Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injineringi fakulteti


Metama’lumotlar (Метаданные, Metadata)


Download 141.01 Kb.
bet10/14
Sana12.03.2023
Hajmi141.01 Kb.
#1263326
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
032 19 Soliev Muxiddin

Metama’lumotlar (Метаданные, Metadata) - biror ma’lumotning (faylning) sarlavhasi, mavzusi, avtori, hajmi, kalit so’zlari kabilardan iborat axborot.
Metaqidiruv tizimi (Метапоисковая система, Metacrawler) - foydalanuvchining so’rovini bir necha qidiruv serverlariga jo’natib, natijani gipermurojaatdan iborat ro’yxat shaklida ifoda etuvchi tizim yoki server. Bu tizim o’zining indekslangan ma’lumotlar bazasiga ega bo’lmaydi.
Moderator (Moderator, Moderator) - elektron konferentsiyalarni hamda tarqatmalar ro’yxatini boshqaruvchi inson. Uning funktsiyalariga konferentsiyada ishtirok etishga ruxsat berish, materiallarni chop etish, ishtirokchilarni mavzudan chetlashishlarini nazorat qilish kabilar kiradi.
Moderator (Модератор, Moderator) - 1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi etakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo’lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo’lganda ishtirokchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko’rishi mumkin – tartibbuzarlarni ogohlantirishdan tortib ma’lum xabarlarni o’chirish yoki hatto ba’zi foydalanuvchilar uchun erkin foydalanishni man etishgacha. 2. Kataloglarda moderator – u yoki bu mavzu bo’limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo’limining mosligini tekshirib turadi. Ba’zan (agarda bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo’lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi.
Modul (Модуль, Module) - biror o’quv materialini tashkil qiluvchi tarkibiy bo’laklar.
Monitor (Монитор, Monitor) yoki Displey (Displey, Display) – ekranda tasvirni aks ettiruvchi ixtiyoriy qurilma. Tasvir ekranda nuqtalarning yoritilishidan hosil qilinadi.
Offlayn (Оффлайн, Off-line) - tarmoqqa ulanmagan (avtonom) holatda ishlash tartibi.
Offlayn texnologiyalari (оффлайновые технологии, offline technologies) - ma’lumotlar va xabarlar almashuvida, sezilarli asinxronlikka yo’l qo’yadigan, axborot makonidagi xabarlar kommunikatsiyasi vositalari: tarqatish ro’yxatlari, yangiliklar guruhi, web-forumlar va h.q.

Download 141.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling