3.6. Vaqtli qatorlar va ularni prognozlash
Vaqtli qatorlar to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishi dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori esa vaqtli qatorlar deb yuritiladi.
Hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini ta’riflovchi statistik ko‘rsatkichlar qatori vaqtli qator deb yuritiladi.
Vaqtli qatorlar ikki elementdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar, ikkinchisi - ularga tegishli ko‘rsatkichlar.
Vaqtli qatorlar uzoq muddatli tendensiya, ayrim davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsumiy o‘zgarishlarni o‘zida mujassamlashtirishi mumkin. Vaqtli qatorlar quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Uzoq muddatli harakat yo‘nalishi, ya’ni umumiy asriy tendensiya.
Qisqaroq davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar.
Ayrim yillarga tegishli tebranishlar.
Mavsumiy to‘lqinlar.
Kon’yunkturaviy tebranishlar.
Vaqtli qatorlar tahlilida hisoblanadigan ko‘rsatkichlar:
1. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish - har qaysi keyingi davr darajasidan boshlang‘ich yoki o‘zidan oldingi davr darajasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
,..., .
2. O‘sish yoki kamayish koeffisienti yoki sur’ati (Ko‘.k.) - har qaysi keyingi davr darajasi boshlang‘ich yoki o‘zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha martaba katta yoki kichik ekanligini yoki qancha foiz tashkil etishini ko‘rsatadi.
; ; ; .
3. Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’ati (Δ) ham ikki usulda aniqlanishi mumkin. Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan boshlang‘ich davr darajasi ayirilib, 100 ga ko‘paytiriladi va boshlang‘ich davr darajasiga bo‘linadi.
(3.52)
Do'stlaringiz bilan baham: |