Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universteti samarqand filiali
Download 229.63 Kb.
|
referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi sayt
- Jahon miqyosida internet rivojlanishi davomida qayd etilgan ba’zi qiziq qiziqarli faktlar
Ilk elektron xabar
Birinchi elektron xabar dasturchi va elektron pochta ishlab chiqaruvchisi Rey Tomplinson tomonidan tuzilgan. U ARPANET dasturchisi bo‘lgan va e-mail orqali ma’lumot yetkazish serverini ishlab chiqqan. 1971-yilda dunyodagi birinchi elektron xabar yo‘llangan. Oradan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, elektron pochta interfeysida katta o‘zgarishlar kuzatilmagan va u o‘zining asosiy vazifasini bajarishda davom etmoqda. Faqat elektron pochta funksionali kengaygan, masalan, matnli xabarga fayllarni biriktirish funksiyasi paydo bo‘lgan. Birinchi sayt Dunyodagi eng birinchi sayt 1991-yilning 6-avgustida paydo bo‘lgan, u Tom Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Sayt axborot matnli veb-sahifa ko‘rinishida bo‘lib, unda grafiklar bo‘lmagan. Biroq bu veb-sahifa tufayli 90-yillar interfeysi bilan tanishish hamda saytlarning ichki va tashqi mazmunida erishilgan o‘zgarishlarni sezish imkoni paydo bo‘ldi. #Jahon miqyosida internet rivojlanishi davomida qayd etilgan ba’zi qiziq qiziqarli faktlar - Birinchi "smaylik" (smile - tabassum) 30 yil ilgari paydo bo‘lgan. Uning yaratuvchisi sifatida Skott Falman e’tirof etiladi, "smaylik"ning o‘zi esa kayfiyatni ifodalovchi mashhur ramzlardan biri hisoblanadi. - YouTube kanalida har daqiqada 100 soat davomiylikka ega yangi materiallar joylanadi. - Internetda «spam» so‘zi tez-tez qo‘llanadi. Bu so‘zning kelib chiqishi qiziq. Spam – jonga teguvchi va tinimsiz reklama hisobiga mashhurlikka erishgan go‘sht konservalari nomi. - Ilk veb-kameraning paydo bo‘lishi Kembrij universiteti bilan bog‘lanadi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, veb-kamera dastlab qahva damlagichda o‘rnatilgan bo‘lib, uning maqsadi qahvaning tayyor yoki tayyor emasligini kuzatish bo‘lgan. - Google qidiruv tizimiga bir oyda o‘rtacha 35 milliarddan ortiq so‘rovnoma kelib tushadi. -Google logosini yaratishda orfografik xato ketgan. Qidiruv tizimini katta hajmdagi ochiq ma’lumotlarni ifodalash uchun dastlab “Googol” deya nomlash rejalashtirilgan. Biroq tasodifiy xatodan keyin o‘sha nomni qoldirishga qaror qilishgan, zero bu so‘z vizual jihatdan ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq ma’qul bo‘lgan. Download 229.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling