Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti aktsim fakulteti
Biznes tuzilmasining soliqlari haqida
Download 33.12 Kb.
|
1-Biznesda-moliyaviy-menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlarni rejalashtirishning bazaviy elementlari
Biznes tuzilmasining soliqlari haqida.
Soliqlarni rejalashtirish korxona biznes-jarayonlarini rejalashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, moliyaviy menejmentning bir qismi hisoblanadi. Moliyaviy menejmentning ushbu qismi moliya sohasida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish, soliq to‘lovlarini kamaytirish hamda amaldagi soliq qonunchiligi doirasida korxonani barqaror rivojlantirish maqsadida xo‘jalik faoliyatini tartibga solishni o‘z ichiga oladi. Mazkur maqolada soliqni rejalashtirishning bazaviy elementlarini, uni qo‘llash sohalari va prinsiplarini ko‘rib chiqamiz hamda soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashdagi eng ko‘p uchraydigan xatolarga e'tiborni qaratamiz. Ma'lumki, soliqlarni rejalashtirishning alohida roli korxona yalpi tushumida soliqlar va majburiy to‘lovlar salmog‘ining ancha kattaligi bilan izohlanadi. Soliq to‘lovlarining korxona xarajatlaridagi ulushi salmoqli bo‘lib, iqtisodiy natijalarni, raqobatbardoshlikni va moliyaviy barqarorlikni shakllantirishga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Soliq majburiyatlarini rejalashtirish esa korxona faoliyatini biznes-rejalashtirishning tarkibiy elementlaridan biri bo‘lib hisoblanadi hamda amaldagi qonunchilik doirasida soliq to‘lovlarini minimallashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning optimal variantini tanlash yo‘li bilan ularni shakllantirish va miqdorini aniqlash jarayonidan iborat. Soliqlarni samarali rejalashtirish soliq xarajatlarini optimallashtirish, korxonaning foydasini oshirish hamda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha moliyaviy salohiyatini kengaytirish imkonini beradi, bu esa oxir-oqibat soliq solinadigan bazalarning ortishiga va byudjetga to‘lanadigan soliqlar summasining oshishiga olib keladi. Soliqlarni rejalashtirishning bazaviy elementlari Soliqlarni rejalashtirishning bazaviy elementlarini qo‘llash korxonaga soliq yukini kamaytirishga yordam beradi, shu tariqa soliq xarajatlari tejalib, korxonaning ixtiyorida qoladigan moliyaviy resurslar hajmini oshiradi. Ushbu maqsadlarda korxonadan, birinchi navbatda, quyidagilar talab etiladi: • soliq majburiyatlarini optimallashtirish strategiyasini hamda ularni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish; • soliqni rejalashtirishning turli sxemalarini ishlab chiqish. Bunda, ular korxonaning biznes-rejasiga kiritiladi hamda bir vaqtning o‘zida soliq yukini qonuniy tarzda kamaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi; • hisob siyosatini tanlash. Buxgalteriya hisobini tanlash boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun, shu jumladan soliqni rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan axborotni istalgan vaqtda olish imkonini beradi; • soliq va boshqa majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish. Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha debitorlik qarzini uch oydan ortiq muddatga cho‘zmaslik; • to‘langan soliq to‘lovlari dinamikasini korxonaning sof foydasi oshishi sur'atlari bilan solishtirish. Soliqlarni kamaytirish va soliqlarni optimallashtirish - bu soliq to‘lovchining muayyan maqsadga qaratilgan harakatlari bo‘lib, korxonaga byudjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlarni amaldagi qonunchilik doirasida kamaytirish imkonini beradi. Biroq soliq majburiyatlarini optimallashtirish hamda soliqni rejalashtirishning turli sxemalarini ishlab chiqishdan oldin quyidagilar amalga oshirilishi zarur: • ishonchli soliq hisobini tashkil qilish; • soliqlar hisoblanishining to‘g‘riligini nazorat qilish; • amaldagi qonunchilik doirasida soliqlar va majburiy to‘lovlarni minimallashtirish. Dastlabki ikkita band bo‘yicha ishlarni korxona o‘z kuchi bilan amalga oshirishi mumkin, ammo soliqlar va majburiy to‘lovlarni minimallashtirish, odatda, chetdan malakali mutaxassislarni jalb qilishni talab etadi. Download 33.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling