Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Kuchaytirgichlarning tasniflanishi


Download 288.05 Kb.
bet2/2
Sana06.11.2021
Hajmi288.05 Kb.
#170941
1   2
Bog'liq
3-mustaqil ish elektronika va sxemalar

Kuchaytirgichlarning tasniflanishi . Kuchaytirgichlar turli belgi- lariga ko‘ra tasniflanadi : kuchaytirish koeffitsiyentlari , kirish va chiqish qarshiliklari , o‘tkazish polosasi ( ishchi chastotalar diapazoni ) , kuchaytirilgan signal buzilish darajasi va boshqalar . Har qanday kuchaytirgich piravordida quvvat kuchaytirgich bo’lishiga qaramasdan, kuchaytiriladigan kattaliklari turiga qarab , ularni kuchlanish , tok va quwat kuchaytirgichlarga ajratiladi . Kuchaytiriladigan kattaliklari turiga muvofiq kuchaytirish koeffitsiyentlari :

Kuchlanish bo’yicha :



Tok bo’yicha :



Quvvat bo’yicha :



Har bir kuchaytirgich o ‘zining kirish va chiqish differensial qarshiligi :





bilan ifodalanadi .

Agar kaskad kuchlanish bilan boshqarilsa va potensial chiqishga ega bo‘lsa , kuchaytirgich kuchlanish kuchaytirgich deb ataladi va u kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti KU , bilan ifodalanadi .

Agar kaskad tok bilan boshqarilsa va tokli chiqishga ega bo‘lsa , kuchaytirgich tok kuchaytirgich deb ataladi va u tok kuchaytirish koeffitsiyenti KI bilan ifodalanadi .



Agar RKIR=RG RCHIQ=Ryu bo‘lsa , kuchaytirgich quvvat kuchaytirgich deb ataladi va u quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti KR bilan ifodalanadi . Bu holda kirish signali manbayi

ga teng maksimal quwat uzatadi, kuchaytirgich esa yuklamada bo‘lishi mumkin maksimal quwatni hosil qiladi



Bundan maksimal quwat kuchaytirish koeffitsiyenti



Amalda ushbu kattaliklaming logarifmlari bilan ishlash qulay.



Kuchaytirilayotgan chastotalar diapazoniga ko‘ra kuchaytirgichlar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Ular kuchaytirgichning o‘tkazish polosasiga ko‘ra farqlanadi. Har bir kuchaytirgich uchun past va yuqori chegaraviy chastotalar kiri- tiladi. Bu chastotalarda kuchaytirish koeffitsiyenti - 3dB ga pasayadi. O‘zgarmas tok kuchaytirgich kirish signalini nolinchi chastotadan yuqori chegaraviy chastotagacha bo‘lgan diapazonda kuchaytiradi (0 f ). O‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: - past chastota kuchaytirgichlar (PCHK) - kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni birlarcha gersdan yuzlarcha kilogersgacha; -yuqori chastota kuchaytirgichlar (YuCHK) - kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni yuzlarcha kilogersdan megagersgacha; - keng polosali kuchaytirgichlar - kuchaytirish diapazoni o‘nlar- cha gersdan yuzlarcha megagersgacha; - tanlovchi (rezonans) kuchaytirgichlar juda tor chastotalar dia- pazonida kuchaytiradi. Bitta kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti odatda 30 dBdan osh- maydi. Kuchaytirishni kattalashtirish uchun ko‘p kaskadli kuchaytir

gichdan foydalaniladi. U ketma-ket ulangan bir necha kaskaddan tashkil topgan boMadi. Kaskadlarni raqamlash kirishdan boshlanadi. Birinchi kaskad kirish kaskadi bo‘lib, u kuchaytirgichni kirish signali manbai bilan muvofiqlashtiradi. Kirish signalini minimal so‘ndirish uchun u katta kirish qarshilikka ega bo‘lmog‘i lozim. Oraliq kaskad kirish kaskadiga yuklama bo‘lib, kirish kaskadini chiqish kaskadi bilan muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. Chiqish kaskadi aksariyat hollarda quwat kuchaytirgichni tashkil etadi. Ulanish zanjirlariga muvofiq ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar quyidagi turlarga ajratiladi: - galvanik (bevosita) ulanishli kuchaytirgichlar - ham 0‘zgaruv- chan, ham o‘zgarmas signallami kaskadlararo uzatish imkonini beradi; - RC - ulanishli kuchaytirgichlar - ilgarigi kaskad chiqishini keyingi kaskad kirishi bilan rezistor - sigMmli zanjir orqali bog‘lash; - induktiv (transformatorli) ulanishli kuchaytirgichlar - kaskadlar orasiga transformator ulash. Integral ko‘rinishda yaratilgan kuchaytirgich qurilmalarda faqat galvanik ulanishdan foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

X.K . Aripov , A.M.Abdullayev Elektronika

WWW.ziyonet.uz

www.arxiv.uz



www.org.uz
Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling