Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi Filiali ki fakulteti atc -11-19 Guruh talabasi


O‘zgaruvchan va o‘zgarmas rezistorlar va ularning hossalari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana04.11.2021
Hajmi0.78 Mb.
#170467
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish 3

O‘zgaruvchan va o‘zgarmas rezistorlar va ularning hossalari. 

Rezistorlar  o‘zgaruvchan va o‘zgarmas bo‘ladi. O‘zgaruvchan rezistorlarning 

miqdori ma’lum  oraliqda o‘zgarishi  mumkin. 

O‘zgarmas rezistorlar  ham, o‘zgaruvchan rezistorlar  ham simli  yoki simsiz bo‘lishi 

mumkin. 


Elektronika  sanoatida har xil  nominal  miqdorli  simsiz 

o‘zgarmas rezistorlar ishlatiladi. 

Quyida radioapparaturalarda  uchraydigan  rezistorlarning  turlarini  tavsifi 

keltirilgan. 

VS (vыsokostabilnыye — yuqori stabilli)  turdagi  rezistorlar  chinni  o‘zak yoki 

naycha ko‘rinishida bo‘lib, ularning  ustiga  tok o‘tkazuvchi yupqa uglerod qatlami 

surkalgan.  Bu qatlam  namga chidamli  izolyasiyalovchi  himoya  lak  qatlami  bilan 

qoplanadi. 



Rezistor korpusining  ikki  uchiga chiqarish simlari  ulangan.  Har xil  quvvatli 

rezistorlarning  tashqi ko‘rinishi  17-a rasmda ko‘rsatilgan. VS turdagi rezistorlar 

namlik  yuqori (95—98 % gacha) va atmosfera bosimi 90 mm simob ust. gacha 

bo‘lgan sharoitda,—60° dan +70° S gacha haroratlar  oralig‘ida  uzoq muddatgacha 

ishlashi  mumkin. 

VS tipdagi rezistorlar  0,25 dan 10 Vt gacha bo‘lgan tarqalish  quvvatiga 

mo‘ljallanib,  har xil  miqdorli  qilib ishlab  chikariladi. 

Rezistorlar  korpusida uning  nominal  miqdori (raqam bilan)  va yo‘l qo‘yilgan 

og‘ish miqdori (foiz bilan)  ko‘rsatiladi. 

Kuchlanish  ostida bo‘lgan rezistor shovqinining  E. Yu. K. qarshilikda  pasayadigan 

har bir volt kuchlanish  uchun 5 mkv dai oshmaydi. (mkV/V). 

Katta miqdorli  rezistorlar  uchun qisqartirilgan  belgilar  qo‘llaniladi:  ming  «K» harfi 

bilan,  million  «M» harfi  bilan  almashtiriladi.  Agar rezistor ustida nominal 

miqdordan yo‘l qo‘yilgan  og‘ish miqdori ko‘rsatilmagan  bo‘lsa, u holda bu 

miqdorni ± 20 % deb bilish  kerak. Nominal  tarqalish  quvvati  1 Vt yoki undan 

oshiq bo‘lgan rezistorlar  korpusida nominal  tarqalish  quvvati  miqdori ham 

ko‘rsatiladi. Masalan,  nominal  (quvvati  1,0 vt bo‘lgan 2-sinf aniqlikdagi  100000 

Om li  rezistor quyidagicha  belgilanadi:  100kΏ, 10% 1,01W . 

MLT (metallizirovannne,  lakirovannne,  teplostoykiye  — metallangan,  laklangan, 

issiqqa chidamli)  t u r d a g i r ye z i s t o r l a r tashqi muhit  harorati-60°  dan 

+120° S gacha o‘zgarib turganda, havoning  nisbiy namligi  98% va atmoofera 

bosimi past (40mm.  simob. ust.gacha) bo‘lgan sharoitda ishlay  oladi. 

MLT turdagi  rezistorlarni  0,5; 1,0; 2,0 Vt tarqalish  quvvatlariga  mo‘ljallab,  har xil 

miqdorli  (100 om dan 10

7

om gacha) qilib  ishlab chiqariladi. 



Rezistorlarda yo‘l qo‘yilgan shovqin E. Yu. K. miqdori bo‘yicha ikki  guruhga 

bo‘linadi:  «A» guruh —shovqin E. Yu. K. 1 mkv/v gacha va «B» guruh  — 

shovqin E. Yu. K. 1 dan 5 mkV/V  gacha. 

MLT rezistorlarni  markalashga  misol:  MLT-2-330  kOm — II—B. Bu nominal 

tarqalish  quvvati  —2 Vatt, qarshilikning  nominal  miqdori  — 330 kOm, 2-sinf 

aniqlikda,  «B» guruxli  (shovqin E. Yu. K. 5 mkV/V  dan ortiq emas) ekanligini 

ko‘rsatadi. 



ULM (uglerodistыye,  lakirovannыye,  malogabaritnыye  — uglerodli,  loklangan, 

kichik  gabaritli)  turdagi  rezistorlar  o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida 

ishlatishga  mo‘ljallangan.  Ularni  har xil  miqdorli  (27 Om dan 1 MOm gacha) qilib, 

nominal  tarqalish  quvvati  0,12 Vt ga mo‘ljallab  ishlab chiqariladi. 

 

Bu rezistorlar  — 60° dan + 100° S gacha harorat oralig‘ida 



nisbiy namlik  98 % gacha va atmoofera bosimi 40 mm. sim. 

ust. gacha bo‘lgan sharoitda ishlay  oladi. 

ULM turdagi  rezistorning  og‘irligi  0,2 gr dan 

oshmaydi. MLT va ULM  rezistorlarning  tashqi 

ko‘rinishi  17-v rasmda ko‘rsatilgan. 

 

 




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling