Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti


Download 1.22 Mb.
bet2/11
Sana21.01.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1106165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishiAliyeva Dilrabo

1.Tizimli tahlil
1.1. Nutq va nutq a’zolari
Nutqni hosil qiluvchi inson aʼzolarining barchasini markaziy nerv sistemasi nazorat qiladi. Bu aʼzolarning qanchalik qatnashishi, tebranishi yoki shu kabi xususiyatlariga ko‘ra, dasturiy mahsulot ishlab chiqarishdagi ishlatiladigan parametrlar o‘zgaradi. Inson nutqining bu parametrlariga quyidagi parametrlar kiradi:
1. Nutq tovushlarining balandligi – maʼlum vaqt ichida paychalarining tebranishiga ko‘ra har xil chiqishidir. Bu tebranishlar nutq tovushining amplitudasiga taʼsir ko‘rsatadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi – maʼlum kenglikdagi maydondan maʼlum vaqtda o‘tadigan energiya miqdoridir. Bu ko‘rsatkich nutqning energiyasi va quvvatiga taʼsir ko‘rsatadi.
3. Nutq tovushlarining tembri – asosiy ton bilan hosil bo‘ladi. Bu parametr har xil odamlar uchun har xil bo‘ladi. Shuning uchun bu parametr inson nutqni tanib olish tizimlarida ishlatiladi.
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi a'zolar nutq a'zolar deyiladi. Nutq a'zolarining hammasi nutq apparati deb ataladi. Nutq apparati quyidagi qismlarga bo'linadi:

  1. Nafas yo'li ( bunga o'pka, bir juft bronxlar va nafas yo'li yoki traxeya kiradi). Nafas yo'li tovush hosil qilish uchun havo manbai sanaladi, ya'ni o'zidan yuqoridagi nutq a'zolariga havo yetkazib beradi.

  2. Bo'g'iz bo'shlig'i (bunga halqasimon, piramidasimon,qalqonsimon tog'aylar hamda ovoz (un) paychalari kiradi).Uning vazifasi ovoz (un) manbaidir. Chunki bo'g'izda ko'ndalang joylashgan elastik, yupqa un paychalari mavjud bo'lib, so'zlash paytida o'pkadan chiqayotgan havoning kuchi bilan titraydi va ovoz hosil qiladi. Unlilar, sonor va jarangli undoshlardagi ovoz ana shu paychalarining bo'g'iz bo'shlig'i va tebranishi natijasidir.

  3. Og'iz bo'shlig'i (bunda til tanglay, kichik til, tishlar joylashgan). U shovqin manbaidir. Chunki bo'g'iz orqali o'tgan havo oqimi til, tanglay - yoki ikki labning to'siqligiga duch kelib, shovqin bo'ladi. Og'iz bo'shlig'i pastki jag'ning harakati bilan keng va tor holatga o'tib turadi. Og'iz bo'shlig'idagi a'zolarning turlicha harakati xilma-xil tovushlarning shakllanishiga yordam beradi. Og'iz bo'shlig'i shovqin qiladigan a'zo bo'lish bilan birga ayni vaqtda tovush kuchaytirgich (rezanator) vazifasini bajaradi.

  4. Burun bo'shlig'i. Tovushlami hosil qilishda bo'yoqdorlik,ohangdorlik vazifasini bajaradi va tovushlarning talaffuzida alohida o'rin tutadi.

Nutq tovushlarini hosil qilishda hamma nutq a'zolari ham bir xilda ishtirok etmaydi. Shunga ko'ra ular ikki turga bo'linadi:
l)faol a'zolar ;
2) nofaol a'zolar.
Nutq tovushlarini hosil qilishda nisbatan ko'proq ishtirok etadigan nutq a'zolari faol a'zolar deyiladi. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, tovush paychalari faol a'zolar hisoblanadi.
Tovush hosil qilishda kam qatnashadigan nutq a'zolari nofaol a'zolar deyiladi. Bunga tish, qattiq tanglay, burun bo'shlig'i kiradi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling