Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universeteti


Download 115.43 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi115.43 Kb.
#186469
Bog'liq
VAQT ETALONI FIZ 2

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSETETI

414-20 GURUH TALABASI ESHBO’ROYEV RUSTAMBEK

FIZIKA FANIDAN TAYORLAGAN

2- MUSTAQIL ISHI

FAN O’QITUVCHISI : QAHHOR ABDURAXMONOV.

TOSHKENT 2020.

VAQT BIRLIGI ETALONINI AMALGA OSHIRISH MAVZU ASOSIDA TAYORLAGAN TAQDIMOTI

TOPSHIRIQ 2

REJA :

1.Vaqt birligini astronomik aniqlash; 2.Yerning quyosh atrofida aylanish vaqti;

3.Sutka – kecha va kunduz davri;

4.Atom fizikasi vositalari yordamida vaqt birligini  aniqlash. 5.Xulosa;

1.Vaqt birligini astronomik aniqlash  Vaqt o‘lchovi Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini kuzatishga asoslangan. Shuning uchun yulduz vaqti, Quyosh vaqti va boshqa vaqtlarga ajratiladi. Yulduz vaqtining asosiy birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. U, asosan, Yerning o‘z o‘qi atrofida bahorgi tengkunlik nuqtasiga nisbatan aylanish vaqtiga teng.

Yulduz vaqtida foydalanish noqulay, chunki u kun bilan tunning almashinishiga to‘g‘ri kelmaydi.Shuning uchun amalda Quyosh vaqtidan foydalaniladi. Quyosh vaqti Yerning Quyoshga nisbatan harakatiga qarab aniqlanadi. Quyosh vaqti, odatda, yarim tundan boshlab hisoblanadi, bu vaqt o‘rtacha Quyosh vaqti deb ataladi. Тurli meridianlarda yarim tun turli paytlarda bo‘ladi, shu sababli turli meridianlarda joylashgan joylarda vaqt bir-biridan farq qiladi.

Shuning uchun vaqt o‘lchovidan xalqaro miqyosda foydalanishni osonlashtirish maqsadida mahalliy vaqt, mintaqa vaqti va dunyo vaqti tushunchalari kiritilgan. Vaqtning birligi sifatida yer o’z o’qini bir marta aylanishga ketadigan vaqtining 1/86400 qismi sekund qabul qilingan.

Mahalliy vaqt. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kecha-kunduzda bir marta aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15° dan meridianlar o‘tkazilsa, har bir meridian qo‘shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh meridianda tush payti bo‘lganda, 180° meridianda yarim kecha, bosh meridiandan sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g‘arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo‘ladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo‘ladi, ya’ni bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi.

2.Yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari. Vaqtning asosiy birligi sifatida Yerning o’z o’qi atrofida bir marotiba to’la aylanib chiqish davri sutka olinadi. Sutkaning hisob boshi qilib osmon sferasida tanlangan nuqtaning osmon meridianidan o’tish payti olinadi.

Astronomiyada bunday tanlangan nuqtalar sifatida bahorgi tengkunlik, Quyoshning gardishini markazi, o’rtacha Quyosh deb ataluvchi va o’rni istalgan payt uchun nazariy hisoblab topiladigan faraziy nuqta olinadi. Bu nuqtalarning osmon sferasidagi vaziyatlariga qarab aniqlangan vaqt mos ravishda yulduz, haqiqiy Quyosh va o’rtacha Quyosh vaqtlari deyiladi.

3.Sutka — Yerning oʻz oʻqi atrofida 1 marta aylanish davriga teng boʻlgan vaqt oʻlchov birligi. Sutka quyosh sutkasi (24 soat) va yulduz sutkasi (23 soat 56 minut 4 sekund) kabi turlarga ajratiladi. Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham yuritiladi.Bir sutka 24 soat(1440 minut, 86400 sekund)dan iborat. Sutka kunduz va tun, ertalab va kechqurundan tashkil topgan.

Kecha-kunduz, sutka - 24 soatga teng vaqt oʻlchov birligi. Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bo’linadi. Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari orasidagi vaqtga teng . Yulduz sutkasi haqiqiy (pretsessiya va nutatsiya hisobga olinsa) va oʻrtacha (faqat pretsessiya hisobga olinsa) yulduz sutkalariga ajraladi.

4.Astronomlar tomonidan topib berilgan aniq vaqtni ≪asrash≫ uchun, maxsus atom soatlaridan foydalaniladi. Bunday soatlarning yurishi, atomda o'zgarmas chastotali tebranma jarayonlarga tayanganidan, juda yuqori aniqlikka ega bo'ladi. Atom soati (kvant soati) – vaqtni o‘lchashda ishlatiladigan qurilma. Atom soatida vaqtni o‘lchash uchun o‘zgarmas davriy jarayon sifatida atomlarning xususiy tebranishlaridan foydalaniladi. 

Atom soatida "mayatnik" vazifasini atomlar bajaradi. Atomlar bir energiya sathidan ikkinchi energiya sathiga o‘tganda ularning nurlanish chastotasi Atom soati yurishini rostlab turadi. Atom soati vaqtni astronomik usullardagidan ham aniqroq o‘lchashga imkon beradi (xatolik 10~" – 10~13). Hozir qo‘llanilayotgan atom etalonlarida seziyning atom dastalaridan foydalanilmoqda.

Atom soatining ishlash prinsipi Insonlar ko’p yillar davomida vaqtni yana ham aniq o’lchashga intilishdi. Bu borada texnika va ilm-fan rivojlanishi katta yordam berdi. Yani atom soatlari ishlab chiqildi. Bu esa vaqtni juda ham aniq hisoblashga yordam berdi. Bunda aniqlik juda ham katta. Bir necha milliard yilda 1 soniyaga adashishi mumkin. Bunda bir soniya etib atom massasi 133 ga teng bo’lgan seziyning o’tishi mos keladigan ikkita ma’lum atomlar orasida 9 192 631 770 ta nurlanish hosil bo’lishiga ketadigan vaqt nazarda tutiladi.

5.Xulosa Qadimdan odamlar vaqtni o’lchash uchun astronomik bilimlardan foydalanishgan. Sutka odamlar qadimdan foydalanilgan birliklardan biridir. Yerning Quyosh atrofida aylanishi natijasida yerda tun va kun hamda fasllar vujudga keladi. Atom fizikasi yordamida vaqtni aniqlash eng zamonaviy va eng aniq usul hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y. 2. MAMADMUSO MAMADAZIMOV. ASTRONOMIYA. Darslik. Toshkent. 2008y.


Download 115.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling