Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti latex fanidan
Download 20.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqLatex Mustaqil ish
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI LATEX FANIDAN MUSTAQIL ISHI Bajardi 652-21-guruh talabasi: Xayitmirzayev Qodirjon Tekshirdi: Dilov To’lqin Toshkent -2023 Hujjatning mantiqiy tuzilishi. Izohlar va eslatmalar yaratish Qaysidir maʼnoda, LaTeXda hujjat yaratishni dasturlashga oʻxshatish mumkin. Chunki, unda yaratilgan hujjat — bu turli buyruq va operatorlarning ketma-ketligi koʻrinishidagi fayl. Hujjatning oʻzi preambula va asosiy qism ga boʻlinadi. P reambulada yaratilayotgan hujjatning toifasi, sahifa oʻlchamlari, ishlatiladigan paketlar roʻyxati, hujjat muallifi, yaratilgan sana va boshqalar aniqlanadi. Masalan, preambulaning koʻrinishi quyidagicha boʻlishi mumkin: (LaTeX da izohlar % belgisi yordamida beriladi): H ujjatning asosiy qismi \begin{document} va \end{document} buyruqlari orasida yoziladi. Hujjat uslubi va ta'rifi. Hujjat - keng maʼnoda maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). Hujjat matn, tasvir, tovush va boshqalardan ibo-rat boʻlishi mumkin. Mazmuniga koʻra, Hujjat ilmiy-texnika Hujjatlari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va h.k.), huquqiy Hujjatlar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h.k.), boshqaruv Hujjatlari (buyruqlar, koʻrsatmalar, qarorlar va h.k.) ga boʻlinadi. Shakllanish manbaiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar, anno-tatsiyalar va h.k.) Hujjatlar farqlanadi. Idora Hujjatlari toʻplami, odatda, kirish, chiqish va ichki (xizmatda foydalanish uchun) Hujjatlariga boʻlinadi. Masalan, bank muassasasi Hujjatlari ichidagi mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: toʻlov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish Hujjatlari; bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan Hujjatlar chiqish Hujjatlari hisoblanadi. Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: Mazmuniga ko‘ra sodda vamurakkabhujjatlar farqlanadi: Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bularga ariza, e’lon, tilxat, kafolatxati va boshqalar kiradi. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy, qolipli hujjatlar farqlanadi. Xususiy hujjatlar – tashkilotlarda matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, mazmun bayoni erkin bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga xizmat, so‘rov, iltimos, javob, kafolat, axborot xatlari va boshqalar kiradi. Qolipli hujjatlar – odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladigan hujjatlardir. Butur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Bularga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqalar kiradi. Namunaviy hujjatlar – boshqaruvning muayyan bir vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladigan hujjatlardir. Bularga tavsiyanoma, ariza, e’lon, taklifnoma va boshqalar kiradi. Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi. Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi: Shaxsiy hujjat– yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi. Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi LATEX hujjatining umumiy tarkibi LATEXda doimo yozilishi shart bo’lgan bir nechta buyruq mavjud. LATEX hujjati asosan ikki qismdan iborat bo’ladi: 1.Bosh qismi (priambula). a) Bu qismda dastlab |documentstyle [x] {hujjat turi} buyrug’i yoziladi. Bunda [X] - belgilar o’lchovini bildiradi. Agar [X] yozilmasa, X=10pt o’lchovli belgilar; X=11pt bo’lsa, 11pt o’lchovdan 10 foiz katta belgilar; X=12pt bo’lsa, 12pt o’lchovdan 20 foiz katta belgilar ishlatiladi. Misol: |documentstyle [12pt] {article} b) hujjat varag’ining o’lchovlarini berish: |textwidth{170mm} - eniga 170 mm; |textheight{240 mm} - bo’yiga 240 mm li varaq hosil qilinadi. v) Foydalanuvchi xohishiga qarab yangi buyruqlar kiritilishi mumkin: |newcommand{yangi buyruq} {standart buyruq}. Misol: |newcommand{|be} {|begin{equation}}. |newcommand{Ve} {Varepsilon}. 2.Asosiy qism. U quyidagi ko’rinishda bo’ladi: |begin{document} |end{document} Bunda |end{document} buyrug’idan keyin kiritilgan matn, LATEX tizimi ishchi matni hisoblanmaydi. Demak, LATEX hujjatining umumiy tarkibi: |documentstyle [A4,11pt] {article} |textwidth{17sm} |textheight{24cm} .................................. |begin{document} |end{document} ko’rinishda bo’ladi. LATEX buyruqlari LATEX buyruqlari belgi bilan boshlanadi. Buyruqlar ikki xil bo’ladi: buyruq so’zlar va buyruq belgilar. Buyruq so’zlar belgi bilan boshlanib, harflardan iborat bo’ladi. Masalan: Latex, quad, |frac, ... Latex da buyruqlarning katta yoki kichik harflar bilan yozilishi farqlanadi: |gamma buyruq harfini; Gamma esa G ni bilidiradi. Buyruq belgilar va bitta belgi bilan ifodalanadi. Misol: |$, |; va h.k. Oddiy matnni buyruqsiz kiritish mumkin. Oddiy matn kiritayotganda quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim: Download 20.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling