Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


Download 0.66 Mb.
Sana15.12.2020
Hajmi0.66 Mb.
#167579
Bog'liq
Komp tar 2-mustaqil ish dline Otamurodov



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Kompyuter tarmoqlari” fanidan
2-mustaqil ish

Mavzu: MAN tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar

Bajardi:Otamurodov Anvarjon

Mavzu: MAN tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar
Reja:

1.Tarmoq nima.

2.MAN tarmog’i haqida.

3.LAN,WLAN tarmoqlari haqida.

Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshka kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo'ladi. Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq.Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshka axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.

Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog'isiz tasavvur qilib bo'lmaydi.Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir. Tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo'lishi mumkin.

Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.

Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:

1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:

- past  100 Kbit/ s gacha;

- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;

- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq. 



2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:


Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin:

1. Global tarmoqlar.

2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.

3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar.


Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror bir mintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo'ladi. Misol: biror korxona yoki tashkilotga mahallliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin.Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.

- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;

Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, birorshaharichidagiyokiiqtisodiyregiondayokialohidabirmamlakatdajoylashganabonentlarnibirlashtiruvchitarmoq.



Ma'muriyat tizimlari—tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya kilish vazifasini bajaradi.

Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko'p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari keng tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog'idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini o'zi "tarmoqlar orasida" ma'nosini bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega.



Kompyuterning mahalliy tarmoqqa ulashning 3 turi mavjud.

Yulduzsimon_.__Xalqasimon'>1. Xalqasimon.

2. Shinali.

3. Yulduzsimon.

Xalqasimon bog'lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo'yicha bog'langan bo'ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo'ladi. Axborot xalqa bo'yicha kompyuterdan kompyuterga o'tadi.



Shinali bog'lanishda esa ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo'yicha har ikki tomonga uzatiladi.

Yulduzsimon bog'lanishda markaziy kompyuter mavjud bo'lib, unga qolgan barcha kompyuterlar bog'langan bo'ladi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

  1. Musayev M.M., Qahhorov A.A.,Karimov M.M. Kompyuter tarmoqlarini yig`ish. Akademik litsey va kollejlari uchun o`quv qollanma. T.:”ILM ZIYO”, 2006.-160 b.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling