Muhammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universeteti samarqand filiali


Download 358.33 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi358.33 Kb.
#1064654
1   2   3
Bog'liq
102 Guruh Q .Nigora

Fazaviy manipulyatsiyalash (FMn)
Fazaviy manipulyatsiyalashda (FMn) o‘zgaradigan parametr garmonik tebranishning fazasi hisoblanadi (5- rasm). Ikkilik fazaviy manipulyatsiyalashda modulyatsiyalangan signal quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


If D(t) =0 bo‘lganda M(t)= A0sin2πf0 0
If D(t) =1 bo‘lganda M(t)= A0sin2πf00

bu yerda M(t) modulyatsiyalangan signal;


A0 tashuvchi tebranish amplitudasi;
D(t) uzatish uchun ma’lumotlar;
f0 tashuvchi tebranish chastotasi;
φ0 tashuvchi tebranish boshlang‘ich fazasi.

5- rasm. Ikkilik fazaviy manipulyatsiyalash
Fazalarni taqqoslash usulida teskarish ishlash manbalari generator va ChFAQS kechiktirish liniyasiga almashtiriladi, u bitta diskret elementning davomiyligiga signalni kechiktirishni amalga oshiradi (6-rasm). Fazoviy detektorda qabul qilingan va oldingi signallarning fazalarini taqqoslash amalga oshiriladi. HQQ chiqish signalini shakllantirish FMn signal qabul qilgichidagi kabi amalga oshiriladi. Binobarin, bu sxemada tayanch kuchlanishi sifatida qabul qilingan signal ishlatiladi, u holda teskari ishlash paydo bo‘lmaydi.

6- rasm. NFMn signal qabul qilgichining tuzilish sxemasi: fazalarni taqqoslash usuli

Qutblarni taqqoslash usulida qabul qilgich ikkita qismlar - FMn signallar qabul qilgichi va nisbiy detektordan tashkil topadi (7- rasm). FMn signallar qabul qilgichida signallarni detektorlashda teskari ishlash ro‘y beradi. Qabul qilgich chiqishidan signal nisbiy detektorning TQ taqqoslovchi qurilmasiga beriladi. TQning ikkinchi kirishiga qabul qilgichning oldingi chiqish signali beriladi. Bitta diskret elementga signalni kechiktirishni kechiktirish liniyasi amalga oshiradi. TQda ikkita elementlarning qutblarini taqqoslash bo‘lib o‘tadi va chiqish signali shakllantiriladi.



7- rasm. NFMn signal qabul qilgichining tuzilish sxemasi: qutblarni taqqoslash usuli

Chiqish signalining diskret elementini shakllantirish, quyidagi qoida bo‘yicha amalga oshiriladi: agar har ikkala signallarning qutblari mos tushsa, u holda musbat qutbli u2 («1») signal shakllanadi, agar qutblar mos tushmasa, u holda manfiy qutbli u1 («0») signal shakllanadi. Teskari ishlash ham joriy, ham oldingi signallarning qutbini o‘zgartiradi, u holda u TQning ishlashiga ta’sir etmaydi.


Detektorli qabullagichning sxemasi va turli nuqtalaridagi signallarning shakllari 8- rasmda, Detektorli qabullagichning sxemasidagi elementlarning ko‘rinishi esa 8.1- rasmda keltirilgan.

8- rasm. Detektorli qabullagichning sxemasi va turli nuqtalaridagi signallarning shakllari

Detektorlash signallarni kogerent va nokogerent qabul qilishda amalga oshiriladi.



Download 358.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling