Muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu urganch filiali


I.3-§. O‘zbek tili korpusini yaratish va uning dolzarbligi


Download 254.32 Kb.
bet6/16
Sana17.06.2023
Hajmi254.32 Kb.
#1542059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Dissertation Rustambek

I.3-§. O‘zbek tili korpusini yaratish va uning dolzarbligi
Milliy korpus milliy til xazinasi demakdir.( B.Mengliyev)
Ma’lumki, bugungi cheksiz axborotlar oqimi davrida texnika va texnologiyalar taraqqiyotini tilshunoslikka doir tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirish, fan-texnika yutuqlarini tatbiq etgan holda tilni har jihatdan chuqurroq o‘rganish hamda milliy tilimiz bo‘lgan o‘zbek tilining qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytirish, uning nufuzini oshirish singari vazifalar tilshunoslarimiz oldida turgan eng dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi ―O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmonida belgilab qo‘yilgan davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta'minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish, davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish kabi vazifalar kun tartibiga qo‘yilgan. O‘zbek tili o‘z milliy ildizlariga ega ekanligi va tilshunoslarimiz tomonidan tilning turli sathlari tadqiq qilinayotgani, bu tilda so‘zlashuvchi millatdoshlarimiz soni 30 mlndan ortiq bo‘lishiga qaramay, o‘zbek tilining umrboqiyligi kafolatlanmagan. Chunonchi, muayyan tilning istiqbolda mavjud bo‘lish bo‘lmasligi, nazarimizda, mazkur tilning qay darajada texnika (xususan, kompyuter) va Internet tiliga aylanganligiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Garchi, nashr etilgan manbalar bitmas-tuganmas boylik, ilmlar xazinasi bo‘lsa ham, bugungi kunda bu kabi chop etilgan ilmiy, badiiy, publitsistik manbalarga murojaat qilishdan koʻra koʻproq zamondoshlarimizda elektron manbalardan foydalanishga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Natijada, muayyan tildagi ilmiy, adabiy, tarixiy manbalarning elektron nusxasini yaratish va istalgan foydalanuvchiga ochiq havola qilingan holatda jamlash zarurati mavjud. Qolaversa, ushbu zarurat koʻp vaqt sarflamasdan ko‘proq axborot olishga intilish bilan ham taqozo etiladi. Ehtimol, bu tasavvurni bajarish imkonsizdek tuyulishi mumkin. Ammo bugungi kunda Internet deyarli har bir xonadonga kirib borgan paytda buning uddasidan chiqish mumkin. Bu kabi vazifalar bilan zamonaviy tilshunoslikning yangi yoʻnalishlaridan biri korpus lingvistikasi shug‘ullanadi. Korpus lingvistikasi XX asr oxirida vujudga keldi va XXI asrda shiddat bilan rivojlanmoqda. Korpus lingvistikasining oʻziga xos jihati shundaki, ushbu fan tadqiqotchidan tilshunoslikka oid bilimlar bilan bir qatorda, statiska asoslari va dasturlash boʻyicha bazaviy ma’lumotlarga ega boʻlishni talab etadi. Demak, korpus lingvistikasi kompyuter lingvistikasining bir tarmog‘i boʻlib, u kompyuter yaratilishi natijasida paydo boʻldi va internetsiz uni tasavvur qilib boʻlmaydi [Lynne Bowker, Gloria Corpas Pastor, 2015; M. Kopotev, 2014]. Cheksiz axborotlar manbai, butunjahon oʻrgimchak toʻri – internet paydo boʻlishi bilan olimning ish yuritish tamoyillari oʻzgarib bormoqda. Endilikda koʻp vaqt va mablagʻ sarflab, uzoq masofalarga borib, sanoqli nusxalardagi ilmiy, badiiy, publitsistik manbalardan ma’lumot olish oʻrniga tadqiqotchi oʻziga qulay joyda va vaqtda oʻzi uchun zarur boʻlgan manbani qoʻlga kiritish imkoniyatlari paydo boʻlmoqda. Bunday imkoniyatning mavjudligi esa bevosita va bilvosita tadqiqot olib borilayotgan til milliy korpusining yaratilganligiga bogʻliq. Korpus – barcha uchun ochiq tarzda havola qilingan elektron matnlar majmuidir. Muayyan tilga doir elektron matnlar tizimga qancha koʻp joylashtirilsa, shuncha mazkur tilda turli fanlarga doir axborotlarni olish, kompyuter tarjimasi uchun zarur boʻlgan lingvistik platformani yaratish imkoniyati paydo boʻladi. Aksariyat jahon tillarida yozilgan matnni tahrir qilish, bir tildan boshqa tillarga avtomatik tarjima qilish imkoniyatlari mavjud. Bu ularning milliy korpusi va tahrir, tarjima platformasi yaratilganligidan dalolat beradi. Rus milliy korpusining yaratuvchilaridan biri boʻlgan Vladimir Plungyan ―Postnaukal saytidagi ma’ruzasida tilshunos va korpus o‘rtasidagi munosabatni shoʻx bolaning oʻyinchoqqa munosabatiga qiyoslaydi. Olimning nazarida qoʻliga yangi tushgan oʻyinchoqni boʻlaklarga ajratib tekshirishga moyil boʻlgani kabi tilshunos ham tilni qandaydir tarkiblovchilarga ajrata boshlaydi. Toʻgʻri, bu juda qiziq oʻxshatish, ammo, anglaganingizdek korpus lingvistikasi shunchaki, istalgan inson ishtirok etishi mumkin bo‘lgan oʻyin emas, u tilshunoslikda olib boriluvchi tadqiqotlar oqimini yangi bir oʻzanga burib yubora oladigan katta kuch, milliy ma’naviy-madaniy qadriyatlarni zamon va makon cheklovisiz saqlab qolish imkoniyatini bera oladigan sohadir. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, oʻzbek tilining milliy korpusini yaratish orqali boy ma’naviy-ma’rifiy, madaniy meroslarimizni kelajak avlodlarga ular uchun foydalanish qulay boʻlgan shaklda saqlab qolish, oʻzbek tilining kompyuter tahriri va tarjimasi borasidagi imkoniyatlarini oshirish va milliy tilimizni jahonga tanitish imkoniyatlarini taqdim qiladi.[ 22]
Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunda alohida bir soha taraqqiyotini anʼanaviy tushunchalar doirasidagina tasavvur qilishga urinish oʻziga xos soddadillik boʻlib koʻringani bilan, uzoq muddatda, jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bugun barcha ilgʻor jamiyatlarda til fenomeni toʻliq yoki qisman dasturlashtirib boʻlingan, hamda til va tilshunoslik eng soʻnggi texnologiyalar asosida rivojlanmoqda. Toʻliq va sifatli til korpusini yaratmay turib, u jamiyatlar bunday jadal ildamlashga erisha olmasdilar [19].
Biz bugun, bir oz kechikib boʻlsa ham, shu yoʻldan bormoqchi ekanmiz, bunday katta vazifaga kirishishni tilga aloqador kompyuter texnologiyalari rivojlanishi uchun eng muhim xomashyo boʻlgan til korpusini yaratishdan boshlashimiz kerak.[20]
Milliy til korpusi – foydalanuvchiga milliy til birliklarining leksik, grammatik va semantik xususiyatlarini aniqlashga yordam beruvchi elektron qidiruv imkoniyati mavjud tizim, tabiiy tilning raqamlashtirilgan yozma va og’zaki matnlari jamlanmasi. Milliy korpusning boshqa tur til korpuslaridan farqi shundaki, uning bazasida tilning butun soʻz boyligini jamlagan leksikografik manbalar oʻrin olgan boʻladi. Shunga binoan milliy korpusning lingvodidaktik ahamiyati muhim sanaladi.
Til korpuslari – til bo‘yicha tadqiqot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun zarur ish quroli. U oddiy elektron kutubxonadan farqlanadi. Elektron kutubxonaning maqsadi – xalqning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy, iqtisodiy hayotini aks ettiruvchi badiiy va publitsistik asarlarni nisbatan to‘liq qamrab olish. Elektron kutubxona matnlari til nuqtai nazaridan ishlov berilmaganligi sababli tadqiqotlar uchun noqulaylik tug‘diradi. Chunki elektron kutubxona ilmiy tadqiqot materiali bazasini tayyorlash maqsadida tuzilmaydi, balki milliy-maʼnaviy merosni to‘plashni maqsad qilgan bo‘ladi. Til korpusi esa elektron kutubxonadan farqli o‘laroq, tilni o‘rganish va tadqiq qilish uchun zarur, foydali va qiziqarli matnlarni to‘plashni nazarda tutadi. Korpus – bu lingvodidaktika, u ona tili va xorijiy tilni o‘rganishda birdek ahamiyatli. Bazaning jonli nutq, zamonaviy OAV materiali, badiiy adabiyot so‘zligi, mumtoz nasr namunasi, turli mavzu va janrdagi matnlar bilan doimiy boyitilishi natijasida korpus taʼlimda yo‘naltirib o‘qitish imkoniyatini ham ochadi. Ko‘pincha qayta-qayta nashr etilgan darslikda misollar eskiligicha qolib ketadi va axborot bilan shiddatli yangilanib borayotgan bugungi kun uchun mavzu eskiradi, o‘quvchi bilimni davr bilan hamohang o‘zlashtirmaydi. O‘quvchida korpusdan unumli foydalanish ko‘nikmasi shakllantirilsa, o‘quvchi o‘z nutqida yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va notoʻgʻri ifodalarni bartaraf eta oladi. Bunday imkoniyatga ega boʻlishi uchun milliy til korpusi bazasiga tabiiy tildagi turli lingvistik hodisa va xususiyatlarni qamragan leksikografik manbalar kiritilishi zarur sanaladi . [18]

I bob bo‘yicha xulosa



Ushbu bobda korpus tilshunosligi haqida ma’lumotlarni tahlil qilish va oʻrganish masalasi qoʻyilgan. Va shu maqsadda hozirgcha yaratilgan boshqa tillarning korpuslarini o‘rganib chiqildi, Zamonaviy Korpuslarning turlari va avlodlari haqidagi maʻlumotlar ham oʻrganib chiqildi. Oʻrganilgan materiallar asoaida oʻzbek tili uchun korpus yaratish metodi shakllantirildi va shu asosda oʻzbek tili uchun korpus yaratsih masalasi qoʻyildi.


Download 254.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling