Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona


Download 0.66 Mb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1022601
1   2   3   4   5
Bog'liq
691-21 Guruh Xurshid Otajonov mustaqil ish-2

2.Elektr asboblar
Elektronik sxemalar Hozirgi zamon mashinalari, stanoklari, apparaturalari va asboblarining ko'pchiligida mexanikaviy, pnevmatik ham da elektr konstruksiyalar mavjud. Mashinalarning ish prinsipini ularning yig'ish chizmalariga va umumiy ko'rinishlar сhizmalariga qarab o'rganish juda qiyin, shuning uchun ko'pincha soddalashtirilgan maxsus tasvirlar, ya'ni sxemalar bajariladi. Bunday sxemalar mashinalarning ish prinsipini tezda tushunib olishga imkon beradi. Buyumning tarkibiy qismlari va ular orasidagi bog'lanishlar shartli tasvirlar yoki belgilar ko'rinishida beriladigan konstruktorlik hujjatlari sxemalar deb ataladi.Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo'lib, unda buyum qismlarining tarkibi va ular orasidagi bog'lanishlar ko'rsatiladi. Buyumlarni loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish ham da mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazolarning harakat (ish) jarayoni ketma-ketligi sxemalarda tushun tirib beriladi. Barcha sxemalar standart talabi bo'yicha chiziladi.

Ular, asosan, to'g'ri burchakli proyeksiyalarda bitta ko'rinishda yoyilgan holda chiziladi. Zarur bo'lganda aksonometrik proyeksiyada chizilishi ham mumkin.


Sxemalar masshtabga rioya qilnnasdan chiziladi. Standart detallar uchun chizmalarda yozma tushuntirishlar berilmaydi, ammo standart bo'lmagan detallarga yozma tushuntirishlar berilishi shart. Sxemalarda mashina hamda mexanizmlarning yig'ish birliklari yaxlit tasvirlanadi va ular sxema elementlari deyiladi. Bularga asos, podshipnik, mufta va boshqalar kiradi. Sxemalarda buyum larga kirmaydigan elementlar buyum uchun xizmat qiladigan bo'lsa, ular ingichka shtrix- punktir chiziq bilan tasvirlanadi. Lekin uning joyi va bajaradigan ishi tushuntirish matni orqali ifodalanadi. Standart tomonidan quyidagi atama va ta'riflar yetakchi tasnifli guruhlarda belgilangan.
1. Sxema element — sxemaning tarkibiy qismiga kiruvchi va m a'lum bir vazifani bajaruvchi, ammo m ustaqil ish bajaruvchi, m asalan, nasos, transform ator, kom pressor, mufta kabilar.
2. Moslama — yagona konstruksiyaga ega bo'lgan elementlar yig'indisi, apparat, mexanizm biror buyumda aniq birvazifaga ega bo'lmasligi mumkin.
3. Funksional guruh — yagona konstruksiyaga kirmasa- da, buyumda ma'lum bir vazifani bajaradigan elem entlar yig'indisi.
4. Funksional qlsm — ma'lum vazifani bajaruvchi funksional guruh va moslama elementi.
5. Funksional zanjir — m a'lum yo'nalishda ish bajaradigan chiziq, kanal, trakt.
6.O‘zaro bog'lanish chizig'i — buyumdagi funksional qismlar orasidagi bog'lanishni ko'rsatuvchi chiziq bo'lagi.
7. O 'rnatish — energetik inshootlarda sxemasi chiziladigan obyektning shartli nomi. Sxemalarning turi va ko'rinishlari standart barcha sanoat tarmoqlari bo'yicha sxema turlari va ko'rinishlarini chizish uchun tasdiqlagan. Sxemalar buyumning tarkibiy elem entlari ham da ularning o'zaro bog'lanishlariga qarab harflar bilan belgilanadi:
1.Strukturali sxema — buyum qism ining asosiy funksiyasini, o'zaro bog'lanishi va vazifasini aniqlaydi. Funksional qismlarini to'g'ri to 'rtburchak shakllarda tasvirlash qabul qilingan bo'lib, ularga sxema elementlarining raqami, belgisi, turi yoziladi. Ba'zi elementlarni shartli grafik belgilarda tasvirlashga yo'l q o 'yiladi.
2.Funksional sxemada — buyum funksional qismlarining ayrimlari yoki barchasida ro'y beradigan jarayonlar tasvirlanadi.Buyumning ish jarayonini o'rganishda va buyumni sozlashda, nazorat qilishda va ta 'mirlashda foydalaniladi. 3. Prinsipial sxemada — buyumning tarkibiy elementlari hamda ular orasidagi bog'lanishlarning barchasi ko'rsatiladi. Shunga ko'ra, sxemaning bu turi buyumning ishlash jarayoni to'g'risida to 'la m a'lumot beradi.
4. Birlashtirish (montaj) sxemasi — buyum qismlari orasidagi o'zaro birlashishlar ko'rsatiladi. Unda shunday birlashishlarni amalga oshirish vositasi b o 'Igan o 'tkazgich, kabel, truboprov od kabilar aks ettiriladi.
5.Ulash sxemasida buyumning tashqi tom oni bilan boshqa buyumga birlashish (ulanish) joyi ko'rsatiladi.
6. Umumiy sxemada kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib), foydalanish joyida qanday nnontaj qilish haqida m a'lumot beradi. Buyum elementlarining o'zaro joylashishi sxemada taxminan to 'g'ri tasvirlanadi.
7. Joylashtirish sxemasida buyum tarkibiy qismlarining birbiriga nisbatan qanday joylashtirilganligi ko'rsatiladi.
8.Birlashtirilgan sxemada biror maqsadni ko'zlab, ikki- uch xil sxemalar turi birlashtirilib tasvirlanishi mumkin. Masalan, prinsipial va montaj (birlashtirish), biriktirish va ulash sxemalari.Bunday biriktirishlar sxema turi va ko'rinish hujjati bilan aniqlanishi lozinn. Masalan, elektr prinsip>ial sxemasi va ulash sxemasi.
9.Kombinatsiyalashtirilgan sxemada buyum tarkibiga turli elementlarning ko'rinishlari kiritilishi munosabati bilan, buyum uchun bir turdagi sxemalarning bir qanchasini tuzish talab qilinadi. Bunday sxemalarni bitta kombinatsiyalashtirilgan sxem a bilan aim ashtirish lozinn bo'ladi, m asalan, elektr-gidravlik prinsipial sxema.
10.Turli ko'rinish va turlar sxemalari. Bunday sxemalar tarmoq standartlari tomonidan joriy etilgan kod, tur va ko'rinishlarda bajariladi. Sxemalarning shifri, u larni o'qish, b ajarishga q o'yiladigan talablar ularda qo'llaniladigan shartli grafik belgilar standartlarda ko'rsatilgan. Ish jarayonida standartlarning talabiga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Sxemaning shifri standartga muvofiq uning turini ko'rsatuvchi harf va turini belgilovchi raqamdan tashkil topadi. Masala n, pnevm atik strukturali sxema — P1, kinematik funksional sxema — K 2 va h.k. Sxemalarda tasvirlanayotgan buyum elementlari ustma-ust tushmasligi va o'qish oson bo'lishi uchun mazkur elementlar qulay vaziyatda joylashtiriladi. Bundan tashqari, grafik belgilarni bog'lovchi chiziqlar imkoni boricha kam sinadigan va kesishadigan bo'lishi hamda parallel bog'lovchi chiziqlar orasidag masofa 3 mm.dan kam bo'Imasligi lozim. Elektr sxemalarda qo'llaniladigan shartli grafik belgilarning o'lchamlari standartda berilgani holda boshqa turdagi sxemala r elementlarining o'lchamlari nisbati ularning haqiqiy o'lchamlari nisbatiga taxminan mos kelishi lozinn. Sxemalarda buyumning tarkibiy elementlari raqamlar bilan belgilanadi, ya'ni ularning vaziyat raqam belgilari qo'yiladi. Har bir elementning tartib raqami harakat boshlanadigan joydan boshlab chiqarish chizig'i tokchasiga qo'yiladi. Tokcha ostiga, kerak bo'lganda, element to'g'risida tushuntirish yoziladi. Sxemalar harakatga keltiriladigan joydan boshlab o'qiladi.O'qish paytida har bir elementning shartli tasvirlanishini o'qish qiyinlik qilsa, ularni shartli belgilar bilan taqqoslab o'qish tavsiy a etiladi.
Sxema elementlarining shartli grafik Ibelgilari bog'lanish chiziqlarining yo'g'onligida chiziladi. Bog'lanish chizig'i yo'g'onligi 0,2— 1,0 mm atrofida olinadi. Bitta sxemada barcha chiziqlar bir xil tanlangan yo'g'onlikda chizilishi shart. Sxemada barcha shartl 1 grafik belgilar standart tomonidan qabul qilingan vaziyatda chizilishi lozim. Lekm ba'zi maqsadlarni ko'zlab, ularni 90° ga burib yoki 180° ga ag'darilb tasvirlash mumkin. Raqamli yoki harfli-raqamli belgilari bor sxema elementining shartli grafik belgisini 90° yoki 45° ga burib tasvirlashga yo'l qo'yiladi. Sanoat va qurilishning barcha tarmoqlaridagi buyum lar uchun qo'lda yoki avtom atlashtirilgan usulda bajariladigan sxemalarning shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy tatbiq qilinishga mo'ljallangan. Prinsipial elektr sxemalarida elementlar shartli grafikaviy belgilar ko'rinishida chiziladi. ESKDda elektr sxemalarning shartli grafikaviy belgilanishiga bir necha standartlar bag'ishlangan, shuning uchun belgilar bilan «Elektrotexnika» kursini o'zlashtirgandan keyingina to'la tanishib chiqish mumkin. Buyum Iar uсhun elektr sxem alar elektr tarmoqlaridan uzilgan holatda chiziladi. [Elektr bog'lanish chiziqlari sxema formatiga qarab 0,S 2 mm. dan 0,6 mm. gacha yo'g'onlikda chi — ziladi. Sxemada tasvirlangan har bir elementning harf va raqamli pozitsion nomeri bo'lishi kerak, bu raqam harfli belgidan va elementning tartilb raqamidan tuzilgandir, masalan, kondensatorlar Elektrod- asbob V gayka- polzun G ga mahkamlanadi, gayka polzun D vintdan harakat olilb suriladi. Vint D ni elektr dvigatel aylantiradi. [Elektr dvigatel valining aylanma harakat tezligini kamaytirish uchun chervyakli reduktor E qo'llanilgan. Elektr dvigatelining vali chervyakvali bilan elastik mufta orqali, chervyakli g'ildirak vali esa vint D bilan biriktirilgan. Sxemada chervyakli uzatnna ko'rsatilnnagan. Elektrod- asbob surilishining yo'nalishini o'zgartirishga elektr dvigatelni reversiyalash (harakat yo'nalishini o 'zgartirish), ya'ni uning valini orqaga aylantirish yo'li bilan erishiladi. Elektr dvigatelining yuqori regulirovka qilinmaydigan akkumulator batareyasi bilan ketma- ket ulangan rezistor (qarshilik) (gavdalanadi. Bunday ulashda batareya qo'shimcha tok manbayi bo'ladi. Elektr dvigateli yuqoridagi kuchlanish batareya kuchlanishi bilan rezistor (dagi kuchlanish orasidagi ayirmasiga (farqqa) teng bo'ladi.
Asboblar va ishlov beriladigan buyum o 'rtasida кatta oraliq bo'lganda rezistor da kuchlanish pasaymaydi, elektr dvigatel vali aylana boshlaydi, bu elektrodlar orasida elektr zarrachalari razryadlari hosil bo'Imaguncha elektrodlar birbirlariga yaqinlashaveradi.

Shu paytda rezistor ( dava elektr dvigatel yakorida kuchIanish pasayadi (kamayadi). Agar elektrodlarda qisqa tutashuv bo'lib qolsa, rezistor (2) dagi kuchlanishning pasayishi batareya dagi kuchlanishning pasayishiga qaraganda katta bo'ladi. Bu holda yuqoridagi kuchlanish quttblari o 'zgaradi («+» qutlb «— » qutb bo'ladi) va elektr dvigitel yuqori orqaga (teskari) aylana boshlaydi, elektrodlar esa bir- biridan uzoqlashadi.
1.Yagona tartib belgi shartli belgilanishda joylashishiga ko'ra bir nechta ifodalarni tasvirlashi mumkin. Masalan, nuqta belgisini ko'ramiz. Bu belgi yordamida o'tkazgichlarning tutashgan joyini,impulsli quvurlarning tarmoqlanish joyini, kontaktlarning harakatlanuvchi qismini, ionli qurilmalarning gaz to'l dirish nuqtasini, ko'p fazali chulg'amlarning neytral nuqtasini , chulg'amning boshlanish nuqtasini, ko'p karrali kontaktlarning yopiq holatdagi nuqtasini boshqalarni
ifodalash mumkin.
2. Turli tipdagi sxemalarda ayni bir belgi berilishiga ko'ra, turli belgilarni ifodalashi mumkin. Masalan, to'g'ri to'rtburchak prinsipial sxemalarda qo'llanganda, rele chulg'ami magnitli ajrat kichni va kontaktorni ifodalaydi;


Strukturali va funksional sxem alarda ishlatilganda qurilnnalarning funksional qismlarini, o'tkazgich ishlarni loyihalashda ishlatilganda shchit, pult, shtativ va boshqalarni ifodalaydi.
3. Ishlab chiqarish belgilarini tuzishda, u yoki bu aniq hollar da, umumiy belgilar yetishmay qolgan bo'lsa, asosiy olinadi gan umumiy belgilari standard bo'yicha o'rnatiladi.
4. Shartligrafik belgilarning ayrim qismlari va elementlari bitta tipdagi sxemalar uchun bir emas, bir sechta belgilarga ega bo'lib, ularning har birini muayyan holatlarda qo'llash kerak.shaklda transformator chulg'amining 3 ta standart ko'rsatkichlari berilgan ko'rsatkich yorug'lik va quvvatlantirish sxemalarida qo'llaniladi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling