Mudira faoliyatining mazmuni


Mudiraning tashkiliy –pedagogik ishlarga rahbarligi


Download 1.94 Mb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#260011
1   2   3
Bog'liq
Menejment mustaqil ish taqdimot

Mudiraning tashkiliy –pedagogik ishlarga rahbarligi:

Mudiraning tashkiliy –pedagogik ishlarga rahbarligi:

MTT da tashkiliy-pedagogik jarayonga quyidagilar kiradi:

  • bayram ertaliklarini tashkil etish va o`tkazishga rahbarlik qilish;
  • ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, pedagogik jarayonni jamoa bilan hamkorlikda kuzatish va tahlil qilish
  • maktabgacha ta`lim bo`limlari tomonidan berilgan topshiriqlar asosida tarbiyachi va bolalarni ko`rik-tanlovlarda ishtiroki va yil tarbiyachisi, san`at va sport bayramlarida ishtirokini ta`minlash

Mudiraning ta`lim –tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarligi:

MTT da ta`limiy-tarbiyaviy jarayonga quyidagilar kiradi:


  • har bir guruhdagi ta`lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil qilish;
  • tarbiyachining ish hujjatlarini o`rganish va tahlil qilish;
  • har bir guruh rejasi asosida tarbiyalanuvchilar rivojlanish xaritasini tahlilini kuzatib borish;
  • Guruhlarning jixozlanishini va rivojlanish markazlarini faoliyatini takomillashtirib borishini nazorat qiladi.

MTT rahbari ota-onalar majlisini tashkil etadi:

Majlisni ota-onalar qo`mitasi raisi olib boradi yoki yordam beradi.

MTT rahbari haftada 2 marta ota-onalarni qabul qiladi.Bunda ota-onalar tomonidan ba`zi muammo, kamchiliklar bilan birga bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi.

Shuningdek, MTT da o`quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va maktabgacha ta`1imni innovasion shakllarini rivojlantirish maqsadida tashkilotda pedagogik kengash faoliyat olib boradi.

MTT rahbari bevosita pedagogik kengashga rahbarlik qiladi.

Pedagogik kengash a`zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha ta`lim tashkiloti ustavida belgilanadi.

MTT ga rahbarlik qilish bevosita uning rahbari ya`ni mudira tomonidan amalga oshiriladi.MTT rahbarini ishga qabul qilish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda Maktabgacha Ta`lim Vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.DMTT rahbari bilan mehnat shartnomasi 1 yil muddatga tuziladi.

Pedagogik kengash faoliyatini tashkil etish:

MTT rahbari pedagogik kengashga rahbarlik qiladi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogik kengash kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi.

- kengash yig`ilishi o`quv yili boshidan boshlanib, har chorakda bir marta o`tkaziladi.

- zarurat bo`lgan hollarda navbatdan tashqari pedagogik kengash o`tkazilishi mumkin.

- kengash a`zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko`chiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan hisoblanadi.Ovozlar teng bo`lgan taqdirda kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi.

- navbatdan tashqari chaqirilgan yig`ilishda esa kengash a`zolarining 3/1 qismi ishtirok etishi kerak.

- ovoz berish tartibi kengash yig`ilishida ochiq ovoz berish yo`li bilan belgilanadi.

- pedagogik kengash tarkibiga tashkilot shifokori va hamshira, kasaba uyushmasi raisi va mahalla fuqarolari yig`ini a`zolari kirishi mumkin.

- kengashni o`tkazish vaqti, joyi va kun tartibi tashkilotda bir oy oldin e`lon qilinadi.

Pedagogik kengash faoliyatini tashkil etish:

- Kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy va vaqtincha tashkil etilgan guruhlar yoki tashkilot ma`muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.

- kengashga ta`lim-tarbiyaviy, tashkiliy jarayondagi dolzarb masalalar qo`yiladi va ko`riladigan masalalar 3 tadan oshmasligi kerak.

- kengash qarori ijrosini nazorat qilish tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladi.

- kengash tashkilotning istiqbol rejasini belgilaydi.

- ta`limiy-tarbiyaviy jarayondagi turli zamonaviy innovasion metodlarni ishlab chiqadi.

- o`z vakolati doirasida ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi.

- MTT Ustaviga muvofiq pedagog-hodimlarni rag`batlantirish va jazolash bo`yicha masalalarni hal qiladi.

Pedagogik kengash bayonnoma daftarini yuritilishi:

- Kengash bayonnoma daftarining kirish qismida kengash o`tkaziladigan sana, bayonnoma tartib raqami, qatnashgan pedagoglar soni, kengash raisi va kotibining ismi, sharifi yoziladi, qatnashmagan pedagoglarning qatnasha olmaslik sabablari ko`rsatilgan hamda familiyalari tartib bo`yicha yozib chiqiladi.

- Bayonnomalar daftarida pedagogik kengash kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasi, kengash a`zolari kiritgan taklif va mulohazalar hamda kun tartibidagi har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Kun tartibiga “Turli masalalar” yoki “Boshqa masalalar”ning kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi.

- bayonnomalarda yo`l qo`yilgan xatoliklar izohlanadi va raisning imzosi bilan tasdiqlanadi.Bayonnomalar aniq va ravon, chiroyli husnixat bilan yoziladi, daftarning har bir sahifasi raqamlanadi, tikiladi.

Pedagogik kengash bayonnoma daftarini yuritilishi:

  • Bayonnomalar daftari maktabgacha ta``lim tuman bo`limi mudiri tomonidan , nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun muassis tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
  • Kengash bayonnomasi Pedagogik kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
  • Pedagogik kengash bayonnomasi har o`quv yili boshida yangidan raqamlanadi.

  • Pedagogik kengash hujjatlari:

    * Pedagogik kengash hujjatlari ta`lim tashkilotining ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi.


  • Bayonnoma va kun tartibidagi muhokama qilingan masalalarga oid masalalar
  • Pedagogik kengash hujjatlari tashkilotda 3 yil davomida saqlanadi.




Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling