uzatiladi, markaziy abonent esa bo‘lmaydi. Tabiyiki, passiv yulduz oddiy
shinaga qaraganda qim-matroq bo‘ladi, chunki bunda yana kansentrator
ham kerak bo‘ladi. Ammo u yulduzning afzalliklari bilan bog‘liq bir qator
qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Huddi shuning uchun oxirgi vaqtda
passiv yulduz haqiqiy shinani ko‘proq siqib chiqarayapti, chunki u kam
perspektivali topologiya hisoblanadi.
Aktiv va passiv yulduz o‘rtasida topologiyaning oraliq turini ham ajratish
mumkin. Bu holda konsentratorga tushadigan signallarni faqat ret-
ranslyatsiya qilmasdan, o‘zi qatnashmasa ham, almashuv boshqarishini
bajara oladi. Yulduzning (ham aktiv va ham passiv) katta ustunligi shundaki,
hamma ulanadigan nuqtalar bir joyda yig‘ilgan. Bu tarmoq ishini oson
nazorat qilishga, markazdan u yoki bu abonentlarni oddiy o‘chirish yo‘li
bilan nosozliklarni lokalizatsiya qilish (masalan, shina holatda bajarib
bo‘lmaydi), shuningdek tarmoq uchun xayotiy muhim bo‘lgan ula-nish
nuqtalariga begona shaxslar kirishini cheklab qo‘yishdir. Yulduz holatida xar
bir atrofdagi abonentga bitta kabel kelishi xam mumkin (unda uzatish ikki
tomonlama ketadi), va ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uzatadi),
buning ustiga ikkinchi holat ko‘proq uchraydi.
“Yulduz” turidagi barcha topologiyalarning umumiy kamchiligi boshqa
topologiyalarga qaraganda juda katta kabel sariflanishidir. Masalan, Agar
kompyuterlar bir chiziqda joylansa, “yulduz” topologiyasi tanlanganda
“Shina” topologiyasiga qaraganda bir necha martta ko‘p kabel talab qilinadi.
Bu hamma butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Halqa” – bu topologiya, bunda har bir kompyuter faqat ikkitasi boshqalari
bilan aloqa liniyalari bilan ulangan. Faqat u biridan axborot oladi,
ikkinchisiga esa – faqat uzatadi.
Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‘xshab, faqat bitta (peredatchik)
uzatuvchi va bitta (priyomnik) qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi
terminallarni qo‘llashdan ozod qiladi.
Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan
signalni tiklaydi, yani repiter rolini o‘ynaydi, shuning uchun halqaning
hamma joyida signalni so‘nishi hech qanday ahamiyati yo‘q, muhimi faqat
halqaning qo‘shni kompyuterlar orasidagi so‘nishidir. Bu holatda аniq
ajratilgan markaz yo‘q, hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo,
ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki
nazorat qiladi. Tushunarliki, bunday boshqaradigan abonentni borligi
tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi tezda
barcha almashuvni falaj qilib qo‘yadi.


Qa’tiyat bilan аytgаndа, halqadagi kompyuterlar to‘liq teng huquqli emas
(masalan, shinali topologiyaga qaraganda). Ulardan birlari kompyuterdan,
shu momentda uzatishni olib borayotgan, albatta axborotni oladi, oldinroq,
boshqalar esa kеyinrоq. Topologiyani huddi shunday xususiyatlariga ko‘ra,
“halqaga” maxsus hisoblangan tarmoqdagi almashuvni boshqarish
usullarda keyingi uzatish huquqi (yoki, yana aytilishicha, tarmoqni qurshab
olish) keyingi halqadagi kompyuterga ketma – ket o‘tadi.
Yangi abonentlarni “Halqaga” ulash mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida
butun tarmoqni ishlashini to‘xtatish talab qilinаdi. “Shina” topologiyali
holatga o‘xshab halqadagi eng ko‘p abonentlar soni ancha muncha bo‘lishi
mumkin (minggacha va undan ko‘proq). Halqali topologiya oshiqcha
yuklanishlarga eng mustахkаm, u uzatiladigan tarmoq bo‘yicha axborotlarni
eng katta oqimlari bilan ishonchli ishlashni ta’minlaydi, chunki unda janjallar
yo‘q (shinaga qaraganda), shuningdek markaziy abonent yo‘q (yulduzga
qaraganda).
Halqadagi signal tarmoqdagi hamma kompyuterlardan o‘tgani sababli,
lokal ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki uning tarmoq-dagi asbob-
uskunalarini) yaxlit butun tarmoqni ishdan chiqaradi.
Huddi shunga o‘xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib qolishi yoki
qisqa tutashuvi butun tarmoqni ishdan chiqaradi.
Kabelni buzilishlariga halqa ko‘proq shikastlanadigan bo‘ladi, shuning
uchun bu texnologiyada ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa liniyalari qo‘yib
borishni ko‘zda tutiladi. Shunda ularning bittasi zahirada turadi.
Shu bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har bir abonent
tomonidan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o‘lchamlarini
sezilarli ko‘paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o‘n kilometrgacha).
Halqa bu tomonidan boshqa har bir texnologiyalardan ko‘proq (sezilarli)
ustunlik qiladi.
Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash
kerakki, tarmoqdаgi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak.
Ba’zan “Halqa” topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo‘nalishlarida
uzatilishini ikkita halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday
hal etilishi – axborotni uzatish tezligini (ideal holatda ikki marotaba)
оshirilishi. Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel bilan ishlashi
mumkin (to‘g‘ri, cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko‘rilgan uchta
asosiy, bazaviy topologiyalardan tashqari, qo‘shimcha yana “daraxt” (tree)
tarmoqli topologiya ishlatiladi, u bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan
iborat. Yulduzga o‘xshash daraxt aktiv, yoki haqiqiy, passiv bo‘lishi mumkin.
Aktiv daraxtga bir nechta aloqa liniyalari birlashtirilgan markazlarda
markaziy kompyuterlar joylashgan, passilida esa konsentratorlar (Xablar).
Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko‘p ishlatiladi, ular orasida eng


ko‘p tarqalgan yulduz-shinali va yulduz-halqalilaridir.
rasm 6
rasm 7
rasm 8


rasm 9
Yulduz-shinali topologiyada (star-bus) shina va passiv yulduzlar
kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham
va butun shinali segmentlar ham ulanadilar, ya’ni tarmoq-dаgi barcha
kompyuterlar kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu topologiyada
bir nechta konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib
magistrali,
tayanchli
deb
nomlangan
shinani
tashkil
qiladi.
Konsentratorlarning har biriga alohida kompyuterli yoki shinali segmentlar
ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi o‘ziga qulay qilib shinali va yulduzli
topologiyalarni
avzalliklarini
kombinatsiya
qilish
imkoniyatlaridan
foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar sonini oson
o‘zgartiradi.
Yulduz-halqali topologiya holatida kompyuterlarni o‘zi birlashmaydi, yulduz
shaklli ikkitali aloqa liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda,
tarmoqning hamma kompyuterlari berk halqaga ulanadi, chunki
konsentratorlar ichidagi barcha aloqa liniyalari berk konturni tashkil qiladi.
Bu
topologiya
yulduzli
va
halqali
topologiyani
ustunligini
kombinatsiyalashga imkon yaratadi.
Masalan, konsentratorlar barcha ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig‘ishga
imkon yaratadi.
Tarmoq
topologiyasi
kompyuterlarni
faqat
fizikaviy
joylanishlarini
ifodalamasdan, lekin undan muhimrog‘i, ular orasidagi aloqalar xarakteri,
tarmoq bo‘yicha signallarning tarqalganish xususiyatlari ifodalaydi. Huddi
shu aloqalar xarakteri tarmoqning buzi-lishiga mustaxkamlik darajasini
belgilaydi, tarmoqdаgi apparatlar-ning kerakli murakkabligini, almashuv
boshqarish usulini eng to‘g‘ri keladiganini, uzatish muxitining mumkin
turlarining (aloqa kanallari), tarmoqning mumkin bo‘ladigan o‘lchamlari
(aloqa liniyalar uzunligi va abonentlar soni), elektr muvofiqlashtirishni
kerakligi va h.k. tarmoq bilan birlаshgаn kompyuterlarni fizik joylanishi
topologiyani tanlashda, umuman olganda, ta’siri kam har qaysi
kompyuterlarni, ular qanday joylashganidan qa’tiy nazar, har qanday ol-
dindan tanlangan topologiya yordamida har doim ulash mumkin (8-rasm).


rasm 10
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo‘yicha joylashgan bo‘lsa,
ular yulduz yoki shina bo‘lib bеmаlоl ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar
qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir birovi bilan shinali yoki halqali
bo‘lib ulanishi mumkin. Kompterlar bir chiziq bo‘yicha joylashgan bo‘lsalar,
ular yulduz yoki halqa bo‘lib ulanishi mumkin.
Boshqa gap, buning uchun kabelning kerakli yig‘indisi uzunligi qancha
bo‘lishidir.
Adabiyotda tarmoq topologiyalari to‘g‘risida gap ketsa, tarmoq
arxitekturasining har xil darajalariga tegishli to‘rt mutloqo har xil
tushunchalar o‘ylash mumkin.
Fizikkaviy topologiya (ya’ni kompyuterlarni joylanish sxemasi va kabellarni
yotqizilishi). Bu ma’noda, masalan, passiv yulduz aktiv yulduzdan hech
qanday farq qilmaydi, shu tufayli uni ko‘pincha oddiy “yulduz” deb ataladi.

Mantiq topologiyasi (ya’ni, aloqalar tuzilishi, signallarni tarmoq bo‘yicha
tarqalganish xarakteri). Bu eng to‘g‘ri topologiyani ifodalash bo‘lsa kerak.

Almashuvni boshqarish topologiyasi (ya’ni, har bir kompyuterlar orasidagi
tarmoqni o‘rab olish huquqini uzatish prinsip iva ketma-ketligi).

axboratviy topologiya (ya’ni, tarmoqdа uzatilayotgan axborot oqimining
yo‘nаlishi).
Masalan, fizikaviy va mantiqli topologiyasi bilan “shina” boshqarish usuli
sifatida tarmoqni o‘rab olish huquqi uzatish estafetasi (ya’ni, bu ma’noda
halqa bo‘lishi) va bir vaqtda bita ajratilgan kompyuter orqali barcha
axborotni uzatishdir (Bu ma’noda yulduz bo‘lish). Mаntiqli “shina”
topologiyali tarmoq “yulduz” passiv fizikli topologiyasiga ega yoki “daraxt”
(passiv) bo‘lishi mumkin.


Har qaysi fizik topologiyali, mantiq topologiyali, almashuv boshqaradigan
topologiyali tarmoq axborotli topologiya mа’nоsidа nosozliklari tarmoqni
buzilishiga mustahkamligi past bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. (ya’ni serverni).
Xuddi shunga o‘xshab har qanday tarmoq axborotli ma’noda shina deb
atalishi mumkin, agar u bir vaqtda server ham, kliyent ham bo‘lib
kompyuterlardan tuzilgan bo‘lsa, har bir boshqa shina holatida ham, bunday
tarmoq alohida kompyuterlarning nosozliklariga kam sezgirli bo‘ladi.
Kabel bo‘lmagan tizimlarda sharoit boshqacha. Ularning asosiy ustunligi
shundaki, hech qanday simlarni o‘tqazish kerak bo‘lmaydi (devorlarda
teshiklar qilish kerak emas, quvurlarda va talablarda kabelni o‘tqazish kerak
emas, uni falshpollar tagida o‘tqazish, osilgan potoloklar ustida yoki
ventiliyatsiyali shaxtalarda kabel nosozliklarni qidirish va tuzatish kerak
emas). Yana shunga o‘xshab tarmoq kompyuterlarini xona va bino
chegarasida joyini o‘zgartirish oson, chunki ular hech narsaga bog‘langan
emas.
XULOSA
Hozirgi zamon jamiyat xayotini informatsion texnologiyalarsiz tasavvur
qilish qiyin. Kompyuterlar na faqat bank tizimida, atom reaktorini nazorat
etishda quv-vatni taqsimlashda, samolyot va kosmik kemalarni
boshqarishda emas, balki maktab o‘quvchilarida, kolledj, akademik litsey
va O‘zbekistonimizdagi Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalarda bemalol
ishlatilmoqda. Hozirda kompyuter sistemalari va telekommunikatsiyalar
mamlakat mudofaa sistemasining ishonch-liligini va havfsizligini aniqlaydi,
har hil ma’lumotlarni saqlash, ishlash, iste’-molchiga yetkazish yo‘li bilan
axborot texnologiyalarni amalga oshiradi.


Hozirgi kunda kompyuter tarmog‘isiz hech qanday masalalarni Echib bo‘l-
maydi. Zamonaviy axborot texnologiyalarning juda tez rivojlanib borish
natija-sida barcha davlatlar elektron xujjat almashinuvi natijasida
shartnomalar tuz-moqdalar va barcha kelishuvlarni kompyuter tarmoqlari
orqali hal etmoq-dalar. Xar bir ma’lumot, xabar yoki axborot o‘z qiymatiga
ega bo‘la boshladi. Ya’ni o‘z vaqtida Etkazib berilmagan yoki xato va
soxtalashib qabul qilingan har qanday ma’lumot qabul qiluvchini yoki
boshqaruv tizimini no’to‘g‘ri qaror chiqarishiga olib keladi. Bularni
to‘g‘rilash esa katta moliyaviy xarajatlarga olib kelishi mumkin. Keng
kompyuterlashtirilgan va axborotlash-tirilgan zamonaviy jamiyatda real
qadriyatlarga ega bo‘lish, ularni boshqarish, qadriyatlarni uzatish va ularga
murojaat qilish ko‘pincha nomoddiy axborotlarga, ya’ni mavjud bo‘-lishi
fizik tashuvchidagi birorta yozuv bilan bog‘lanishi majburiy bo‘lmagan
axborotlarga asoslangandir. Kompyuter tizimi va tarmoqlarida axborotlar
almashinuvi darajasi oshib borayotganligi, ma’lumot-larni xilma xilligi,
ularni telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan tezligi juda
yuqori ekanligi, qabul qilayotgan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida, aniq va
to‘liq Etkazib berish jarayonida tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish vazifasi
asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Kompyuter tarmoqlarini
yigish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari uchun oquv qollanma. Toshkent, «Ilm-ziyo» 2006. 160 bet.
2. M.M. Musaev M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Kompyuter
tarmoqlarini yigish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskuna lari). Akademik litsey
va kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma. 2-nashr «Ilm-ziyo» 2009. 160
bet
3. Informatika. Darslik/Akademik S.S.Gulomov umumiy tahriri ostida.T.;
TDIU, 2007 y.-213 bet.
4. Alimov R.X, Begalov B.A., Yulchieva G.T., Alishov Sh.A. Iqtisodiyotda
axborot texnologiyalari.Oquv qollanma. T: - Sharq, 2006.-130 bet
5. Alimov R, Xodiev B, Alimov Q va boshqalar. Milliy iqtisodda axborot
tizimlari va texnologiyalari, T.: SHarq-2004. -124 bet.
6. Aktyor, Yu.E. Kompyuter tarmoqlari va telekommunikatsiyalar: o'quv
qo'llanma Yu.E. Aktyorlik. - SPb.: PVIRE KV, 2005. - 223 p.


7. Archibald, R.D. Yuqori texnologiyali dasturlar va loyihalarni boshqarish / -
M.: DMK Press, 2010. - 464 p.
8. Balafanov, E.K. Yangi axborot texnologiyalari. Informatikaning 30 ta darsi
/ E.K. Balafanov, B.B. Buriboev, A.B. Dauletqulov. - Alma-Ata.: Patriot, 2004.
- 220 p.
9. Brezgunova, I.V. Shaxsiy kompyuterning texnik va dasturiy ta'minoti.
Microsoft Windows XP operatsion tizimi / - M: RIVSH, 2011. - 164 p.
10. Bryabrin V.M. Shaxsiy kompyuter dasturlari. - M.: Nauka, 1990.22 p.
11. Velikhov A.V., Strochnikov K.S., Leontiev B.K. Kompyuter tarmoqlari:
Mahalliy va o'zaro bog'liq tarmoqlarni boshqarish bo'yicha darslik / - M:
Cognitive book-Press, 2004 - 320 b.
12. Voroyskiy, F.S. Kompyuter fanlari. Yangi tizimlashtirilgan tushuntirish
lug'ati-ma'lumotnoma
(Zamonaviy
axborot
va
telekommunikatsiya
texnologiyalariga atamalar va faktlar bo'yicha kirish) / F.S. Voroyskiy - 3-
nashr, qayta ishlangan. va qo'shing. - M.: FIZMATLIT, 2003. - 760 p.
13. Gilyarevskiy, R.S. Axborotni boshqarish. Axborot, bilim, texnologiyalarni
boshqarish - M.: Professiya, 2009. - 304 b.
14. Granichin, O. N. Menejmentdagi axborot texnologiyalari / - M.: Binom,
2011. - 336 p.
15. Guk M. Mahalliy tarmoqlarning apparati. Entsiklopediya - SPb.: Peter,
2000.-576s.
16. Dodd, A.Z. Telekommunikatsiyalar dunyosi. Texnologiyalar va sanoat
sharhi / A.Z. Dodd. - M.: Olymp-Business, 2005. - 400 p.
17. Dan Xolm, Nelson Rest, Daniel Rest. Active Directory-ni sozlash.
Windows Server 2008. O'quv kursi Microsoft - M: ruscha nashr, 2011 -
960p.
18. Zhurin A. Kompyuterda ishlash uchun o'z-o'zini ko'rsatma qo'llanmasi.
MS Windows XP. Office XP / A. Zhurin. - M.: Crown - Chop etish, 2009. - 370
p.
19. Zaika, A. Kompyuter tarmoqlari / A. Zaika, Moskva: Olma-Press, 2006. -
448 p.
20. Zacker Kreyg. Tarmoq infratuzilmasini rejalashtirish va texnik xizmat
ko'rsatish Microsoft Windows Server 2003 / - M: ruscha nashr, 2005 - 544 p.


21. Kangin, V.V. Boshqarish tizimlarining texnik va dasturiy ta'minoti / - M.:
Binom. Bilimlar laboratoriyasi, 2010 y. - 424 p.
22. Alimov R, Xodiev B, Alimov Q va boshqalar. “Milliy iqtisodda axborot
tizimlari va texnologiyalari”, T.: “SHarq”-2004. -124 bet.
23. Lutfullaev X.S., Abduғafforov A., Mirzaev N. Iqtisodiyotda axborot
texnologiyasi va tizimlari. T.:TDIU 2001-196 bet.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling