Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universetituti


Download 0.9 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1576533
Bog'liq
erkin magnit

Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universetituti

Tayyorladi: mamatov erkin va normurodov omonbek

Tekshirdi: QuddusovNa Farida

Mavzu:yassi elektromagnit to`lqinlarning ideal o`tkazgich sirtiga tushishida to`lqin tasviri

  • Reja:
  • 1. Yassi elektromagnit to`lqin.
  • 2. Elektromagnit to`lqin va uning xossalari.
  • 3. Xulosa.

Yassi elektromagnit toʻlqin — elektromagnit toʻlqinni xarakterlovchi toʻlqin funksiyasi faqat bitta koordinataga, masalan ga va vaqtga bogʻliq boʻlgan toʻlqin.
Elektromagnit to'lqinlarning manbalari turli-tuman o'zgaruvchan toklar, jumladan, o'tkazgichlardagi o'zgaruvchan tok, ionlar, elektronlar va boshqa zaryadli zarralarning tebranma harakatlari bo'lishi mumkin. O'zgaruvchan tokka ekvivalent eng sodda sistema p momenti garmonik o'zgaruvchan bo'lgan elektr dipoldir. Dastlabki payt (7=0) da bunday dipolning +q va —q zaryadlarining markazlari bir-birining ustiga tushadi va shuning uchun dipol momenti p=0 bo'ladi
Chorak davr dan so'ng zaryadlar bir-biridan maksimal masofaga siljiydi va dipolning momenti p=ql maksimal qiymatiga erishadi. Yarim davr dan so'ng zaryadlar bir-biriga yaqinlashadi va bunda p=0 bo'ladi. So'ngra davrning to'rtdan uch qismi o'tgach, zaryadlar bir-biridan qarama-qarshi tomonga l masofaga siljiydi, natijada dipol momenti yana maksimal qiymati (p=- ql) ga erishadi, lekin endi uning yo'nalishi qarama-qarshi bo'ladi. Va, nihoyat, bir davr (T) vaqt o'tganda zaryadlar yana bir-biriga yaqinlashadi, dipol momenti p=0 bo'ladi. Shu tarzda bu jarayon davriy takrorlanaveradi. Shunday qilib, dipol momentining tebranishi tufayli o'zgaruvchan elektromagnit maydon hosil bo'ladi va atrof fazoga elektromagnit to'lqin tarqaladi. Nurlatkichdan tarqalayotgan elektromagnit maydon Maksvell nazariyasidan kelib chiqadigan va juda ko'p tajribalardan olingan natijalar asosida aniqlangan quyidagi xususiyatlarga ega
Agar elektromagnit to'lqinning va vektorlarining to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasi o'qlaridagi proyeksiyalari to'lqin chastotasi deb ataladigan chastota bilan bir xil chastotada garmonik tebransa, bunday to'lqin monoxromatik elektromagnit to'lqin deb ataladi. Sinusoidal to'lqin monoxromatik to'lqin bo'ladi. со siklik chastota bilan sinusoidal tebranayotgan to'lqinni manbadan yetarlicha uzoq masofada yassi to'lqin deb hisoblash mumkin. X o'qi bo'yicha tarqalayotgan yassi elektromagnit to'lqin tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
bunda: E, Hva E0 , Ho— mos ravishda E va H vektorlarining oniy va amplituda qiymatlari, k — to'lqin son deb ataladigan kattalik, ao — koordinatasi x=0 bo'lgan nuqtadagi tebranishlarning boshlang'ich fazasi. (8) va (9) formulalarda boshlang'ich fazalar bir xil, chunki elektromagnit to'lqinda E va H vektorlar bir xil fazada tebranadi. Xususiy holda boshlang'ich faza ao =0 bo'lishi mumkin. U holda yassi elektromagnit to'lqin tenglamasi quyidagi ko'rinishda ifodalanadi:
Bu formulalar, agar qavsda kx oldida «minus» ishora turgan bo'lsa, x o'qi bo'ylab uning musbat qiymatlari yo'nalishida tarqalayotgan yassi elektromagnit to'lqin, agar qavsda kx oldida «plyus» ishora turgan bo'lsa, x o'qi bo'ylab uning manfiy qiymatlari yo'nalishida tarqalayotgan yassi elektromagnit to'lqin tenglamasini beradi. Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasidan kelib chiqadiki, E va H vektorlarining modullari o'zaro quyidagi munosabat orqali bog'langan:
bunda: εo va μo — mos ravishda elektr va magnit doimiylari; ε— elektromagnit to'lqin tarqalayotgan muhitning dielektrik kirituv-chanligi; ε— shu muhitning magnit singdiruvchanligi.
Elektromagnit tebranishlarning fazoda tarqalishi elektromagnit to’lqin deb ataladi. Elektromagnit to’lqin ko’ndalang to’lqin bo’lib, unda elektr va magnit maydon kuchlanganliklari o’zaro va tarqalish yo’nalishiga perpendikulyar tekislikda o’zgaradi.
Birlik hajmdagi elektromagnit maydon energiyasi elektr va magnit maydon energiyalari zichliklarining yig’indisiga teng:
E va H vektorlari tebranish fazalari bir xil bo’lgani uchun va (*) quyidagi ko’rinishga keladi:
ifodani elektromagnit to’lqinning tarqalish tezligiga ko’paytirsak, elektromagnit to’lqin energiyasi oqimining zichligini topamiz:
Uning vektor ifodasi: Bu vektor Umov-Poynting vektori deb ataladi

Elektromagnit to’lqinlarning qo’llanilishi. Hozirgi kunda elektromagnit to’lqinlarning qo’llanilish sohasi ko’p tarmoqlarni o’z ichiga qamragan: •Kamunikatsiya(radio,televideniye,telefon,internet va h.k.); •Meditsina (diagnostika, muolajalar); •Xalq-xo’jaligi ; •Ilm-fan; •Maishiy texnika (mikroto’lqinli pech, )

  • Elektromagnit to’lqinlarning qo’llanilishi. Hozirgi kunda elektromagnit to’lqinlarning qo’llanilish sohasi ko’p tarmoqlarni o’z ichiga qamragan: •Kamunikatsiya(radio,televideniye,telefon,internet va h.k.); •Meditsina (diagnostika, muolajalar); •Xalq-xo’jaligi ; •Ilm-fan; •Maishiy texnika (mikroto’lqinli pech, )

Adabiyotlar.

  • Adabiyotlar.
  • 1. Douglas C, Giancoli. “PHYSICS”. PRINCIPLES WITH APPLICATIONS. Pearson.2014, 1079 page. 2. Абдураҳмонов К.П., Эгамов У. “Физика курси”. Дарслик. Тошкент. 2011. 508 б.
  • 3. Musayev R.X. “Statik fizika va termodinamika”. Darslik. O’zbekiston. 2008. 252 б.

    4. Sultonov V.A. “Fizika kursi”. Darslik. Fan va texnologiya. 2007. 297 б.

    5. Ахмаджонов О.А. “Физика курси”. Дарcлик. 1-3қ. Тошкент. Ўқитувчи. 1988-1989. 254 б, 206, 270.

    6. Qodirov O va boshqalar. “Fizika kusri”. O’quv qo’llanma. Fan va texnologiya. 2005.231 б.

    7. Karimov Z., Baxromov X. Umumiy fizika kusridan masalalar to’plami. O’quv qo’llanma. TIMI. 2008. 166 б.

    8. Toshxonova J.A va boshqalar. Fizikadan praktikum. O’quv qo’llanma. O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. 2006. 267б, 269б.

    9. B.A.Mirsalixov, M.Yu. Mansurova. Mexanika, molekulyar fizika va elekrodinamika. Amaliy mashg’ulotlarni bajarishga doir uslubiy qo’llanma. TTYMI. 2015. 90 б.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling