Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axbarot Texnalogiyalar Universiteti
Download 475.95 Kb. Pdf ko'rish
|
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axbarot Texnalogiyalar Un
- Bu sahifa navigatsiya:
- MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari. Tizim kengaytmasi. Reja
- Matlab tizimi, uning vazifalari va imkoniyatlari.
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axbarot Texnalogiyalar Universiteti Mustaqil ish Bajardi: Zokirov Shohnurjon Tekshirdi:Akbarova Marg’uba MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari. Tizim kengaytmasi. Reja: 1.Matlab tizimi, uning vazifalari va imkoniyatlari. 2.MatLab ishchi stoli. MATLAB dasturida matematik hisoblashlar 3.Matritsalar va vektorlar bilan ishlash. 4.MatLabning grafika bilan ishlash vositalari. 5.SIMULINK visual modellashtirish tizimi. Matlab tizimi, uning vazifalari va imkoniyatlari. Oxirgi yillarda bir qancha davlatlarning Oliy ta’lim muassasalarida talabalar tomonidan turli fanlarni ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda o’rganish jarayonida, kurs ishlarini, loyihalarni, bitiruv ishlari va dissertatsiyalarni bajarishda bir qancha dasturiy komplekslardan iborat modellashtirish tizimi va tahlili keng qo’llanilmoqda. Dastury komplekslar orasida «Matlab» paketi o’zining soddaligi, ixchamligi, ishonchliligi, kengaytirilgan imkoniyati, zamonaviy talablarga javob berishi o’qish jarayonida zamonaviy texnologiyalarga asoslanganlifi bilan farq qiladi. «Matlab» «The Mathwoks Inc» firmasining mahsulotidir. «Matlab» paketining birinchi versiyasi yaratilganiga 20 yildan ortiq vaqt o’tdi. Bu paketning rivojlanishi va takomillanishi hisoblash texnikasi vositalarini rivojlanishi bilan bir vaqtga tog’ri kelgan. «Matlab» paketining nomi Matrix Laboratory so’zlaridan olingan bo’lib, u birinchi navbatda kattaliklar massivini(matrisa va vektor) qayta ishlashga yo’naltirilgan. Shuning uchun ham, hisoblash texnikasi avlodlari almashinuvi yetarli darajada yuqori tezlikda bo’lishiga qaramasdan, «Matlab» ularning har biridan eng mukammalini o’ziga singdirishga ulgurgan. «Matlab» vaqt davomida rivojlanib boradigan dasturdir. 2000 yildan buyon u yiliga ikki marotaba yangilanib turibdi. Paket nomidan u kattaliklar massivini(matrisa va vektor) qayta ishlashga yo’naltirilganligi ko’rinib turibdi. Bu foydalanuvchilarga ma’lumotlarning ko’rsatilgan turi bilan ishlovchi proseduralarning samaradorligini yetarli darajada oshirish imkonini berdi. Natijada hozirgi vaqtga kelib, «Matlab» 800dan ortiq funksiya va modellar kutubxonasini tashkil qiladi. Ish jarayonidagi birgina muammo, qo’yilgan masakani yechish uchun kerak bo’ladigan funksiya va modellarni tez qidirib topishdadir. Matematik modellashtirish doirasida «Matlab» kompyuter texnologiyasining barcha zamonaviy yutuqlarini to’liq ishlatish imkonini beradi, shu qatori vizuallashtirish va kattaliklarning audifikatsiya(ovozli) vositalarini ishlatish. Internet orqali kattaliklarni almashtirish imkoniyati ham mavjud. Bulardan tashqari, foydalanuvchi «Matlab» vositalarining imkoniyatlari orqali yechilayotgan masala talabiga va o’zining ta’biga qarab shaxsiy grafik interfeys yaratishi mumkin. Ilmiy va texnika sohasining mutaxassislariga paketda ishlash yengil bo’lishi uchun funksiya kutubxonasi bo’limlarga bo’lingan. Umumiy o’ziga xos xarakterli model va funksiyalar «Matlab» paketi asosiy yadrosi tarkibiga kiradi. Aniq sohafa xos model va funksiyalar kengaytirilgan paket(Toolboxes) tarkibiga kiritilgan. Shunday qilib, «Matlab» birinchi navbatda matematik modellashtirish vositasidit. U ilm va texnikaning barcha ko’zga ko’ringan sohalarida analiz va sintez nuqtai nazaridan tadqiqot ishlarini olib borishni ta’minlaydi. Bunda paket tuzilishi model yaratishdagi ikkita asosiy bo’lgan -analitik va imitatsion yondashuvlarni samarali qo’shish imkonini beradi. Matlab dasturlash tili yoki Matlab tili – ma'lumotlarni matritsa ko‘rinishida berilishi, hisoblash imkoniyatlari va grafik vositalarining kengligi nuqtai nazaridan olganda, yuqori darajali algoritmik til hisoblanadi. Shu o‘rinda, Matlab tili faqat Matlab muhitida dasturlar yaratish va ishlatish uchun xizmat qiladi. Foydalanuvchilarni Matlabda yaratiladigan barcha dasturlari diskda saqlanadi va m kengaytmaga ega, shu sababli ular m- Download 475.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling