Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali ki-fakulteti di-12-22 guruh talabasi Xudayberdiyeva Malikaning Akademik yozuv fanidan tayyorlagan Amaliy ishi-4


Download 0.58 Mb.
Sana11.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1088167
Bog'liq
Amaliy ish N4 - Xudayberdiyeva Malika



Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
Qarshi filiali KI-fakulteti
DI-12-22 guruh talabasi Xudayberdiyeva Malikaning
Akademik yozuv fanidan tayyorlagan



Amaliy ishi-4

Bajardi: Xudayberdiyeva M.


Tekshirdi: Yoʻldosheva R.
4-Mavzu: Annotatsiya nima
Annotatsiya (lotincha: annotatio – „qayd“) — qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy tasavvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir. Annotasiya (sharh) — ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6 ta gapdan iborat) bayonidir. Odatda, bu umumlashtirish, konseptual emas, sanab otish xarakteriga ega. Barcha axborot janrlari ichida annotasiya eng obyektividir. Annotasiyada odatda, ish qanday mavzuga bagishlanganligi tadqiqotning qanday uslublaridan foydalanganligi, buning uchun qanday til materiallari jalb etilganligi va tadqiqotning adresati kim ekanligi korsatiladi. Ayrim hollarda annotatsiya bir necha tilda bayon etilishi ham mumkin.
Аnnоtаtsiya - bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqida so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Annotatsiya (lotinchadan annotatio — mulohaza) yoki rezyume, qisqa xulosa (frantsuzchadan resume — «qisqa, qisqartirilgan») — kitob yoki biror bir asarning qiskacha mazmuni. Shuningdek annotatsiya — nashr (qulyozma. monografiya, maqola yoki kitob)ning qisqacha tavsifi bo’lishi ham mumkin. Annotatsiya asarning nashr etilgan vaqti va joyini, nominativ formasini, O’ziga xos ajralib turadigan jixatlari tasvirlaydi.
Annotatsiya kitob yoki maqolaning asosiy mavzusini o’z ichiga oladi.
Annotatsiya odatda ilmiy jurnallar, kitoblar boshida muallif va sarlavhadan keyin uchraydi.
Ingliz tilidagi adabiyotlarda annotatsiya ko’proq, «Abstract» nomi bilan uchraydi.
Aynan dars ishlanma annotatsiyasida quyidagilar bo’lishi mumkin:
darsning asosiy maqsadi;
qaysi sinf uchun mo’ljallangan;
dars ishlanmasi nechta o’quvchiga mo’ljallangan:
mavzuning qisqacha tavsifi:
o’quvchilar qanday yangi bilim va ko’nikmalarni egallashadi:
darsda qanday metodlar foydalanilgan va boshqa ma'lumotlar.
Annotatsiya (lot. annotatio – qayd) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qo‘lyozma mundarijasini, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. A.ni, mas, kitobning o‘zida, bi-bliografik ko‘rsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi o‘quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo‘lyozma to‘g‘risida umumiy ta-savvur tug‘dirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam ko‘rsatishdir.
Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.
Annotasiya boshlang’ich hujjatda so’z boradigan savolga javob beradi.




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling