Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti


Download 1.22 Mb.
bet4/11
Sana21.01.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1106165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishiAliyeva Dilrabo

1.3. Masalaning qo’yilishi
Ushbu kurs ishi “Nutq signallarini qayta ishlash uslulari” haqida bo‘lib, kurs ishida qo‘yilgan asosiy maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:

  • Nutq va nutq tovushlarining tahlili;

  • Nutq signallar haqida o’rganish;

  • Nutq signallarini qayta ishlashning ahamiyati;


Ushbu kurs ishini tayyorlash jarayonida quyidagilar amalga oshirilishi lozim:

  • Nutq tovushlarining hosil bo’lishini o’rganish;

  • Nutq texnologiyalarini o’rganish;

  • Nutq signallarini qayta ishlash bosqichlarini o’rganish.


2. Asosiy qism
2.1. Nutq va raqamli signallarni qayta ishlash
Nutq tovushlarni hosil qilishda turlicha nutq aʼzolari turli shakllanishlar asosida o‘z funksiyasini bajaradi. Yaʼni, qaysi biridir keraklikcha tebranadi yoki yopiladi. Nutq aʼzolarining ko‘p miqdori nutqni hosil qilishda aralashsa, nutqni qayta ishlash shunchalik qiyinlashadi. Nutqni qayta ishlashda, shuningdek, tovushlarning ketma-ketligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq tovushlarining sinflanishida ovoz diapozoniga va nutq aytayotgan insonning jinsiga bog‘liq. Asosiy o‘lchov mezonlari ikkita bo‘lishiga qaramay, o‘lchov jarayonida turli xil, bir-birini takrorlamaydigan nutq tovushlari yuzaga keladi. Nutq tovushlarining sinflanishi va nutq tovushlarining hosil bo‘lish jarayonini umumlashtirish natijasida nutq signalining mezonlarini aniqlash mumkin. 
Birinchidan, nutq signali murakkab tebranishlar asosida yuzaga kelgan signal. Ikkinchidan, bir nutq signalining tarkibi boshqa nutq signalining tarkibiga to‘g‘ri kelmaydi. Uchinchidan, nutq signalining format chastotasi shaxslar uchun turli chastota oralig‘ida bo‘ladi. Ushbu mezonlarni inobatga olgan holda nutq signallariga ishlov berish murakkab algoritmlar asosida amalga oshiriladi.
Signallar, odatda, raqamli ko'rinishda qayta ishlanadi, shuning uchun nutqni qayta ishlashni nutq signaliga qo'llaniladigan raqamli signalni qayta ishlashning maxsus holati sifatida ko'rish mumkin. Nutq signali audio signalning bir ko'rinishidir. Qolganlari - ohang, musiqa va shovqindir. Signalni qayta ishlash usuli odatda ishlab chiqilgan algoritmni sinab ko'rish uchun musiqa, nutq va ikkalasining aralashmasi bilan sinovdan o'tkaziladi. Nutq signallarini tahlil qilish va raqamli qayta ishlash nazariyasi matematika, fizika va boshqa tegishli sohalarning bir qator bo'limlari usullari va algoritmlariga asoslanadi.
Raqamli signallarni qayta ishlash (DSP – digital signal processing) zamonaviy fan va texnologiyaning eng istiqbolli va rivojlanayotgan yo'nalishlaridan biri va texnologiyasidir.
Qo'llash sohalari: radio va televizion raqamli aloqa tizimlari, uyali aloqa tizimlari, kompyuter tarmoqlari, radio va tovush joylashuvi, tibbiyot, tasvirni qayta ishlash va video ma'lumotlar oqimi, musiqa va boshqalar.
Raqamli signallarni qayta ishlash (DSP) nutq signallarini qayta ishlash va uzatish sohasida eng keng tarqalgan va jadal rivojlanishda davom etmoqda. Bu uyali va mobil aloqa, raqamli aloqaning boshqa turlari, IP-telefoniya sohasidagi yutuqlar tufayli nutqni aniqlash va sintez qilish bo'yicha olib borilgan ishlar natijalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim jarayonining nuqta’i nazaridan, nutq signallarini qayta ishlash usullarini o’rganish eng muhim hisoblanadi. Ovozni yozib olish uchun kompyuter ovoz kartasi, mikrofon va karnay bilan jihozlanishi kerak, chunki bular orqali ovoz fayllarini yaratish oson bo’ladi va shundan so’ng olingan faylni tinglash orqali qayta ishlash usuli natijalariga baho berish mumkin. Shu bilan birga, nutq signallarini qayta ishlash usullari va operatorlari: dastur sohasini hisobga olgan holda raqamlashtirish, tiklash, filtrlash, kodlash-dekodlash, spektral tahlil va transformatsiyalar, tanib olish va sintez qilish va boshqa DSP ilovalari uchun xosdir, shuning uchun ovozni qayta ishlash usullarini o'rganish bizga ko'p narsalarni o'rgatishi mumkin.


Signallarni qayta ishlash uslublari 2ga bo’linadi:

  1. Vaqt sohasi bo’yicha;

  2. Chastota sohasi bo’yicha.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling