Muassis: “Sog‘lom avlod uchun”


Download 160.21 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi160.21 Kb.

Ilmiy-metodik oylik jurnal 

(“Sog‘lom avlod uchun” 

jurnali ilovasi)

Muassis: 

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali

Bosh muharrir: 

Muftillo YUSUPOV



Tahrir hay’ati:

Hidoyat OLIMOVA

(mas’ul kotib)

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA



Manzilimiz:

100000, Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon:


 233-20-72 

(faks)


, 233-18-92.

E-mail:


 jlsaumt@mail.ru

www.jlmt.uz

“Maktabgacha ta’lim”, 2014-yil, 12-son.

1992-yil yanvardan “Maktabgacha tar-

biya” nomi bilan chiqqan. O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 

1995-yil 13-aprel 127-sonli qaroriga 

asosan “Maktabgacha tarbiya” jurnali 

negizida “Sog‘lom avlod uchun” jur-

nali tashkil etilgan. 1999-yil yanvardan 

“Maktabgacha ta’lim” nomi bilan qay-

tadan chiqa boshlagan.

“Maktabgacha ta’lim” jurnali 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentli-

gi tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0100- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazil-

gan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa bo‘-



limida tayyorlandi.

Bosilayotgan  materiallardagi  ma’ lu mot-

lar, dalil va raqamlarning to‘g‘riligi u chun 

mualliflar javobgardirlar. Tahririyat nuq-

tayi nazariga mos kelmagan maqolalar 

tahlil etilmaydi va egalariga qaytarilmay-

di.

Navbatchi muharrir: 



Charos DO‘STMATOVA

Matn teruvchi: 

Sayyora SHARIPOVA

Musahhih:

Gulhayo NAIMOVA

Bosmaxonaga 2014-yil 18-dekabr kuni 

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.

Qog‘oz bichimi A-4. Qog‘oz hajmi 2,5 

bosma taboq. Nashriyot hisobida 2,4 

bosma taboq. Adadi 4330 nusxa.  

1739-bu yurtma.

“SANO-STANDART” MCHJda bosildi.

100069, Toshkent, Shiroq ko‘chasi, 100-uy.

12 (231)-son 2014-yil, dekabr



MUTAXASSIS MASLAHATI

Qobiliyat rivoji – yutuq garovi ............................................. 2



MAKTABGA TAYYORLOV

To‘g‘ri talaffuz to‘g‘ri yozuv bilan mushtarak bo‘lsa...  ........ 3



USLUBCHI KUNDALIGI

Bola va borliq o‘rtasidagi ko‘prik ......................................... 6



NAZARIYA. ILM. AMALIYOT

Aql qayrog‘i ......................................................................... 8



PSIXOLOG MINBARI

O‘yinning tarbiyaviy ta’siri ..................................................10



NAVBATDAGI MASHG‘ULOTGA

Hayvonot dunyosi bilan tanishuv ........................................13



QO‘LI GUL BOLAJON

O‘zimiz yasaymiz ................................................................15



2

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar ijodiy 

qobiliyatining namoyon bo‘lishi o‘ziga xos 

ahamiyatga ega. Binobarin, ijodiy qobiliyatli 

bola ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayo-

nini o‘zgacha bir ko‘tarinkilik asosida tashkil 

etishga erisha oladi. Ularning ta’lim-tarbiya 

jarayonida faol ishtirok etishi, ma’naviy-tarbi-

yaviy tadbirlarda ixtiyoriy qatnashishi, o‘z im-

koniyatlarini namoyon etishi uchun rag‘bat-

lantirib borish muhim sanaladi.

Respublikada amalga oshirilayotgan ta’li-

miy islohotlarda ham MTMlarda bolalar qobi-

liyatini yanada rivojlantirish ustuvor vazifa etib 

belgilangan. 

Ziyraklik, topqirlik, diqqatning to‘g‘ri taq-

simlanishi, axborotni tez qabul qilish, esda 

qoldirish, hozirjavoblik, chuqur fikr yuritish, 

keng tasavvur qobiliyatli bolalarga xos xususi-

yatlardir.

Ilm-fan yoki bilish sohasining ma’lum yo‘-

nalishlarida yuqori natijalarni qayd etish aka-

demik yutuqlarga erishishni kafolatlovchi qo-

biliyatlar sifatida e’tirof etiladi. Nutq o‘stirish, 

elementar matematik tasavvurlarni shakllanti-

rish, tasviriy faoliyatga bo‘lgan kuchli qiziqish-

ga ega tarbiyalanuvchilar ijobiy yutuqlarga eri-

shadilar. Ular o‘zlarida bir qancha sifatlarni 

namoyon etadilar.



Elementar matematik tasavvurlarni shakl-

lantirish metodikasi bo‘yicha qobiliyat:

– maktabgacha katta yoshdagi bolalarda hi-

sob-kitob, narsa-buyumlarni tartibga solishga 

katta qiziqish yuzaga keladi, yoshiga nisbatan 

matematik tushunish layoqati shakllanadi, ma-

tematik ramzlar (raqamlar va belgilar)ni oson 

anglaydi va yodda saqlab qoladi;

– vaqt hisobi va pullarni ajrata oladi;

– matematikaga aloqador bo‘lmagan mash-

g‘ulotlarda ham matematik tushuncha va ko‘-

nikmalarini ko‘rsata oladi.

Tabiat bilan tanishtirish metodikasi bo‘yi-

cha o‘zlashtirishga bo‘lgan qobiliyat:

– maktab gacha katta yoshdagi bolalar bu-

yumlar va hodisalarga nisbatan diqqat-e’tiborga;

– tabiatga oid tushuncha va bilimlarni tas-

niflash hamda tabiiy va amaliy tajribalarga nis-

batan kuchli layoqatga

– ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning sa-

bab-oqibat munosabatlarini tushuna oladigan, 

o‘ziga xos mavhum xotiraga ega bo‘ladi.

Nutq o‘stirish metodikasi bo‘yicha o‘z lash ti-

rishga bo‘lgan qobiliyat – bunday qobiliyatga 

ega bo‘lgan bolalar ramzlar, harflar va so‘zlar-

ni xotiralarida uzoq vaqt saqlay oladi, she’r 

yodlash iqtidorini namoyish etadi.

QOBILIYAT  RIVOJI  –  YUTUQ  GAROVI

MUTAXASSIS MASLAHATI



3

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

MAKTABGA TAyyorLov

1. Qish fasli. Havo juda ham sovuq edi. Ha-

lima qorbobo yasash uchun ko‘chaga chiqdi.  

Qo‘lqoplari qorligi uchun qo‘l lari muzlab qol-

di. Uyga qaytgach, Halima qo‘llarini isita bosh-

ladi:  “h-h-h-hu-hu...!”  U  qо‘llarini  qanday 

isityapti?

“H-h-h-hu-hu... ” – birinchi qanday tovush-

ni eshityapsiz? “H”.

2. “H” nima deydi?

Hakka harbiy xizmatda,

Himoyachi, zо‘r posbon!

Havodan о‘tmas pashsha,

Hatto о‘tolmas sichqon.

3. Topishmoqning javobini toping!

Pak-pakana bo‘yi bor,

Olachipor to‘ni bor,

O‘tkirgina hidi bor. 

(Handalak)

 Topishmoq javobidagi birinchi tovush qay-

si? “H”.

4. Ko‘zguga qarang va “H” tovushining ho-

sil  bo‘  lishini  kuzating.

Tovush artikulyatsiyasi

Lablar bir oz ochiq, hara-

katsiz, tishlar bir-biriga yaqin-

lashgan, lekin birikmagan, til-

ning keng qismi pastki kurak 

tishning orqasida turadi, havo 

tomoqdan qirilmay, yumshoq 

chiqadi.


“H” tovushini talaffuz qiling.

• “H” tovushini talaffuz qilganimizda havo 

to‘siqqa uchraydimi?

• Havo qayerda to‘siqqa uchraydi?

TO‘G‘RI TALAFFUZ TO‘G‘RI YOZUV  

BILAN MUSHTARAK BO‘LSA...



Iqtidorli bolalar qobiliyatining yana bir ko‘-

rinishi − bu ijodiy qobiliyat sanaladi. Ku zatuv­

chanlik, xotiraning mustahkamligi, obrazli 

tasav vur hosil qilish, ijodkorlik, mustaqil fikr-

lash, ta shabbuskorlik, yangiliklar yaratishga in-

tilish, izla nuvchanlik, o‘z-o‘zini tanqidiy ba-

holash, fantaziyaga boylik kabilar ijodiy qobi-

liyatga ega bolalarga xos sifatlardir.

Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish doimiy ravish-

da badiiy asarlarni o‘qib borish, kino, teatr, 

musiqa, hunarmandchilik va tasviriy san’at 

namunalari bilan tanishish, ularga nisbatan 

shaxsiy baho berish hamda ko‘proq tabiat 

qo‘ynida bo‘lish asosida rivojlanib boradi.

Ijodkorlik ijodiy qobiliyatga ega shaxs faoli-

yatining muhim jihati bo‘lib, u avval mavjud 

bo‘lmagan sifatiga ko‘ra yangi sanaluvchi nar-

salarni yaratishni ifodalaydi. Bolada ijodkorlik 

sifatlari muayyan shart-sharoitlar mavjud bo‘l-

gandagina rivojlanadi. Masalan, tanqid erkinli-

gi, ijodiy munozara, fikrlar almashinuvi va ular 

o‘r tasidagi o‘zaro kurash ijodiy qobiliyatni ya-

nada rivojlantirishga yordam beradi.

Shunday qilib, qobiliyatlilik ko‘pqirrali in-

dividual xislat bo‘lib, u shaxsning muayyan 

soha yo‘nalishlari bo‘yicha harakat yoki faoli-

yatni tezkor, sifatli va samarali bajara olish im-

koniyatiga egaligini ifodalaydi. Maktabga 

cha 


katta yosh dagi bolalar muayyan bilimlar bo‘yi-

cha ijodiy qobiliyatga ega bo‘lishlari bilan bir-

ga o‘z faoliyatlarini samarali, ilg‘or tashkil eta 

olishlari zarur. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi 

MTMda tarbiyalanayotgan bolalar ijodiy qobi-

liyatlarini rivojlantirishda aniq maqsad va pux-

ta asoslangan dasturga muvofiq ish ko‘rish ku-

tilgan natijalarni kafolatlaydi.

Shoista SODIQOVA,

Nizomiy nomidagi TDPU 

“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi dotsenti.

Mahliyo RAZZOQOVA,

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

2-bosqich magistri.



4

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

MAKTABGA TAyyorLov

• Demak, “H” unli tovushmi, undosh to-

vushmi?

• “H” tovushini talaffuz qilish paytida un 



paychalari titraydimi?

Eslab qoling!

“H” – undosh, jarang­

siz va sirgaluvchi tovush­

dir.

5. Rasmdagi narsalarning nomini ayting. 

“H” tovushining so‘zlardagi o‘rnini aniqlang!

Handalak

Behi

Timsoh

6. “H” tovushi ishtirok etgan so‘zlarni es-

lang va ularni ayting!

7. “Handalak” so‘zini talaffuz qiling. So‘z-

dagi unli va undosh tovushlarni ajrating.

Eslab qoling!

Sozda nechta unli bo

sa, shuncha bogin boladi.

•  “Handalak” so‘zida nechta bo‘g‘in bor? 

Nima uchun?

•  So‘zdagi birinchi bo‘g‘inni ayting.

•  So‘zdagi ikkinchi bo‘g‘inni ayting.

•  So‘zdagi uchinchi bo‘g‘inni ayting.

•  So‘zdagi undosh tovushlarni ayting.

•  So‘zdagi birinchi tovushni ayting. U ja-

rangli yoki jarangsiz tovushmi?

•  So‘zdagi ikkinchi tovush qaysi? U unli 

yoki undosh tovushmi? Nima uchun?

•  “H” tovushidan keyingi harfni nomlang. 

U unli yoki undosh tovushmi?

•  So‘zdagi to‘rtinchi tovushni ayting. U ja-

rangli yoki jarangsiz tovushmi? 

•  So‘zdagi oltinchi tovushni ayting. U unli 

yoki undosh tovushmi?

•  So‘zdagi yettinchi tovushni ayting. U ja-

rangli yoki jarangsiz tovushmi?

•  So‘zda nechta tovush bor?



8. “H” harfini yozish uchun zarur bo‘l gan 

qismlarni tanlang va uni hosil qiling.

9. Barmoqlaringiz bilan “H” harfini hosil 

qiling.

Kо‘rsatkich barmoqlarni yu­

qoriga  kо‘taramiz.  О‘rta  bar-

moqlarni egib, ular ni birlashti-

ramiz. Qolgan barmoqlarni kaft 

tomonga bukamiz. Shu on un-

dosh “H” harfini kо‘ramiz.

10. “Handalak” so‘zini qo‘l barmoqlari yor-

damida hosil qiling.

11.  “H”  harfi  ni ma lardan  ho sil  qi li n gan?

•  Rasmdan  “H”  harfiga  о‘xshash  shaklni 



toping!

12. O‘qing.

HA

HU



HO

HI

AH



UH

OH

IH



5

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

MAKTABGA TAyyorLov

Bir bo‘g‘inli so‘zlarni o‘qing va tovushlarni 

to‘g‘ri talaffuz qiling:

HOL


HOY

HID


HAR

HAM


Ikki bo‘g‘inli so‘zlarni o‘qing, bo‘g‘inlarga 

ajrating, “H” harfining so‘zdagi o‘rnini aniq-

lang: 

Ha-vo


Ha-vas

Hav-za


Hov-li

Sah-ro


Hay-kal

Hay-ron


Hu-mo

Tim-soh


Lo-has

Mo-hir


Hu-nar

Ha-lol


Has-sa

Huj-jat


Uch bo‘g‘inli so‘zlarni o‘qing, bo‘g‘inlarga 

ajrating. “H” harfining so‘zdagi o‘rnini aniq -

lang:

Hay-vo-not

Hi-lo-la

Han-da-lak

Mah-su-lot

Ma-ho-rat

Ma-hal-la

To‘rt bo‘g‘inli so‘zlarni o‘qing, bo‘g‘inlarga 

ajrating. “H” harfining so‘zdagi o‘rnini aniq -

lang:

Ho-sil-dor-lik

Mah-ma-do-na

Hi-lo-la ti-kuv-chi-lik-ni o-na-si-dan o‘r-

gan-gan. U ju-da chi-roy-li ti-ka-di. Mah-

mud ham o-ta-si-dan zar-gar-lik hu-na-ri-ni 

o‘r-gan-gan. U a-jo-yib zar-gar-lik bu-yum-

la-ri-ni ya-say-di. 



Maqollar:

1.  Hu-nar, hu-nar-dan riz-qing u-nar.

2.  Ha-ra-kat, ha-ra-kat-da ba-ra-kat.

13. Rebusni yeching va hosil bo‘lgan so‘zni 

ayting. Hosil bo‘lgan so‘zdan gap tuzing.

MAKKA


14. “H” harfini sanoq cho‘plaridan hosil qi-

ling.

 

15. Nuqtalarni birlashtiring va harfning no-



mini ayting.

16. “H” harfini to‘ldirib yozing.

17. Daftar kataklariga bir qator “H” harfini 

yozing. 

18. Hosil bo‘lgan “H” harfini bo‘yang.

Hh

Mukarram AYUPOVA, 

Nizomiy nomidagi TDPU professori, 

pedagogika fanlari nomzodi.

Shahnoza ARIPOVA, 

katta ilmiy xodim-izlanuvchi.



6

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

USLUBCHI KUndALIGI

BOLA VA BORLIQ   

O‘RTASIDAGI KO‘PRIK

Jamiyatning ma’naviy takomili unda amal-

ga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining maz-

muni, shakl va mohiyatiga bog‘liqdir. Shu bo-

isdan ham maktabgacha yoshdagi bolalarning 

ma’naviy tasavvurlarini shakllantirish borasida 

MTMda qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

O‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning 

har tomonlama rivojlanishida muhim vosita, 

ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. 

Ushbu jarayonda bola shaxsi faoliyat subyekti 

sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davr-

lardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixo-

loglar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va 

madaniyat arboblari diqqatini o‘ziga qaratib 

kelgan.


O‘rta Osiyo madaniyati tarixiga nazar sol-

sak, oilada farzand tarbiyasiga juda katta e’ti-

bor qaratilgan. Mashhur allomalardan Abu 

Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali 

ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy-

lar o‘z asarlarida farzand tarbiyasi xususida fikr 

yuritganlar. Xalq pedagogikasini o‘rganish da-

vomida olimlarning farzand ta’lim-tarbiyasi va 

odob-axloqqa oid asarlarida bolalarni tarbiya-

lashda eng ta’sirchan uslub – o‘yin shaklidan 

juda keng foydalanilganligini ko‘ramiz.

O‘tmish pedagog olimlaridan P. F. Lesgaft, 

K. D. Ushinskiy tomonidan o‘yin nazariyasi ish­

lab chiqilgan. K. D. Ushinskiy o‘yinning meh-

nat jarayoni asosida paydo bo‘lganligi va uning 

yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi 

roli, o‘yin mazmunining bola shaxsini shakl-

lantirishdagi ahamiyatini asoslab berdi.

Rus olimlari san’atning kelib chiqishini tad-

 qiq qilish jarayonida bolalar o‘yinlariga e’tibor 

qiladilar. Ularning fikricha, kishilik tarixida 

o‘yinlar san’at kabi mehnat paydo bo‘l gandan 

so‘ng va uning asosida vujudga kelgan.

P. F. Lesgaft “Bola dastlabki o‘yinida teva-

rak-atrofdagi voqea-hodisalarga taqlid qiladi, 

o‘yin ijtimoiy voqelikni aks ettiradi”, – deb 

izohlagan edi.

Buyuk psixolog D. V. Elkonin o‘yinning 

kelib chiqishiga oid yangi g‘oyani ilgari suradi. 

Jamiyatning dastlabki taraqqiyoti paytidayoq 

bolalarning kattalar hayoti va mehnatida ishti-

rok etishlari uchun qulay o‘yinchoq – mehnat 

qurollari ishlab chiqilgan. O‘yinchoq-qurollar 

vujudga kelishi natijasida rolli o‘yinlar paydo 

bo‘ladi. D. V. Elkonin kattalar mehnatida ish-

tirok etish orqali bolada mehnat qilishga inti-

lish hissini uyg‘otish zarurligi g‘oyasini ilgari 

surgan.


Bolada o‘yinlar orqali ijtimoiy foydali, ya’-

ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mum-

kin. O‘yin jarayonida ularning bar cha shaxsiy 

xislatlari, qiziqishlari, atrof-muhitga bo‘lgan 

munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Mak-

tabgacha yoshdagi bolalar odatda yolg‘iz 

o‘ynaydi. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar 

orqali bu yoshdagi bola o‘zining idrok, xotira, 

tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini 

rivojlantiradi. Sujetli-rolli o‘yinlarda bola aso-

san, o‘zi har kuni ko‘rib kuzatayotgan katta-

larning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Ma’lum 

rollarga bo‘lingan jamoaviy o‘yin faoliyati bo-

lalardan qoidalarga qat’iy bo‘ysunishni talab 

qiladi. Chunki bunday o‘yinlar bolada xush-

muomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizom-

ga bo‘ysunish kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalay-

di, bu esa kichkintoylarning ma’naviy tasav-

vurlari shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Boladagi ma’naviy tasavvurlarning maktab-

gacha yosh davrida shakllanish jarayonini uch-

ta davrga bo‘lish mumkin:

– 3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan davr – 

emotsional o‘zini-o‘zi muvofiqlashtirishning 

mustahkamlanishi bilan bog‘liq;

– 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr – 

ma’naviy o‘zini-o‘zi muvofiqlashtirish bilan 

xa rak terlanadi;

– 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan davr – 

bolalarda shaxsiy ishchanlik sifatlarining shakl-

lanishi ustun bo‘ladi.


7

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

USLUBCHI KUndALIGI

Milliy xalq o‘yinlari ikki guruhga bo‘linadi: 

1. Milliy harakatli o‘yinlar.

2. Xalq milliy o‘yinlari.

Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari ham-

da xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo‘lib, 

ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda 

rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. 

Bunday o‘yinlar bolalarning jismonan baquv-

vat, sog‘lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, udda-

buron bo‘lib o‘sishlarida muhim omil bo‘lib 

hisoblanadi. 

Milliy xalq o‘yinlarida millatning o‘tmish 

tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishining 

xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari 

jamlangandir.

Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalarni ma’na-

viy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab 

borish jarayonida ularda o‘z Vatanini sevish,  

buyuk ajdodlarimiz merosini hurmat qilish, 

milliy kuy va qo‘ shiqlardan zavqlanish tuy g‘u-

lari,  shu ning dek,  chi damlilik,  sabr-toqatlilik, 

tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar 

shakllanib boradi.

Xalq milliy o‘yinlarini maktabgacha ta’lim 

muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifa-

lar amalga oshirilishi lozim:

– xalq milliy o‘yinlarining turlari va ularni 

tashkil etish yo‘llari, usullari hamda uslublarini 

ishlab chiqish;

– milliy o‘yinlarni tashkil etishda ma’naviy 

qadriyatlar va urf-odatlarimizni kundalik ha-

yot jarayoniga singdirib borish;

– maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy 

istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o‘yin-

laridan maqsadli foydalanish;

– xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdo-

nalaridan unumli foydalanish;

– bolalarning o‘ynashlari uchun shart-sha-

roit (o‘yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;

– maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va 

mahallalar o‘rtasida milliy o‘yinlar bo‘yicha 

ko‘rik tanlovlar va musobaqalar o‘tkazish.

Milliy harakatli o‘yinlar bolalarning yosh 

xususiyatlariga, o‘yindagi harakatlar rivojiga 

qarab takomillashib boradi.

Umuman, o‘zbek xalq milliy o‘yinlari kela-

jagimiz bo‘lgan yosh avlodni xalqparvarlik va 

vatanparvarlik, rostgo‘ylik va to‘g‘rilik, meh-

natsevarlik va kamtarlik ruhida tarbiyalashda 

katta xizmat qiladi.

O‘zbek milliy o‘yinlari bolalar sog‘ligiga, 

umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish va saq-

lashga, vatanparvarlik, o‘rtoqlik va do‘stlikni, 

milliy urf-odatlarimizni qadrlashga o‘rgatadi.

Ma’naviy tasavvurlar bolalarda darhol va 

osonlikcha shakllanmaydi. Ularning shaklla-

nishi jamiyatdagi asosiy o‘zgarishlar, bola tar-

biyalanadigan ma’lum muhit va unda qabul 

qilingan qadriyatlar, rasm-rusumlar, an’ana-

lar, oiladagi bolalar soni, ota-onaning ma’lu-

mot darajasi, ularning oiladagi obro‘si, mavqe-

yiga bog‘liq. Masalan, oila, ota-ona, ota-bola 

va boshqa munosabatlar, turli toifali kishilar 

haqidagi fikrlar ko‘plab marta qaytarilishi va 

avloddan avlodga o‘tishi tufayli stereotip ta-

savvurlar hosil bo‘ladiki, ular oxir-oqibat mil-

liy, irqiy, professional, madaniy, oila borasida-

gi stereotiplarning saqlanishiga sabab bo‘ladi. 

Ana shunday stereotiplar mazmunan bolalar 

o‘yinlariga ham ko‘chadi va ushbu faoliyat ja-

rayonida namoyon bo‘ladi. 

Maktabgacha pedagogikada o‘yin nazariya-

si ijtimoiy faoliyat hisoblanib, mehnatning ta-

rixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘lgan. O‘yin 

doimo hayotni aks ettiradi. Shuning uchun 

uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o‘zgarib tu-

radi. O‘yin – maqsadga qaratilgan, o‘ylangan 

jarayondir. O‘yin jarayoni asosida o‘quv faoli-

yati rivojlanadi. Bola yoshligida qancha ko‘p 

o‘ynasa, bu maktabda yaxshi o‘qishiga va ke-

yinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘r-

satadi.

O‘yinlarning mazmuni bevosita bola shax-



si, ongidagi ijtimoiy tasavvurlar natijasida in’-

ikos topadi, ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy borliq 

mazmunini individual borliq bilan bog‘lovchi 

ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Maktabgacha taraqqiyot davri ma’naviy ta-

savvurlar hamda turli axloq normalarini o‘z-

lashtirish uchun senzitiv davr bo‘lganligi sa-

babli o‘yinlar muhim tarbiyalovchi omil hisob-

lanadi.

Kamola RAHIMOVA,



Farg‘ona davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi  

dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi.

Go‘zal YUNUSOVA,

Farg‘ona viloyati PKQTMOI “Ta’limda pedagogik,  

psixologik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish”  

kafedrasi o‘qituvchisi.



8

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

nAZArIyA. ILM. AMALIyoT

4-MASHG‘ULOT

Fazoviy tasavvur

Qog‘oz varag‘ida turli narsalarning vaziyatini  

aniqlash bo‘yicha mashqlar

Maqsad:

 bolalarning fazoviy tasavvurlarini 

kengaytirish, narsalarning vaziyatini aniqlash 

malakasini mustahkamlash.



Kerakli jihozlar:

 har bir bolaga katakli qo-

g‘oz va ruchka.

Mashg‘ulotning borishi:

TARBIYACHI: – Bolalar, bizning atrofi-

mizda turli narsalar joylashgan. Bu narsalar 

qaysi tomonimizda joylashganini bilib olishi-

miz zarur. Hayotda turli vaziyatlarga duch ke-

lib qolishimiz mumkin. Agar biz o‘ng, chap, 

yuqori, pastni yaxshi bilib olsak, qiyin vaziyat-

larga tushib qolmaymiz.

Sizlarga bir voqeani hikoya qilib beraymi? 



Bolalar javobi.

− Lolaxon degan qiz bor ekan. U buvisini-

kiga mehmonga boribdi. Buvisi Lolaxonni ko‘-

rib  sevinib  ketibdi.  Kunlarning  birida  buvisi 

Lolaxonni cha qirib: “Qizginam, mana bu ko-

sani o‘ng tomondagi qo‘shninikiga berib 

chiqqin”, – debdi. Lolaxon hayron bo‘lib tur-

gan ekan, buvisi: “Darvozadan chiqib o‘ngga 

burilasan”, – deya tushuntiribdi. Lolaxon 

bo‘lsa o‘ng va chapni bilmas ekan. U chap to-

mondagi qo‘shniga kosani berib chiqibdi. Bir 

ozdan so‘ng chap tomondagi qo‘shni: “Bu ko-

sani nima uchun bizga berib yubordingiz, bu 

bizning kosamiz emas”, – deb kosani buvisiga 

qaytarib olib chiqib beribdi. Lolaxon buvisi va 

qo‘shni oldida uyalib qolibdi. Keyin buvisi Lo-

laxonga o‘ng va chap tomonlarni yaxshilab 

tushuntirib qo‘yibdi. 

– Bolalar, hozir sizlar bilan qog‘oz va-

rag‘idagi narsalarning qaysi tomonda turganligini 

mashq lar yordamida o‘rganamiz. Mana, qog‘oz 

doskada ilingan holatda turibdi. Doskadagi qo-

g‘oz ning  o‘rtasiga  doira  shaklini  chizaman  − 

bu favvora. Favvoraning o‘ng tomoniga archa 

daraxtining, chap tomoniga esa uychaning tas-

virini chizaman. Favvoradan yuqoriga mashi-

na, pastga esa aravacha chizdim. Hozir arava-

cha bilan mashinani favvora atrofida qanday 

yurgizishimiz mumkinligini aniqlaymiz. Ma-

shina uchun chap tomondan yo‘l belgilaymiz. 

Lekin mashina favvoraga nisbatan chap to-

monga yuradi. Aravacha esa o‘ng tomonga yu-

radi.

Bolalar uchun amaliy ish.

Har bir bolaning oldiga katak qog‘oz va 

ruch ka qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalarga oldilari-

dagi qog‘ozning o‘rtasini qanday topish mum-

kinligini tushuntiradi. Bolalar qog‘oz o‘rtasida-

gi to‘rtta katakka oldin kvadratni, keyin bu 

kvadratlar ichiga doirani chizadilar. Tarbiyachi 

qog‘ozda tasvirlangan shakllarni aytib turadi, 

bolalar chizadilar. Bolalar shakllarni chizish 

paytida qog‘ozdagi kataklarni sanab olishlari 

kerak. 

Tarbiyachi bolalarning ishini kuzatib boradi 

va qiynalgan bolalarga yordam beradi.

Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: 

“Parovoz” 

Bolalar ikki guruhga bo‘linib, 2 qator bo‘lib 

turadilar va bir-birlarining tirsaklaridan ushlab 

2 ta parovoz holatiga keladilar va tarbiyachi-

ning ishorasini kutadilar.

O‘yinning borishi:

 Bolalar tarbiyachining 

isho rasi bo‘yicha harakat qiladilar. Tarbiyachi 

“Parovoz oldinga, o‘ngga, chapga...” kabi 

isho ralarni  aytib turadi. 

(Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 

shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmasi)


9

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

nAZArIyA. ILM. AMALIyoT

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkam-

lash uchun savollar:

1. Sizning o‘ng tomoningizda kim bor?

2. Chap tomoningizda-chi?

3. Sizning oldingizda nima bor?

4. Sizning orqangizda nima bor ?

5. Daftar varag‘ining o‘rtasini ko‘rsating. 

6. Daftar varag‘ining chap va o‘ng tomoni-

ni ko‘rsating.

7.  Daftar varag‘ining yuqori va pastini ko‘r-

sating. 


Tarbiyachi  mashg‘ulot  davomida  bolalarni 

rag‘batlantirib boradi.

5-MASHG‘ULOT

Son va sanoq

10 gacha bo‘lgan sonlarning ketma-ketligini aniqlash

Maqsad:

 bolalarda 10 gacha bo‘lgan sonlar 

ketma-ketligi haqida tasavvur hosil qilish.

Kerakli jihozlar:

 koptok. Stol teatri asosida: 

bola, mushuk, tovuq, jo‘jalar (10 ta), tuxum 

shakli (10 ta).

•  1 dan 10 gacha raqam yozilgan oval shak-

li (har bir bolaga 10 ta);

•  1 dan 10 gacha raqam yozilgan jo‘ja tas-

viri (har bir bolaga 10 ta);

•  1 dan 10 gacha raqam yozilgan kartoch-

kalar (2 to‘plam).



Mashg‘ulotning borishi:

TARBIYACHI: – Bolalar, biz avvalgi mash-

g‘ulotlarimizdan birida 1 dan 10 gacha bo‘lgan 

sonlarni tartib bilan va teskari sanashni o‘rgan-

gan edik. Hozir doira bo‘lib o‘tirib olamiz va 

o‘tirgan holatda koptokni qo‘lma-qo‘l uzata-

miz. Birinchi bola 1 sonini aytib, ikkinchi bo-

laga koptokni beradi, ikkinchi bola 2 sonini 

aytib, uchinchi bolaga koptokni beradi va shu 

tartibda 10 ta bola sonlarni tartib bilan aytib 

chiqadi. O‘n birinchi bola 10 sonini aytib kop-

tokni o‘n ikkinchi bolaga beradi, o‘n ikkinchi 

bola 9 sonini aytib o‘n uchinchi bolaga beradi 

va shu tartibda 10 ta bola 10 dan 1 gacha 

bo‘lgan sonlarni teskari aytib chiqadi.

Bolajonlar, bugun sizlarga ertak aytib bera-

man. 


– Akmaljon ismli bir bola bo‘lib, u uy hay-

vonlarini judayam yaxshi ko‘rar ekan. Ak-

maljonning Baroqvoy laqabli mushugi ham bor 

ekan. Bir kuni Akmaljon 10 ta tuxumni jo‘ja 

ochirish uchun tovug‘iga bostirib qo‘yibdi. To-

vuq tuxumlarni asrab-avaylabdi. Baroqvoy 

jo‘jalar qachon tuxumdan chiqar ekan, deb har 

kuni poylar ekan. Nihoyat, jo‘jalar birin-ketin 

tuxumlarni ochib chiqa boshlabdi. 10 kun da-

vomida har kun bittadan jo‘ja tuxumni ochib 

chiqibdi. 

 

Akmaljon 1-kuni tuxumdan chiqqan jo‘jaga 



1 raqamini, 2-kuni chiqqan jo‘jaga 2 raqamini, 

3-kuni chiqqan jo‘jaga 3 raqamini va nihoyat 

10-kuni chiqqan jo‘jaga 10 raqamini yozib 

qo‘yibdi. 

– Qani bolajonlar, o‘ylab ko‘ringlar-chi, 

nega Akmaljon jo‘jalarga raqam yozib qo‘ydi 

ekan? Chunki Akmaljon oldin qaysi jo‘ja, ke-

yin qaysi jo‘ja tuxumni ochib chiqqani, ya’ni 

jo‘jalarning qaysi biri akasi yoki ukasi ekanligi-

ni belgilab qo‘ymoqchi bo‘libdi. Akmaljonning 

bu ishini Baroqvoy har kuni kuzatib boribdi va 

u ham jo‘jalarning qaysi biri oldin, qaysi biri 

keyin tuxumdan chiqqanligini raqamlari orqali 

bilib olibdi. Tovuq har kuni jo‘jalarini hovlida 

aylantirib yurar ekan. Baroqvoy esa panada 

ularni poylab yotar, har kuni jo‘jalarni sanar 

ekan: 

– Oldin qaysi tuxumdan chiqqan edi? Ha, 



ana 1-raqamlisi, keyin 2-raqamlisi. 4-ra qam -

lidan oldin qaysi raqamli tuxumdan chiq qan 

edi? Ana topdim, u jo‘ja 3-raqamli edi. 

Baroqvoy jo‘jalarning qaysi biri oldin va 

qaysi biri keyin dunyoga kelganini aniqlash bi-

lan ovora bo‘lib, ularga mehri tushib qolibdi. 

Natijada ularni yeyishni xayoliga ham keltir-

may qo‘yibdi. Hovlida Akmaljon, Baroqvoy, 

tovuq va jo‘jalar bir-birlari bilan ahil bo‘lib 


10

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

PSIXoLoG MInBArI

o‘ynashar, ba’zida Akmaljon bilan Baroqvoy 

jo‘jalarning qaysi biri akasi yoki ukasi ekanligi 

haqida bahslashar ekanlar.

Kelinglar,  bolajonlar,  biz  ham  ularning 

bahslariga qo‘shilamiz.



Bolalar uchun amaliy ish.

Bolalar quticha ichidan 1 dan 10 gacha 

raqam yozilgan 10 ta tuxum shakli (oval)ni 

olib, tartib bilan teradilar. Oldin qaysi raqamli 

jo‘ja, keyin qaysi raqamli jo‘ja tuxumdan 

chiqishini aytib beradilar. Keyin 1 dan 10 ga­

cha raqam yozilgan jo‘jalarni tuxumlarning us-

tiga qo‘yib chiqadilar.



Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: 

“Qo‘shni sonlarni ko‘rsating va ayting”

Tarbiyachi 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar-

dan bittasini ko‘rsatadi. Bo 

lalar ko‘rsatilgan 

sonning qo‘shnilarini ko‘rsatishlari kerak. Ma-

salan: tarbiyachi 5 sonini ko‘rsatsa, bolalar 4 va 

6 sonini ko‘rsa tishlari kerak. Tarbiyachi qaysi 

boladan so‘rasa, o‘sha bola 5 dan ol din va ke-

yin qaysi sonlar kelishini aytadi.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkam-

lash uchun savollar:

1.  Akmaljonning nechta jo‘jasi bor ekan?

2. Dastlab tuxumdan chiqqan jo‘janing 

raqami necha edi?

3. Eng oxirida tuxumdan chiqqan jo‘janing 

raqami-chi?

4. 3 sonidan oldingi va keyingi sonlarni ay-

ting.


5. 6 sonidan oldingi va keyingi sonlarni ay-

ting.


6. 8 sonidan oldingi va keyingi sonlarni ay-

ting.


Tarbiyachi  mashg‘ulot  davomida  bolalarni 

rag‘batlantirib boradi.

Zulxumor RAHMONQULOVA,

MTMXQTMORO‘MM bo‘lim boshlig‘i.

O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarda ye-

takchi faoliyat turi sifatida ijtimoiy tajribalarni 

o‘zlashtirish va qayta tahlil qilish bilan birga, 

shaxs xulq-atvorining shakllanishiga imkon be-

radi. Psixologlarning ta’kidlashicha, o‘yinga 

kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog‘liq 

emas. O‘yin faoliyati muayyan vazifalarni baja-

rishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular quyidagilar-

dan iborat:

– maftunkorlik;

– kommunikativlik; 

– o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish; 

– millatlararo  muloqot; 

– ijtimoiylashuv. 

Pedagogik o‘yinlarning asosiy yo‘ nalishlari 

quyidagilar:

– didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida 

qo‘yiladi;

– o‘quv faoliyati o‘yin maqsadlariga bo‘ysu-

nadi;

– o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida 



foydalaniladi;

– o‘quv jarayoniga didaktik vazifa qo‘yiladi;

– musobaqalashish jarayonlari yuzaga keladi;

– didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajari-

lishi o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.

 Ta’limiy o‘yinlar bolalarda beixtiyor eslab 

qolish jarayonlarini faollashtiradi, bilish faoli-

yatiga qiziqishini oshiradi, mustaqil mehnat 

qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.Tarbiyachilar 

didaktik o‘yinlarni tashkil qilishda muayyan 

pedagogik omillarni ham hisob ga olishi, ya’ni 

tarbiyalanuvchilarga o‘yinning mohiyati, maz-

muni, bosqichlari va natijasini to‘la tushunti-

rishlari, ularning navbatdagi o‘yin faoliyatiga 

shaxsan qiziqish bilan ijobiy munosabatda 

bo‘lishlari uchun zarur bilim, ko‘nikma va ma-

lakalarini safarbar etishlari kerak bo‘ladi. 

Didaktik o‘yinlar bolalarning mustaqil fao-

liyatida amalga oshirilsa ham, tarbiyachining 

kuzatuvi yoki boshqaruvi asosida bo‘lishi lo-

zim. Bunday o‘yinlar qiziqarli bo‘lib, ushbu 

jarayonda bolalardan aqliy faoliyat yuritish ta-

lab qilinadi. Shuningdek, bolalarni o‘yin qoi-


11

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

PSIXoLoG MInBArI

dalariga rioya qilish, diqqatni to‘g‘ri taqsim-

lash, o‘ylash va fikrlashga yo‘naltiradi. Shuning 

uchun didaktik o‘yinlarni kunning qaysi qismi-

da o‘ynashni aniqlab olish zarur. Buning 

uchun tarbiyachi har bir bolaning aqliy daraja-

sini puxta bilishi kerak. Didaktik o‘yinlar mash-

g‘ulot turi yoki o‘tkaziladigan boshqa tadbir-

larning mazmuniga mos ravishda tanlanishi 

lozim. Ertalabki soatda bolalar harakatli o‘yin-

lar bilan shug‘ullanishlari mumkin. Mash-

g‘ulotdan keyin sayr vaqtida ham harakatli 

yoki rolli o‘yinlarni o‘ynashlari, kichkintoylar 

harakatli o‘yinlarda toliqsa didaktik o‘yinlar, 

ya’ni aqliy faoliyatga yo‘naltiradigan o‘yinlar 

tashkil etiladi. 

Mustaqil didaktik o‘yinlarning eng qulay 

payti tushki uyqudan keyingi vaqt hisoblanadi. 

Bu vaqtda bolalar faol va dadil bo‘ladilar. Yan-

gi didaktik o‘yinlar yoki tanish bo‘lgan o‘yin-

larni o‘ynash bolalar uchun juda qiziqarli 

bo‘ladi. O‘yin vaqtida tarbiyachi diqqat bilan 

bolalar faoliyatini kuzatishi, o‘yin qoidasiga ri-

oya qilinishini nazorat qilib turishi kerak. Tar-

biyachi mustaqil o‘yinlarni tash 

kil etishda 

 

ularga mustaqil o‘yin faoliyati degan nuqtayi 



nazar yoki ko‘ngil ochish o‘yini sifatida yon-

dashishi kerak emas. 

U o‘yinning maqsadidan kelib chiqib, qaysi 

bolaga alohida e’tibor qaratish lozimligi, ijobiy 

shaxsiy fazilatlar, o‘rtoqlariga yordam berish, 

yaxshilik qilishga moyillik kabi tarbiyaviy jihat-

larni bolalarning individual xususiyatiga qarab 

aniqlab olishi lozim. Bunda tarbiyachi o‘yin-

larning turiga qarab bolalarga tanish bo‘lganla-

rini ajratib olishi, kerakli buyumlarni tayyor-

lashi lozim (masalan: mevalar, sabzavotlar, hay-

vonlarning rasmi, o‘yinchoqlar).

Kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bola-

lardan kim qanday didaktik o‘yin o‘ynashni 

xohlashini so‘rashi mumkin. Masalan: “Maza-

siga qarab top” yoki “Qaysi o‘yinchoq yo‘qol-

di?”, “Sehrli xaltacha” singari bolalar yaxshi 

biladigan didaktik o‘yinlarni o‘ynashni taklif 

qiladi. O‘yin o‘ynaydigan kichik guruhlarni 

shakllantirib bo‘lgach (ular ikki, uch, to‘rt gu-

ruh bo‘lishi mumkin), ular ichidan boshqa bo-

lalarni o‘yinga jalb eta oladigan bolani guruh 

sardori qilib saylab oladi. Agar o‘yin aniq rol 

bajarish bilan bog‘liq bo‘lsa, tarbiyachi kich-

kintoylarga oddiy hayotiy vaziyatlarda atrofi-

dagilarga yaxshi munosabatda bo‘la olmaydi-

gan bolalarga rol berishni tavsiya qiladi. 

Mustaqil didaktik o‘yinda har bir bola ta’li-

miy vazifalarni amalga oshiradi va o‘z qarash-

lari asosida o‘yindagi rollarni bajaradi. Bola 

o‘yin vaqtida bilimi, maqsadga eri shishda mus-

taqillik, qiyinchiliklarni yengish ko‘nikmasi, 

o‘yinga o‘rtoqlarini qiziqtirish, o‘z xohish-istak-

larini boshqalar istaklariga moslashtirish, agar 

o‘rtoqlari xohlasa ularga ham imkon berish ma-

lakasiga ega bo‘ladi. Agar kichkintoyda yuqori-

dagi bilim va ko‘nikmalar yo‘q bo‘lsa, ularni 

tarbiyalash lozim. 

Tarbiyachi uddaburonlik bilan didaktik 

o‘yinga rahbarlik qilsa, barcha bolalarda ijobiy 

shaxsiy fazilatlar shakllanadi. Mustaqil o‘yin 

yoki didaktik o‘yinlar o‘tilgan mashg‘ulot mav-

zusi bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Mustaqil o‘yin 

faoliyatida bolalar olgan bilimlarini o‘z atrofi-

dagi voqea-hodisalarga nisbatan va hayotiy taj-

ribasida qo‘llashi mumkin. O‘yinlar bolalarni o‘y-

lashga, eslashga, aqliy qobiliyatini rivojlantirish-

ga undaydi. K. D. Ushinskiy fikri cha, olgan bi­

limlarni takrorlashda didaktik o‘yinlarning aha-

miyati katta. O‘yin davomida bolalar o‘zi uchun 

olgan bilimlarini mustahkamlaydi va qo‘llashni 

o‘rganadi. Barcha didaktik o‘yinlar kichkin-

toylarning zaruriy bilimlarni olishiga yo‘nalti-

rilgan. Bolalarda zaruriy bilimlar yetarli bo‘l-

ma sa, tarbiyachi bolalarga o‘rgatadi. Shunday 

ekan, didaktik o‘yinlar bolalarning yosh xusu-

siyati va “Bolajon” dasturi asosida tanlab oli-

nishi va ularning qiziqishlarini qondirishi lo-

zim. 

Mustaqil didaktik o‘yinlar uchun o‘yinni va 



o‘yinchoqlarni to‘g‘ri tanlash zarur. Har bir 

guruhda o‘yin va o‘yinchoqlar (turli  o‘lcham-



dagi qo‘g‘ir choqlar, kiyimlar, uy jihozlari, idish-

tovoq,  uy-ro‘zg‘or  buyumlari,  telefon,  radio, 

mehnat qurollari, transport turlari, qush va par-

randalarning  mulyajlari) yetarli bo‘lishini ta’-

minlash lozim. Didaktik o‘yinlar uchun tabiiy 

materiallar, tabiat haqida, oila, atrof-muhit, 

shahar va qishloq, insonlar hayoti va faoliyati 

aks ettirilgan, shuningdek quruqlik, suv va ha-

voda yuradigan transport vositalari, kiyim-ke-



12

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

PSIXoLoG MInBArI

chaklar, uy va yovvoyi hayvonlar, meva va sab-

zavotlar rasmi bo‘lishi, rasmlar bilan birga mo-

zaika, turli o‘lchamdagi kubiklar, bayroqcha-

lar, uycha shakllari kerak bo‘ladi. 

Barcha o‘yinchoq va materiallar har xil 

rang va o‘lchamda bo‘lishi, didaktik o‘yin va 

o‘yinchoqlar shunday joylashtirilishi lozimki, 

barcha bolalalar ularni qayerdan olishi mum-

kinligini bilsin. Bu kichkintoylarni tartibli va 

intizomli bo‘lishga o‘rgatadi. Mustaqil didaktik 

o‘yinlar har bir yosh guruhida turlicha o‘tkazi-

ladi. Kichik guruh bolalari mustaqil o‘yin o‘y­

nay olmaydilar, tarbiyachi ularning o‘yin ni o‘z -

lashtirishlariga yordam beradi. 

Masalan: polga ikki xil rangda darvoza 

qo‘yadi (qizil va ko‘k rangda), stol ustiga har 

xil rangdagi shar 

chalar qo‘yiladi, tarbiyachi 

bolalardan sharchalarni darvozaga kiritishni so‘-

 

raydi. O‘yin boshida bolalar xohlaganlaricha 



sharchalarni darvozalarga kiritishadi. Keyin qi-

zil sharchalarni qizil darvozaga, ko‘k ranglilari-

ni esa ko‘k darvozaga kiritishlarini aytadi. Tar-

biyachi o‘yin davomida topshiriqlarni murak-

kablashtirishi mumkin, masalan, sharchalarni 

chap qo‘lda, so‘ng o‘ng qo‘lda harakatlantirish-

larini so‘raydi va darvoza masofasini uzoqroq 

qo‘yadi. Agar ba’zi bolalar qoidani bajarishda 

qiynalsalar, bir-birlariga sharchani dumalatish-

larini so‘raydi. Bunda tarbiyachi bolalar faoli-

yatini didaktik vazifa sifatida ranglarni farqlash 

va ular haqidagi bilimlarini mustahkamlashga 

yo‘naltiradi. Bir vaqtning o‘zida bolalarda qo‘l 

muskul harakati, to‘g‘ri mo‘ljal olish rivojlan-

tiriladi. Tarbiyachi bolalarda sensorikani rivoj-

lantirish va ranglar haqidagi bilimlarni mustah-

kamlashga yo‘naltirilgan “Juftingni top” o‘yini-

ni quyidagicha o‘tkazishi mum kin: 

– har bir bolaning qo‘liga turli rangdagi 

bog‘ich bilakuzukday bog‘lab qo‘yiladi; 

– bolalar tarbiyachi ishorasiga ko‘ra hara-

katlanadilar va to‘xtaydilar; 

– ular aylana shaklida shunday turishlari 

kerakki, yonidagi sherigining qo‘lidagi bog‘ich 

rangi o‘z bog‘ichlari rangi bilan bir xil bo‘lishi 

kerak;


– o‘yin davomida xatoliklar bo‘lishi mum-

kin, biroq bir necha marotaba o‘ynaganlaridan 

so‘ng kichkintoylar o‘z xatolarini tuzatadilar.

Keyin bolalar mustaqil o‘ynashlari, qo‘lla-

riga bog‘langan bog‘ichni almashtirishlari ham 

mumkin. 


Tarmiza XURVALIYEVA, 

TVPKQTMOI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim”

kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.


13

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

nAvBATdAGI MASHG‘ULoTGA

Maqsad:

 bolalarning atrof-muhitda ro‘y bera-

yotgan hodisalarga, hayvonot olamiga nisbatan 

qiziqishlarini oshirish. Ularni mehr-oqibatli bo‘-

lishga o‘rgatib borish. Nutq boyligini rivojlan-

tirish.


TARBIYACHI:

 – Bolalar, sizlar bilan bugun uy 

hayvonlari va yovvoyi hayvonlar haqida suh-

batlashamiz. Uy hayvonlari va yovvoyi hay-

vonlarni bir-biridan farqlashni o‘rganamiz. Uy 

hayvonlariga nimalar kiradi?

BOLALAR:

 – Sigir, ot, qo‘y, mushuk, it...

TARBIYACHI:

 – Barakalla, bolalar. Yovvoyi 

hayvonlarga nimalar kiradi?

BOLALAR:


 – Ayiq, tulki, yo‘lbars, bo‘ri...

TARBIYACHI:

 – Judayam to‘g‘ri, bolalar. Uy 

hayvonlari yovvoyi hayvonlar bilan birga ya-

shasa bo‘ladimi?

BOLALAR:


 – Yo‘q.

TARBIYACHI:

 – To‘g‘ri. Yovvoyi hayvonlar 

o‘rmonda, dala-dashtda yashaydi. Ularning 

ko‘pi yirtqich hayvonlar. Lekin ular orasida 

kemiruvchilari ham bor. Masalan, quyon. Qu-

loq soling, hozir uy hamda yovvoyi hayvonlar 

haqida gapirib beraman. Bilasiz-a, bahorda 

hayvonlar qish uyqusidan uyg‘onadi. Tabiat 

yam-yashil bo‘lib, daraxtlar barg chiqarib, 

ko‘m-ko‘k o‘tlar o‘sib chiqadi. Mana shu o‘sib 

turgan o‘tlardan sigirga, qo‘yga beramiz. Keyin 

sigir bizga sut, qatiq, qaymoq beradi. Biz ular-

ni mazza qilib ichamiz. Sutli ovqatlar pishira-

miz. Qani, kimning uyida qanday hayvon bor?

JASUR:


 – Bizning uyda qo‘y bor. Unga har 

kuni o‘t, suv beramiz.

DINORA:

 – Bizning uyda mushuk bor. Unga 



kunda sut, non beramiz.

JALIL:


 – Mening uyimda sigir bor. Sigirga 

o‘t, suv beramiz.

AYNURA:

 – Bizning uyda ham sigir bor. 



Onam unga o‘t, suv va yem beradi. Sigir esa 

bizga sut beradi.

TARBIYACHI:

 – Bolalar, hayvonlar bir-biri 

bilan qanday qilib “salomlashadi”?

BOLALAR:


 – Mushuklar bir-biriga qarab “mi-

yov-miyov”, sigir “mo‘o‘-mo‘o‘”, it esa “vov-

vov” deydi.

TARBIYACHI: 

– Endi men sizlarga topishmoq 

aytaman.


O‘zi oppoq,

Yungi yumshoq,

Qulog‘i uzunchoq.

Bu – nima, bolalar?

BOLALAR:

 – Quyon.

TARBIYACHI:

 – Juda to‘g‘ri. Yana bir topish-

moqni toping-chi?

Hovlida ko‘p xizmati,

Ovqatda bor izzati.

Uyimizni qo‘riqlaydi,

Bolalar bu – nima edi?

BOLALAR:


 – Bu it.

TARBIYACHI:

 – Uchta uy hayvoni va oltita 

yovvoyi hayvon bir joyga kelib qoldi. Ular qan-

cha bo‘ldi?

BOLALAR:


 – To‘qqizta.

Tarbiyachi  bolalarga  sanashni,  qo‘shishni 

o‘r gatadi.

Qurish-yasash

Tarbiyachi kichkintoylarga uy hayvonlari va 

yovvoyi hayvonlar uchun uya qurishni taklif qi-

ladi. Bolalardan qaysi hayvonga uya qurayotga-

nini so‘raydi. Ular qo‘yga, otga, ayiqqa uya qu-

rayotganlarini aytishadi.

TARBIYACHI:

 – Bolalar, hozir “Echki va 

uloqchalar” ertagini o‘rtoqlaringiz ijrosida to-

mosha qilamiz. O‘tgan zamonda bir o‘rmonda 

echki bo‘lgan ekan. U har kuni uloqchalariga 

yegulik olib kelish uchun o‘rmonga borar ekan. 

U ketishdan oldin shunday der ekan:

– Uloqchalarim, men sizlarga o‘r mon dan ye-

gulik olib kelaman. Sizlar eshikni qulflab o‘ti-

ringlar. O‘rmonda ochko‘z bo‘ri yuribdi.

ULOQCHALAR:

 – Xo‘p.

TARBIYACHI:

 – Echki uloqchalariga yegulik 

olib kelish uchun o‘rmonga ketibdi. So‘ng ye-

lini sutga to‘lib o‘rmondan qaytibdi.

ECHKI: 


Ey, siz uloqchalarim,

Eshikni oching jam bo‘lib.

Onangiz keldi o‘tloqdan,

Yelini sutga to‘lib.

HAYVONOT  DUNYOSI  BILAN  TANISHUV

(5-6 yoshli bolalar uchun mashg‘ulot)



14

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014



Uloqchalar eshikni ochadilar. Echki uloq cha-

larning qornini to‘ydiradi.

ECHKI:


 – Men sizlarga yana o‘rmondan ye-

gulik olib kelaman. Sizlar eshikni qulflab o‘ti-

ringlar.

ULOQCHALAR:

 – Xo‘p.

Uloqchalar  yolg‘iz  qolganini  bilgan  bo‘ri 

ularni aldab yemoqchi bo‘ladi.

BO‘RI: 


Ey, siz uloqchalarim,

Eshikni oching jam bo‘lib.

Onangiz keldi o‘tloqdan,

Yelini sutga to‘lib.

ULOQCHALAR:

 – Sening ovozing onamizning 

ovoziga o‘xshamaydi. Senga eshik ochmaymiz.

Birozdan so‘ng echki o‘rmondan qaytadi.

ECHKI:


Ey, siz uloqchalarim,

Eshikni oching jam bo‘lib.

Onangiz keldi o‘tloqdan,

Yelini sutga to‘lib.

ULOQCHALAR:

 – Hozir. 



Eshikni ochadilar.

Ertasiga echki yana o‘rmonga yo‘l olibdi. Ke­

tar chog‘ida yana: “Eshikni qulflab o‘tiringlar. 

Bo‘riga eshikni ochmanglar”, – deb tayinlabdi.



Echki  o‘rmonga  ketishi  bilan  eshik  oldida 

yana bo‘ri paydo bo‘libdi. U ovozini o‘zgartiribdi.

BO‘RI: 


Ey, siz uloqchalarim,

Eshikni oching jam bo‘lib.

Onangiz keldi o‘tloqdan,

Yelini sutga to‘lib.

ULOQCHALAR: 

– Sening ovozing onamizning 

ovoziga o‘xshamaydi. Senga eshik ochmaymiz.

Bo‘ri ketadi.

TARBIYACHI: 

– Barakalla, bolalar, ertakni ju-

da chiroyli ijro etdingiz. Uloqchalar to‘g‘ri ish 

qildimi?

BOLALAR:


 – Ha. Ular ziyrak ekan.

TARBIYACHI:

 – Bolalar, ertakda kimning yo-

monligini tushunib oldingizlar? Bo‘ri echki 

bolalarini aldab yemoqchi bo‘ldi. Uloqchalar 

bo‘rini ovozidan tanib, unga eshikni ochmadi-

lar. 

Tarbiyachi bolalarga biror hayvonning nomi-

ni  aytadi  va  ulardan  shu  hayvonga  o‘xshatib 

ovoz  berishi,  harakatlariga  taqlid  qilishi  talab 

etiladi. O‘yin shu tariqa davom etadi.

Tarbiyachi  o‘yin  so‘ngida  bolalarni  sayrga 

olib chiqib, “Quyonim, quyonim, ne bo‘ldi?” o‘yi-

nini ijro etishga taklif qiladi.

Sharofat MENGLIYEVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani 

XTBga qarashli 8-sonli sanatoriya tipidagi 

“Semurg‘” MTM tarbiyachisi.

nAvBATdAGI MASHG‘ULoTGA



15

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

Qo‘LI GUL BoLAJon

Yangi yil bayrami ham yaqinlashmoqda. 

Albatta bayram qorbobo, archa va o‘yin­

choqlarsiz o‘tmaydi. Bolalar shodligi esa 

bayramga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. 

Biz ham bayramda bolajonlarimizga quvonch 

va xursand chilik ulashish maqsadida ularga 

bayram sov g‘asi yasashni o‘rgatmoq chimiz. 

1. Albom qog‘ozidan doiraning uchdan 

bir qismini qirqib olamiz (15 sm radiusli).

2. Qirqilgan qog‘ozning eng yuqorisiga 

ko‘z, qosh va og‘iz chizamiz.

3. Shaklning uchlari bir­biriga yopishtiri­

ladi. Natijada konus hosil bo‘ladi.

 

4. Shlyapa uchun 4x9 smli to‘g‘ri to‘rtbur­



chakni o‘zimiz istaganday bo‘yaymiz, so‘ng­

ra uning uchlarini bir­biriga yopishtiramiz. 

To‘rtburchak shakldagi qog‘oz rangli bo‘lishi 

ham mumkin. Uni ixtiyoriy, o‘z didingizga 

qarab tayyorlaysiz.

 

5. Qorbobomiz shlyapasi uchun 7 smli 



doira qirqamiz. Uni ham o‘zimiz istagandek 

bo‘yaymiz va bezaymiz.

 

6. Endi navbat qo‘lqopchalar va sharfga 



keldi. Yana rangli qo 

g‘ozimizdan qo‘lqop 

shaklidagi va eni 1­1,5 smdagi sharfni qirqib 

olamiz. Sharf uchlarini qirqib chiqamiz.



16

MAKTABGACHA TA’LIM / 12-2014

Qo‘LI GUL BoLAJon

7. Qo‘l yasash uchun qora rang­

dagi qattiq qog‘ozdan 10 smli uzun­

choq shakl qirib olamiz. Buni egiluv­

chan simdan yasasak ham bo‘ladi.

8. Tayyor bo‘lgan qo‘lni qorbobo 

tanasi bo‘lgan konusdan teshib o‘t­

kazamiz.


 

9. Oddiy oq qog‘ozdan uch bur­

chak shaklda buruncha kesib, uni 

sabzi rangiga bo‘yab olamiz.

 

Endi esa barcha qismlarni yig‘ish 



kerak.

1. Sharfni yopishtiramiz.

2. Yasalgan qo‘lga qo‘lqopcha­

larni “kiydirib”, qorboboning qorniga 

yopishtiramiz.

3. Burun ham yopishtirilib, shlya­

pa kiydiriladi. 

Shu bilan qorbobomiz tayyor. Uni 

endi bemalol archamiz yoniga qo‘­

yishimiz mumkin. O‘z qo‘lingiz bilan 

yasagan qorbobo sizga yoqdimi?!

Bayramni maroq bilan o‘tkazing!!!




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling