Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot-texnologiyalari universiteti
Download 1.96 Mb.
|
kompyuterni tashkillashtirish (1)
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT-TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 830-21-guruh talabasi QO’ZIYEV YODGORBEKNING KOMPYUTERNI TASHKILLASHTIRISH FANIDAN BAJARGAN TOPSHIRIG’I 15-variant 16-lik sanoq sistemasi va shu sanoq sistemasida ko'paytirish va bo'lish amallari. 16-lik sanoq sistemasining ko'paytirish jadvalini shakllantirish, 2-6 xonalik sonlar ustida ko'paytirish va bo'lish amallarini bajarish, xisobot natijalari sifatida 16-lik sanoq sistemasida 1-8 xonalik berilgan sonlar uchun ko'paytirish va bo'lish amalining natijalarini ko'rsatish va bo'lish jadvalini shakllantirishda har biri uchun kamida 2 yechim bilan to'ldirish talab etiladi. ISHNI BAJARISH TARTIBI Sanoq sistemalari haqida umumiy ma’lumot Hozirgi kunda sanoq sistemasi informatika fanida juda muhim rol o’ynaydi. Buyuk bobokalonimiz al-Xorazmiy o’zining “Hisob al-hind” asarida natural sonlarning o’nli sanoq sistemasida yozilishi va ular ustida qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish amallarini bajarish qoidalarini batafsil bayon etgan. Bu asar XII asr boshlarida lotin tiliga tarjima qilingan va undan Yevropa universitetlarida uzoq yillar davomida asosiy darslik sifatida foydalanilgan. Shu tariqa Yevropada o’nli sanoq sistemasi kirib kelgan. Yevropada al-Xorazmiy nomi “Algorizmi”, “Algoritmi”, “Algoritmus” tarzida qo’llanilgan. Xususan, hozirda tilimizga chuqur singib ketgan “algoritm” so’zi ham al-Xorazmiy nomidan olingan. Algoritm atamasining ma’nosi – biror ishni bajarishning ma’lum bir ketma-ketligi yoki qoidasini anglatadi. Sanoq sistemasining turlari Orinli (pozitsion) sanoq sistemalari. Orinsiz (nopozitsion) Sanoq sistemalari Orinli (pozitsion) sanoq sistemalari. Orinli sanoq sistemasida raqamlar soni malum miqdorda bolib, ular sondagi orinlariga qarab turli qiymatni aks ettiradi. Masalan, bizga malum bolgan 10 lik sanoq sistemasida 10 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9; 8 lik sanoq sistemasida 8 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7; 2 lik sanoq sistemasida 2 ta raqam; 0, 1; 16 lik sanoq sistemasida 16 ta raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F mavjud. Odatda, 16 lik sanoq sistemasida yetishmaydigan raqamlar orniga lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E, F lar qollaniladi. Orinsiz (nopozitsion) sanoq sistemalari Orinsiz sanoq sistemasiga qadimgi rim sanoq sistemasi misol bula oladi. Bu sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun lotin harflari ishlatiladi, yani I harfi har doim birni , V harfi beshni, X-onni, L-ellikni, C-yozni, D-besh yozni, M-mingni va boshqalar. Bu sanoq sistemada 267 soni CCLXVII korinishda ifodalanadi. Bu sanoq sistemasida har bir harf har doim bir xil sonni ifodalaydi. Shuning uchun ham katta sonlarni yozishda yangi – yangi harflarni kiritishga togri keladi. Qancha yangi harf kiritmaylik shunday sonni uylab topish mumkinki, uni mavjud harflar yordamida ifodalash murakkablashib ketadi. Oʻn oltilik sanoq sistemasi sonlarni faqat 16 belgi, yaʼni 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9 (0–9), shuningdek, A, B, C, D, E va F (“A”–“F” yoki “a”–“f”) lardan foydalanib yozishga asoslangan sanoq tizimidir. XULOSA Ushbu amaliy mashg`ulot sanoq sistemalarini o`rganishga qaratilgan amaliy masalalar va ularni yechimini topishga qaratilgan bolib, nazariy qism, amaliy qism, natijalarni o`z ichiga oladi. Amaliy mashg`ulotni bajarishda bir qancha adabiyotlar o`rganildi, masalalar ko`rildi va maqsaddan kelib chiqib amaliy mashg`ulot hisoboti shakllantirildi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling