Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti


Download 1.22 Mb.
bet3/11
Sana21.01.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1106165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishiAliyeva Dilrabo

1.2. Nutq tovushlari
Nutq a'zolari ishtirokida hosil bo'ladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlari, birinchidan, bo'g'iz bo'shlig'ida tovush paychalarining tebranishidan hosil bo'ladigan ovozdan ikkinchidan, og'iz bo'shlig'ida nutq organlarida hosil bo'ladigan shovqindan iborat.
Odam nutqi har xil tovushlarga juda boydir. Biroq barcha tovushlami ulaming artikulyatsion-akustik xususiyatlarga ko‘ra har xil turlarga bo’linadi. Artikulatsion, akustik va eshitib his etilishi hamda tildagi funksional xizmati jihatdan unli va undosh tovushlar o‘rtasida katta farq bor.
Demak, nutq a'zolarining ishtiroki hamda ovoz va shovqin o'rniga ko'ra nutq tovushlari ikki turga bo'linadi:
1) unli tovushlar;
2) undosh tovushlar.

Unli tovushlar talafruz etilganda o'pkadan chiqadigan havo oqimi to'siqqa uchramay chiqadi va ovozdan hosil bo'ladi.
Undosh tovushlar esa o'pkadan chiqayotgan havo oqimining og'iz bo'shlig'ida to'siqlarga uchrashi natijasida shovqinning qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Undosh tovushlarni aytganda ovoz qatnashishi ham qatnashmasligi ham mumkin. Bu esa o'pkadan chiqayotgan havo oqimining bo'g'iz bo'shlig'ida joylashgan ovoz paychalarini tebratish-tebratmasligi bilan bog'liqdir.
Nutq tovushlari va ularning vositalari bo‘lgan bo‘g‘in, urg‘u, intonatsiya murakkab va ko‘pqirrali xususiyatlar hisoblanadi va shu tufayli to‘rt tomonlama o‘rganiladi:
1) artikulyatsion (fiziologik) — tovushlaming talaffuzida nutq organlarining xizmati;
2) akustik (fizik) — nutq tovushlari va ulaming vositalari fizik tebranishlar natijasidir;
3) eshitib his etish (psixologik) tomoni, ya’ni nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiya eshituvchi tomonidan anglab his etiladi;
4) fonologik (yoki sotsial, funksional) jihatdan nutq tovushlari va ulaming vositalari tildagi so‘zlar, so‘z formalari, iboralar va gaplami bir-biridan farqlash, ulaming m a’nosini kengroq ochish uchun zarurdir.
Nutq tovushlari sekundiga taxminan 1,100 marta tezlik bilan o ‘tuvchi havo oqimining mexanik tebranishi natijasidir. 0 ‘z navbatida havo tebranishi davomiy va davomsiz hamda sodda va murakkab bo’lishi mumkin.
Tovushlar asosan ikki asosiy akustik belgiga ega: amplituda va chastota. Amplituda (tebranish to‘lqini) eshitilishi jihatdan tovushning kuchiga (ovozning baland yoki pastligiga) to‘g‘ri keladi. Agar tebranish harakati tez bo‘lsa, tovush baland tebranish chastotasiga ega bo‘ladi. Aks holda past chastotali tovush hosil boiadi. Tebranish chastotasi gers (yoki har sekundda qaytariluvchi sikl) bilan o‘lchanadi. Bir gers bir sekundda bo‘ladigan tebranish davriga tengdir.
Chastota tovushlami bir-biridan farqlash uchun zarur boigan akustik belgi hisoblanadi. Odamning tovush chastotasi12 ni eshitib his qila olish qobiliyati chegaralangan. Biz 15 dan to 15000 gersgacha bo‘lgan tovushlami eshitib his qila olamiz. Juda sekin (15 gersdan kam) yoki juda tez (20000 gersdan yuqori) tebranishga ega bo‘lgan tovushlarni umuman eshitish mumkin emas.
Tovushning cho‘ziqligi yoki qisqaligi (uni odatda miqdor belgisi deb yuritiladi) tebranish harakatining vaqti bilan aniqlanadi va u milisekund bilan o‘lchanadi. Tovushning kuchi, baland yoki pastligi va hokazolar uning sifat belgilari deb aytiladi.
Tovushning tembri tebranish davomida maxsus tonni hosil qilish bilan belgilanadi. U ba’zan nutqda his-hayajonni ifodalovchi akustik belgi sifatida ham qaraladi. Tovushni hosil qiluvchi bo‘shliqlar (og‘iz, burun, bo‘g‘iz va h.k.) ma’lum akustik rezonatorlar deb yuritiladi, chunki ular o‘z shakli va o ‘lchovi bilan nutq tovushini hosil qiluvchi akustik kanallar vazifasini o'taydi.
Tebranish sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Akustikada murakkab tovush tebranishining chastotasi bilan boshqa akustik vositalarni kelishtirib tumvchi mexanizm filtr deb ataladi. Odamning og‘iz va burun bo‘shliqlari unlilami hosil qiluvchi akustik filtmi tashkil etadi.
Tovushning tembrini ifodalovchi va uni boshqa tovushlarning tembridan farqini ko‘rsatuvchi chastotalar formantlar deyiladi. Formantlar nutq tovushlarining akustik xususiyatlarini bilish manbai hisoblanadi. Tovush formantlari maxsus eksperimental apparat-spektograf yordamida aniqlanadi. Har xil unlilarning formantlari (odatda, ular uchta formantga ega bo’lib, F1, F2, F3 deb ko‘rsatiladi) vertikal shkala bo‘yicha turli holatda boiadilar. Tovushlaming akustik belgilari ularning artikulyatsion xususiyatlari bilan uzviy bogiiqdir. Nutq organlarining turlicha harakati nutq tovushlarining akustik belgilarini, ulaming sifat va miqdor belgilarini o‘zgartirib yuboradi.
Nutqning akustik tomonini aniqlash uchun spektral va ossillografik metodlar qo‘llanadi. Spektrograf tovush maydonining amplitudasi va chastotasini ko‘rsatib beradi va tovushning to ‘la akustik belgisini aniqlashga yordam beradi. Nutqning akustik tomonini aniqlashda qo’llanuvchi yangi vositalar ichida spektral analiz yetakchi o‘rin tutadi. Ikki tipdagi spektrograf mavjud:
1) statik tipdagi spektrograf tovushlaming akustik strukturasini ma’lum chegaralangan vaqt ichida o‘rganishga imkon beradi;
2) dinamik tipdagi spektrograf (yoki sonograf) “ko‘rinuvchi nutq” (visible speech) prinsipida ishlaydi va u yordamida tovushning spektral ko‘rinishini rivojlanish jarayonida aniqlash mumkin bo’ladi.

1-rasm. To'lqin shakllari (yuqori panel) va spektrogrammalar (pastki) sifatida ko'rsatilgan qayta ishlangan nutq signallariga misollar. (a) Asl og'zaki gap: (''metroga kirish joyi bu yerda'').
(b) to'rt diapazonli va 16 Gts sharti, (c) to'rt diapazonli/4 Gts sharti va (d) 16 diapazonli/16 Gts sharti ostida qayta ishlangan nutq tovushi.



/ae/ va /a/ unli stimullari uchun spektrograf.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling