Мухаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари университети “MA'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar”


Download 32.3 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2023
Hajmi32.3 Kb.
#1083408
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish

Dinamik massivlar
Massivlar uchun asosan dasturning boshidanoq ma’lum o’lchamlar mos qo’yiladi. Masalan a{3} bir o’lchovli massivi uchun operativ xotiradan 4 ta (0,1,2,3) joy ajratiladi. b{2,4} ikki o’lchovli massivi uchun esa (3x5), ya’ni 15 ta joy ajratiladi va hokazo.
Lekin, ba’zida shunday holatlar uchraydiki, bunda massiv elementlari soni aniq bo’lmaydi. Agar massiv elementlarining soni aniq bo’lmasa, ya’ni ular dasturning bajarilishi davomida aniqlanadigan bo’lsa, bunday massivlarni dinamik massivlar deyiladi. Dinamik massivlar uchun operativ xotiradan ajratiladigan joyni avvaldan bilib bo’lmaydi. Shuning uchun ular dastur bajarilishi davomida ma’lum qilinadi.
Buni oddiygina bir misol keltirish orqali tushuntirishga harakat qilamiz.
Masalan, o’quvchi kompyuterga so’z kiritib, uning har bir harfini massiv elementi sifatida xotirada saqlamoqchi bo’lyapti. Buning uchun u ixtiyoriy so’zni dasturga kiritadi. Dastur esa uni harflarga bo’laklab, har bir harfni massiv elementi sifatida xotirada saqlab qolishi kerak.
Bunda so’zning nechta harfdan iboratligi aniq bo’lmaganligi uchun massiv elementlari soni ham noma’lum bo’ladi.
Savol tug’iladi, u holda massiv elementlari soni qanday aniqlanadi?
Dasturga kiritilgan so’zdagi harflar sonini aniqlash uchun maxsus funksiyalar mavjudligini bilamiz. Xuddi shu usul orqali topilgan harflar soni massiv elementlari soni hisoblanadi.
Mana shu misol orqali ko’rinib turibdiki, massiv elementlari soni dastur bajarilishi davomida aniqlanyapti.
Shu kabi hosil qilingan massivlarga dinamik massivlar deyiladi.
Dinamik massiv elementlari uchun xotiradan ajratilgan joylar massiv elementlari bilan band qilingan bo’ladi va keyinchalik bu joylardan boshqa ma’lumotlar uchun foydalanishning iloji bo’lmaydi. Shuning uchun dastur davomida foydalaniladigan tezkor (operativ) xotiradagi joylar hajmi qisqaradi va dasturda xatoliklar yuzaga kelish ehtimolini oshiradi. Shuning uchun dinamik massivlar foydalanib bo’lingach o’chirib tashlanadi. Shunda dasturda uchrashi mumkin bo’lgan xatoliklarning oldi olingan bo’ladi. Bu orqali xotiradan unumli foydalaniladi, xotiradagi birorta ham joy bekorchi ma’lumotlar bilan band qilinmaydi va dasturning imkon qadar optimal ishlashi ta’minlanadi.

Download 32.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling