Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari
Download 56.2 Kb.
|
I. asosiy qism
Islom dini Arabiston yarim orolida uning ko’p asrlik tarixi negizida shakllangan. U o’ziga xos diniy-siyosiy oqim, shuningdek, umuminsoniy taraqqiyotni belgilab berishda muhim ahamiyatga ega ma’naviy omil sanaladi. Ayni vaqtda Islom dini kishilik jamiyatining ibtidoiy davri xususiyatlaridan voqif bo’lish va O’rta asr Uyg’onish davrining ro’y berishi uchun ma’naviy-g’oyaviy poydevor qo’ygan ijtimoiy ehtiyoj sifatida yuzaga keldi. Islom ta’limoti o’zining insonparvar g’oyalari va ularni insonlar ongida chuqur singdira olish imkoniyatlari tufayli o’n to’rt asrdan buyon borliqni ong yordamida mafkuraviy tarzda idrok etishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Islom ta’limotining bu qadar ulkan hududga yoyilishi va umuminsoniy qadriyat sifatida e’tirof etilishida Ollohning rasuli (erdagi vakili) bo’lgan payg’ambar Muhammad Alayhis-salomning o’rni va shaxsiy roli beqiyosdir. Qur’on oyatlarini o’rganish o’zgalik bilan o’zlikning Islomdagi uyg’unlashuvini aniq belgilash, uning asoschisi shaxsini ko’ra olish, his qilish imkonini beradi.
Arab istilochilarining Movarounnahrdagi g’alabasidan so’ng barcha mustamlaka mamlakatlar qatori u yerda ham Islom dinning asoslari xususida ma’lumot beruvchi muqaddas kitob – “Qur’on” yaratilgan til - arab tilini o’rganish joriy etildi. Diniy ulamolarning maxsus ko’rsatmalariga muvofiq muqaddas kitobni boshqa tillarga tarjima qilish ta’qiqlandi. SHu bois musulmon maktablarida asosiy manbaning tili hamda fan sifatida arab tilining o’qitilishi yo’lga qo’yildi. Mavjud fanlarning asoslari arab tilida o’rganila boshlandi. Arab xalifaligi tasarrufiga olingan barcha mamlakatlarda masjidlar qoshida maxsus maktablar tashkil etildi. Biroq o’g’il bolalargina mazkur maktablarda savod o’rganish huquqiga ega bo’ldilar. Maktablar, shuningdek, keyinchalik bunyod etilgan va maqomi jihatidan hozirgi oliy o’quv yurtlariga teng bo’lgan madrasalarda ta’lim va tarbiya ishlari SHariat qoidalariga muvofiq yo’lga qo’yilgan bo’lib, ushbu o’quv maskanlarida Islom ta’limoti xususida ma’lumotlar beruvchi ilohiyot fanlari bilan bir qatorda dunyoviy fanlarning asoslari ham o’qitilgan. Machitlar qoshida faoliyat yuritgan maktablarda imomlar, madrasalarda esa mudarrislar yoshlarga ta’lim va tarbiya berish ishi bilan shug’ullanganlar. Download 56.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling