Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektronika va sxemalar 1


Download 9.84 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi9.84 Kb.
#1831943
Bog'liq
elektronikaIstamovNew

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Elektronika va sxemalar 1

Mavzu : Yuqorivoltli transformatorlar

Bajardi: Istamov Mirjahon

Reja.

  • 1. Transformatorlar haqida ma’lumotlar.
  • 2. Transformatorning asosiy turi hisoblangan Uch fazali transformator .
  • 3. Xulosa.


Transformatorlar
Transformator (lot. transformare - aylantirish, o’zgartirish) ma'nosini bildiradi, magnit simga ikki va undan ortiq induktiv bog’langan o’ramlarga ega statik elektromagnit qurilma.
Asosiy vazifasi- o’zgaruvchan kuchlanish qiymatini, chastotasini o’zgartirmagan holda o’zgartirib berish, ya’ni kuchlanishni ko’tarish yoki pasaytirish.
Transformatorning turlari
Kuchlanish darajasi: yuqorivoltli, pastvoltli, yuqori potentialli;
O’zgartirish (aylantirish) usuli: ko’taruvchi, pasaytiruvchi;
Fazalar soni: bir yoki uch fazali;
O’ramlar soni: ikki va kўp ўramli;
Magnit simining shakli: sterjenli, toroidal, zirxli.
Vp - Boshlang‘ich kuchlanish bo‘ladi (U1).
VS - Chiqish kuchlanishi bo‘ladi (U2).
Np - Birlamchi o‘ram simlarining soni (w1). NS - Ikkilamchi o‘ram simlarining soni (w2).
Ф (phi) - Magnit oqimi bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning 35, 110, 220, 500, 750 va 1150 kV kuchlanishli uzatish liniyalari mavjud. Ammo o‘ta yuqori kuchlanishlarni bevosita generatorlardan olib bo‘lmaydi. Odatda, elektr stansiyalaridagi generatorlaming nominal kuchlanishi ko‘pi bilan 21 kV dan oshmaydi. Elektr energiyasining iste’molchilari esa bir fazali 220 V; va uch fazali 380 V nominal kuchlanishlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun generatorlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasining nisbatan past kuchlanishli, ammo katta tok kuchiga ega bo‘lgan quvvatini (hozirgi vaqtda 150, 300, 500, 800 va 1200 ming kVt li generatorlar ishlab chiqariladi) yuqori kuchlanishli va nisbatan kichik tok kuchiga ega bo‘lgan quvvatga o‘zgartirish kerak. Bu vazifa transformatorlar yordamida oddiygina hal etiladi. Transformatorning ixtirochisi rus olimi P.N. Yablochkov hisoblanadi. U 1876 yilda elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor trasformatordan foydalangan. Elektr energiyasining bir pog‘onada bo‘lgan u1, i1 kuchlanish va tokini boshqa pog‘onadagi u2, i2 kuchlanish va toka aylantirib beradigan statik (harakatlanuvchi qismlari bo‘lmagan) elektromagnit apparati transformator deyiladi. Yoki bir xil chastotali o‘zgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini o‘zgartirib beruvchi elektrostatik apparat transformator deyiladi. Transformatorlar energetik sistemalarda qo‘llanilishidan tashqari, kuchsiz toklarda ishlovchi hisoblash mashinalari, avtomatika, telemexanika, aloqa, radiotexnika va televidenie qurilmalari zanjirlarida va umuman, elektr kuchlanishini o‘zgartirib berish kerak bo‘lgan barcha joylarda ishlatiladi.
Transformatorlarning asosiy turlari:
  • Bir fazali va uch fazali kuchli transformatorlar - ular elektr energiyani olisga uzatishda, iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi.
  • Avtotransformatorlar - iste’molchiga beriladigan kuchlanishni biroz o‘zgartirish yoki noldan boshlab oshirish uchun ishlatiladi.
  • O’lchov transformatorlar yuqori kuchlanishni va kata toklarni oddiy o‘lchov asboblari bilan lchashga imkon beradi.
  • Payvandlash transformatorlari. Metall buyumlarni, konstruktsiyalarni va hokazolarni eritib, o’zaro ulash uchun xizmat qiladi.

Uch fazali transformator chulg’amlarining ulanish sxemalari.
Uch fazali transformatorlar, asosan, uch fazali tok sistemasini transformatsiyalash uchun ishlatiladi. Uch fazali transformator umumiy po‘lat o‘zakka ega bo‘lib, alohida fazalarning toklari hosil qilgan barcha magnit oqimlari ana shu o‘zak bo‘ylab tutashadi.
Uch fazali transformator sxemasi
Uch fazali transformatorning po‘lat o‘zagi ostki va ustki tomonlardan birlashtirilgan uchta sterjendan iborat. Har bir sterjenda har fazaning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari joylashtirilgan. Chulg‘amlar yulduz yoki uchburchak sxemada ulanishi mumkin. Bu biriktirish sxemalari tegishlicha yulduz va Δ tarzda belgilanadi. Chulg‘amlar qanday sxemada ulanishidan qat’iy nazar birlamchi chulg‘amning bosh (A,B,C) va oxirgi (X, Y, Z) uchlari katta harflar bilan, ikkilamchi chulg‘amning bosh (a, b, c) va oxirgi uchlari (x, y, z) kichik harflar bilan belgilanadi. Birinchi o‘raladigan chulg‘amning o‘ralish yo‘nalishi ixtiyoriy, ammo qolgan fazalarning chulg‘amlari birinchi o‘ralgan chulg‘amning yo‘nalishida o‘ralishi kerak. Faqat shundagina ayrim fazalardagi toklarning va ularni hosil qilgan magnit oqimlari ( ̅ A, ̅ B, ̅ C) larning shartli musbat yo‘nalishi ta’minlangan bo‘ladi. Kirxgofning birinchi qonuniga binoan istalgan vaqt lahzasida uchala faza magnit oqimlarining yig‘indisi doimo nolga teng. Masalan, magnit oqimlarining o‘zgarish grafigidan ko‘rinadiki, ̅ A = ̅ m bo‘lgan t1 vaqtda ̅ A o‘zining musbat maksimal qiymatiga erishgan bo‘lsa, qolgan ikkita magnit oqimi ̅ B va ̅с larning manfiy yarim maksimal qiymatlarga ega bo‘lishi uchala faza magnit oqimlarining po‘lat o‘zak bo‘ylab qo‘shilishini bildiradi, ya’ni
Uch fazali transformatorlarning chulg‘amlarini o‘lash sxemalari va turkumlari.
Uch fazali transformatorlar chulg‘amlarini ulash sxemalarini kasr tarzida ko‘rsatish qabul qilingan. Kasrning suratidagi belgi birlamchi chulg‘amni, maxrajidagi belgi esa ikkilamchi chulg‘amni ulash sxemasini bildiradi. Masalan, uch fazali transformatorning chulg‘amlari yulduz/yulduz sxemada ulangan bo‘lib, yulduz/ yulduz tarzda belgilanadi. Agarda yulduz/uchburchak sxemada ulangan bo‘lsa, yulduz/Δ belgi bilan ko‘rsatiladi. Amalda, asosan kichik va o‘rtacha quvvatli (taxminan 1800 kVA gacha bo‘lgan) transformatorlarning ikala chulg‘amiga nisbatan yulduz usulida ulash sxemasi qo‘llanadi. Bunday ulashda chulg‘amlarning izolyatsiyasi faza kuchlanishiga (Uf = Ul | √ ), uchburchak sxemada ulanganda esa liniya kuchlanishiga hisoblanadi. Odatda, transformatorning yuqori kuchlanishli chulg‘ami (manba tomonidagi) yulduz sxemada ulanadi. Bunda ma’lum qiymatdagi liniya kuchlanishini olish qulay va chulg‘amning o‘ramlar soni kam bo‘ladi. Chulg‘amlarni uchburchak sxemada ulash katta tolarda ma’qul bo‘lgani uchun yulduz/Δ sxema past kuchlanish tomoni katta quvvatli bo‘lgan transformatorlarda qo‘llanadi
Bu nisbat transformatorning transformatsiya koeffitsienti hisoblanadi, ya’ni :
Mazkur koeffitsient transformatorga berilgan kuchlanishning necha marta o‘zgarishini ko‘rsatadi. Agar W1 > W2 va k>1 bo‘lsa, transformator kuchlanishini pasaytirib beruvchi, agar W1 < W2 va k < 1 bo’lsa , kuchlanish orttirib beruvchi hisoblanadi.
Transformator, elektr energiyasini bir voltdan boshqa bir voltga o'tkazuvchi elektromagnit qurilmadir. Bu, elektromagnit maydoni yaratilgan va bu maydon elektr energiyasini bir turidan boshqasiga o'tkazadi. Transformatorlar elektr energiyasini transport qilish, voltni o'stirish yoki pastirish, yoki elektr energiyasini qurilmaning zarur voltiga moslashtirish maqsadida foydalaniladi.
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://eti.su/articles/electrotehnika/electrotehnika_305.html
LMS dan ma’ruzalardan.
https://www.google.com/search?q=yuqori+voltli+transformatorlar+prezentatsiya&sca_esv=583722703&rlz=1C1GCEA_enUZ1037UZ1037&tbm=isch&sxsrf=AM9HkKnzMmXRi8brC9tmdEQtevu1f4nE7A:1700376424917&source=lnms&sa=X&ved=2ahUKEwjuj6rmu8-CAxUkIhAIHXb5C0gQ_AUoAXoECAEQAw&biw=1396&bih=632&dpr=1.38#imgrc=LglDuGl78IL1SM
Download 9.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling