AB sinf kuchaytirgichlar. AB kuchaytirish rejimida ishchi nuqta berkitish chegarasida emas, balki EO ‘ to ‘g‘ri (zatvor-istok o ‘tish teskari) siljitilgan sohada, A sinfidagiga qaraganda ancha kichik toklarda bo‘ladi. FIKi kichik bo'lgani sababli A sinf m ikroelektronikada kam ishlatiladi. В va AB sinflarning ikki taktli kuchaytirgichlari keng tarqalgan.
D sinf kuchaytirgichlari. Ular impulsli quw at kuchaytirgichlarda ishlatiladi. D sinf shuningdek kalit rejim deb ham nomlanadi. Ushbu ishchi rejimda tranzistor faqat ochiq yoki berk holatda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday kuchaytirgich kaskadning FIK birga yaqin bo'ladi. D sinfda ishlayotgan kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi hamma vaqt to‘g‘ri burchakli impuls ko‘rinishiga ega bo'ladi va kirish signalining kuchaytirilishi, yoki uning davomiyligi, yoki fazasi o'zgarishi hisobiga amalga oshadi.
Xulosa
Elektronika — fan va texnika sohasi bo'lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar hamda asboblar yaratish usullarini o‘rganish, ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr o'tkazuvchanlik hodisalari kabi fizikbiiimlargaasoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchas bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |