Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Chastotani faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash


Download 1.79 Mb.
bet18/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

Chastotani faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash (ChFAQS, ingl. PLL ) – boshqariladigan generatorning fazasini u tayanch signalining fazasiga teng bo‘ladigan yoki vaqtga bog‘liq ma’lum funksiyaga farqlanadigan tarzda rostlaydigan avtomatik rostlash tizimi hisoblanadi. Rostlash manfiy teskari aloqaning mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Boshqariladigan generatorning chiqish signali fazaviy detektorda tayanch signali bilan taqqoslanadi, taqqoslash natijasi boshqariladigan generatorni qayta sozlash uchun ishlatiladi.
ChFAQS tizimi chastotaviy modulyatsiyalash va demodulyatsiyalash, chastotani ko‘paytirish va o‘zgartirish, chastotaviy filtrlash, kogerent detektorlash uchun tayanch kuchlanishini ajratish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi.
ChFAQS tizimi kirish va tayanch signallarining fazalarini taqqoslaydi va bu fazalar orasidagi farqqa mos xatolik signalini chiqaradi. Xatolik signali keyin past chastotalar filtridan o‘tadi va manfiy tesari aloqani ta’minlaydigan kuchlanish bilan boshqariladigan generator (KBG) uchun boshqarish signali sifatida ishlatiladi. Agar chiqish chastotasi tayanch signalidan farqlansa, u holda xatolik signali KBGga xatolikni kamaytirish tomonga ta’sir etish bilan ortadi. Muvozanat holatida chiqish signali tayanch signali chastotasida qayd etiladi (4.4- rasm).
ChFAQS radiotexnika, telekommunikatsiya, kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalarda keng ishlatiladi. Bu tizim o‘zgarmas chastota signalini generatsiyalashi, shovqinlashgan kommunikatsion kanaldan signalni qayta tiklashi yoki mikroprotsessorlar, YaO‘MIS va boshqalar kabi raqamli mantiqiy sxemalarda sinxronlashtirish signallarini taqsimlashi mumkin. Binobarin, integral sxemada ChFAQS blokini to‘liq yig‘ish mumkin, bu usul ko‘pincha gersning ulushlaridan ko‘plab gigagerslargacha chiqish chastotalarili zamonaviy eletron qurilmalarda ishlatiladi.

4.4- rasm. ChFAQSning tuzilish sxemasi


ChFAQS qurilmasi ham analog, ham raqamli sxemada yig‘ilishi mumkin. Har ikkala usul bir xil tuzilish sxemasiga ega. Ham analog, ham raqamli ChFAQS sxemasi quyidagi asosiy to‘rtta elementlarni o‘z ichiga oladi:



  • fazaviy detektor;

  • past chastotalar filtri;

  • rostlanadigan generator;

  • teskari aloqa (ko‘pincha chastota bo‘lgichini o‘z ichiga oladigan).


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling