Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‟ona filiali


Download 110.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana15.11.2023
Hajmi110.99 Kb.
#1776607
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektronika yangiliklar: 
Joriy yilning 27-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan 
maktablarni rivojlantirish agentligi fizika fani boʻyicha yangi elektron darsligini taqdim etdi. 
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
2021-yilda fizika va chet tillarini oʻrganishni ilm-fan yoʻnalishida ustuvor yoʻnalish etib belgilab berdilar. 
“Agar tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda 
fizika fani fundamental asos boʻlganini koʻramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan 
turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab 
qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi”, - deb taʼkidlagan edi davlatimiz rahbari. 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib 
oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh oʻqituvchilari hamda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika 
va aloqa ilmiy-texnika jamiyati bilan hamkorlikda fizika fani boʻyicha yangi elektron darsligini yaratish ustida 
ish olib borilmoqda. 
Darslikni yaratishda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati raisi oʻrinbosari, 
texnika fanlari doktori, professor Muhitdinov Muhsin Moʻminovich, hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 
ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari Norqobilov Farhod, Qutlimurodov Bekmurod, Mirgʻiyozov Mirjambil 
va Fayziyev Ibrohimlar ish olib borishmoqda. 
Elektron darslikning asosiy maqsadi oʻquvchilarning fizika faniga boʻlgan qiziqishini oshirish va oʻqitish 
samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, yangi elektron darslik oʻquvchilarning bilim 
olishlari uchun qoʻshimcha manba sifatida xizmat qiladi. 
Yangi loyiha odatiy oʻquv darslariga qatnasha olmaydigan nogironligi bor oʻquvchilar uchun uy sharoitida 
fizika fanini mustaqil oʻrganish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, mamlakatimizning chekka hududlarida 
ham fizika fanini samarali oʻqitish imkoniyati yaratiladi. 
Elektron darslik oʻquvchilarga maktab darsligida berilishi imkoni boʻlmagan maʼlumotlarni yetkazish 
mumkin. Abituriyentlar darslikdan oliy taʼlim muassasalarining kirish imtihoniga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 
yordam beradi. Darslik elektron boʻlgani uchun uni muntazam yangilab va toʻldirib borish imkoniyati mavjud. 


Fizika boʻyicha elektron darslik maʼruza matni, video darslar, taqdimotlar, topshiriqlar, laboratoriya ishlari 
va testlardan iborat. 
Maʼruza matnlari qoʻshimcha maʼlumotlar, mavzuga oid rasmlar va animatsiyalar bilan boyitilgan. 
Oʻquvchilar topshiriqlar, test va laboratoriya ishlari yordamida nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. 
Elektron darslikdagi har bir mavzuni tushuntiruvchi video darslar, koʻp yillik bilim va tajribaga ega boʻlgan 
oʻqituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻtilgan. Video darslarda alohida 
zamonaviy texnologiya va laboratoriya jihozlaridan foydalanilgan. 

Download 110.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling