Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchlanishlar rezonansi.
Parallel va ketma ketli rezonans
Unsurlar ketma–ket ulangan zanjirda rezonans. 15.4–rasmda r, L va C qismlari ketma– ket ulangan sxema tasvirlangan. Mazkur zanjirning kompleks qarshiligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: Oqibatda, rezonansga erishish uchun zanjirga ulangan kuchlanishning yoki chastotaniyoki g‘altakning induktivligini,yoki kondensatorlarning sig‘imini o‘zgartirib erishiladi. Rezonans kuzatilganida (paydo bo‘lganida) burchakli chastotaning induktivlik va sig‘imning qiymatlari quyidagi ifodalardan topiladi: Bunda burchakli chastota ω0 rezonansli chastota deb ataladi. Zanjirning ulanish nuqtasidagi U kuchlanish o‘zgarmas bo‘lganida va rezonans holatida zanjirdagi tok o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. Chunki Om qonuniga muvofiq I=U/r, va reaktiv qarshiliklarning qiymatlariga bog‘liq emas. 15.2–rasmda rezonans holatidagi vektorli diagramma tasvirlangan. XL =Xc shartda va reaktiv qarshiliklar qiymati bo‘yicha r aktiv qarshilikdan katta bo‘lgan holatda shunday oniy vaqt paydo bo‘ladiki, bu vaqtda reaktiv g‘altak va kondensatorlarning ulanish nuqtasidagi kuchlanish zanjirningning ulanish nuqtasidagi kuchlanishdan ortib ketadi. Kuchlanishlar rezonansi. R, L va C lar ketma–ket ulangan holatdagi rezonansni kuchlanishlar rezonansi deb ataladi. Elektr zanjirida reaktiv unsurlardagi kuchlanishni ta’minot ulanish nuqtasidagi kuchlanishdan ortib ketishi quyidagi shart qanoatlantirganida o‘rinli bo‘ladi: Mazkur ifoda (15.10) induktivli va sig‘imli qarshiliklarga ulanish nuqtasidagi kuchlanishni to‘liq zanjirning ta’minoti ulanish nuqtasidagi kuchlanishdan ortish karraligini ifodalaydi. Q ga teskari bo‘lgan hamda rezonansli xossalarni tavsiflovchi quyidagi kattalik d= 1 𝑄 konturning so‘nishi deb ataladi. Taminot tarmog‘ining chastotasi asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblandi hamda ko‘pincha rezonanis hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tavsiflarni belgilaydi malumki va bunday bizni sanoat uchun 50 Gs AQSh va Yaponiyada ushbu ko‘rsatkich 60 Gs texnalogik jarayolarda yuqori va o‘ta yuqori chastotalar ishlatilishi mumkin. Rezonanis hodisasiningtavsifiy jixatlariga va uni chastotalarli tavsiflarga bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir hususiy holatlariga to‘xtalamiz: Tarif: Chastotali tavsiflar deganda chastotaning zanjir parametrlari (y, x, t, g, v, u) ga hamda parametrlari bilan aniqlanadigan φ=arctgx/r, cosφ=r/z kattaliklarga bog‘liqligi tushuniladi. Rezonans hodisalar mexanikada ham sodir bo‘ladi. Shunga o‘xshash elektrotexnikada tebranish konturi sifatida kondensator va g‘altakdan iborat zanjirdagi tebranish jarayonlari o‘rganiladi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling