Muhammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universeteti samarqand filiali


Download 358.33 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi358.33 Kb.
#1064654
  1   2   3
Bog'liq
102 Guruh Q .Nigora




MUHAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSETETI
SAMARQAND FILIALI


«TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIM » FAKULTETI
« TELEKOMMUNIKATSIYA INJINERINGI» KAFEDIRASI


"Tizimlar va signallarni qayta ishlash” fanidan

Mavzu: NFM signallarni kogerent va nokogerent qabul qilish.


Bajardi: 102-guruh talabasi


Qurbonova Nigora
Qabul qildi: Jumaboyev.T

SAMARQAND – 2022

Mavzu: NFM signallarni kogerent va nokogerent qabul qilish.

Reja:
1. Modulyatsiyaning diskretli turlari


2. Nisbiy fazaviy modulyatsiyalangan signallarni detektorlash
2.1 Fazaviy manipulyatsiyalash (FMn)
3. Faza bo‘yicha modulyasiyalangan signallarni detektorlash
4. Kogerent qabul qilishda va nokogerent qabul qilish
5. Detektorlash xarakteristikasi


Modulyatsiyaning diskretli turlari
Diskretli modulyatsiyada modullashtiruvchi signal diskret (raqamli) signal hisoblanib, modullashtiriladigan signal esa odatda garmonik tebranish bo‘ladi. Diskret modullashtiruvchi signalda modulyatsiyani ko‘pincha manipulatsiya deb yuritilib, ular amplitudali (AMN), chastotali (CHMN), fazali (FMN) va nisbiy fazali (NFMN) larga bo‘linadi.
Nisbiy fazaviy modulyatsiyalangan signallarni detektorlash
NFMn signallarni detektorlash ikkita usullarda – fazalarni taqqoslash usuli (nokogerent qabul qilishni ta’minlaydi) va qutblarni taqqoslash usulida (kogerent qabul qilishni ta’minlaydi) amalga oshirilishi mumkin.
Faza bo‘yicha modulyasiyalangan signallarni detektorlash
FM signallarni detektorlash kogerent qabul qilishda amalga oshiriladi. Bu signallarni detektorlash ikkita bosqichda amalga oshiriladi:
-FM signalni amplitudaviy-fazaviy-modulyatsiyalangan signalga (AFM) o‘zgartirish;
-AFM signalni amplitudaviy detektor orqali detektorlash.
Bir taktli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi 1- rasmda tasvirlangan.

1- rasm. Bir taktli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi

U tayanch tebranishi ishlatiladigan amplitudaviy detektor hisoblanadi. FM signalni AFM signalga o‘zgartirish VD diod orqali amalga oshiriladi. Diodning kirishiga ikkita kuchlanishlar - φ = 0 fazali utayanch(t) tayanch tebranishi va ufm(t) FM signal beriladi. Diodning kuchlanishi bu kuchlanishlarning yig‘indisi orqali aniqlanadi:


ud(t) = utayanch(t)+ ufm(t)

Diodda kuchlanishning shakllanishi vektorlar diagrammasi orqali tushuntiriladi (2- rasm). Qandaydir vaqt momentida FM signal ufm1 vektor og‘ishiga mos bo‘lgan φfm1 faza qiymatiga ega bo‘lsin, u holda dioddagi kuchlanish ud1 vektorga mos keladi. Keyingi vaqt momentida FM signal fazasi o‘zgaradi va ufm2 vektorning φfm2 og‘ishiga mos keladi (bunda vektorning uzunligi ud1 vektorning uzunligiga mos keladi, chunki FM signal amplitudasi o‘zgarmaydi). Dioddagi kuchlanish bu vaqt momentida ud1 vektorga mos keladi. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, ud1 va ud2 vektorlar turli uzunliklarga, mos ravishda amplitudalarga ega bo‘ladi.



2- rasm. Diodda kuchlanishning shakllanishi

Shunday qilib, diodda FM signalni AFM signalga o‘zgartirish bo‘lib o‘tadi. Bir vaqtda bu o‘zgartirish bilan diod AFM signal spektrini transformatsiyalashni amalga oshiradi va keyingi detektorlash bir taktli amplitudaviy detektor orqali detektorlashga o‘xshash amalga oshiriladi. Fazaviy detektorning detektorlash xarakteristikasi 3-rasmda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu xarakteristika nochiziqli xarakterga ega, bu modulyatsiyalovchi signalni buzilishlariga olib keladi.





3- rasm. Bir taktli fazaviy detektorning chastotaviy xarakteristikasi

Nochiziqli buzilishlarni tuzatish uchun balansli (ikki taktli) fazaviy detektorlash sxemasi ishlatiladi (4- rasm).


Bu detektor ikkita bir taktli fazaviy detektorlardan iborat. Utayanch(t) tayanch kuchlanishi transformator (T) ikkilamchi cho‘lg‘amining o‘rta nuqtasi va R1,R2 rezistorlar va S1S2 kondensatorlarning o‘lanishi nuqtalari orasiga beriladi. ufm(t) FM signal kuchlanishi transformatorning birlamchi kuchlanishi orqali beriladi.

4- rasm. Balansli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi

Qandaydir vaqt momentida detektorning kirishiga φ(t) fazali va 4- rasmda ko‘rsatilganga mos kuchlanishlar qutlbliliklaridagi ufm(t) signal kelsin. Bu holda diodlardagi kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:




ud1 = uop + 0,5ufm;
ud2 = uop — 0,5ufm.

Download 358.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling