Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti aktsim fakulteti
Soliq va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari
Download 33.12 Kb.
|
1-Biznesda-moliyaviy-menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq elementlari
Soliq va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimi” ning asosiy bo’g’ini bo’lib hisoblanadi. Bular soliq solishdagi asosiy tushunchalardir. Ushbu tushunchalar davlat byudjeti va soliq to’lovchilar ertasidagi iqtisodiy-xuqukiy munosabatlarda yuzaga keladi. Soliq Kodeksining 24-moddasida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari aks ettirilgan. Bularga quyidagilar kiradi: Soliq elementlari: soliq solish obyekti; soliq solinadigan baza; soliq stavkasi; soliqni hisoblab chiqarish tartibi; soliq davri; soliq hisobotini tag’dim etish tartibi; soliqni to’lash tartibi. Soliqlar va to‘lovlarni minimallashtirishda ularni hisoblashda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik muhim omildir. Ammo ba'zan shunday holatlar bo‘ladiki, ular soliq organlari tomonidan ancha katta moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishiga olib keladi. Xatolarga yo‘l qo‘yilishi, asosan buxgalteriya va iqtisodiyot xizmatlari mutaxassislarining bilimlari yetishmasligi hamda faoliyatidagi kamchiliklar bilan bog‘liq. Soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashdagi xatolar birinchi navbatda, quyidagilar oqibatida yuzaga keladi: • oddiy arifmetik va sanoqdagi xatolar; • birlamchi hujjatlarning noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi yoki ularning umuman bo‘lmasligi; • amaldagi soliq qonunchiligining noto‘g‘ri talqin etilishi; • soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni bilmaslik yoki o‘z vaqtida ta'sir ko‘rsatmaslik; • soliq organlariga hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik; • soliqlarni to‘lamaslik yoki o‘z vaqtida to‘lamaslik. So‘nggi yillarda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini, xususan, soliq yukini yengillashtirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va birxillashtirish, qo‘shimcha keng soliq va bojxona imtiyozlarini berish orqali qo‘llab-quvvatlash choralari muntazam ko‘rilmoqda. Shuningdek, alohida iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi korxonalarga alohida soliqlar turlari bo‘yicha soliq stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish yo‘li bilan soliq yukini kamaytirish yuzasidan hukumat qarorlari qabul qilindi. Bundan tashqari, davlat tomonidan eksportyor korxonalarga, kichik biznes sub'yektlariga hamda investitsiyalar kiritadigan va yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirayotgan korxonalarga qo‘shimcha imtiyozlar berildi. Bugungi kunda yuridik shaxslarga beriladigan soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27dan ortiq moddalarida nazarda tutilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va Hukumati tomonidan 200dan ortiq qarorlar qabul qilingan, ya'ni soliqlarni rejalashtirish sohasida ancha keng faoliyat maydoni mavjud. Umuman respublika bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish hisobiga har yili yuridik shaxslarning YAIMning 10-12 foizi miqdoridagi moliyaviy mablag‘lari bo‘shaydi va ular investitsiyalarga hamda korxona xodimlarining ijtimoiy masalalarini hal qilishga yo‘naltiriladi. Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish tartibi – soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo’lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy to’lov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi. Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Soliq kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organiga yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin. Xulosa Hozirgi kunda moliyaviy menejment tushunchasining mohiyatini yoritishda iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar bildirib o‘tilmoqda. Umuman olganda, moliyaviy menejment tushunchasiga rus iqtisodchi olimlari, qolaversa MDH davlatlariga kiruvchi qator davlatlari olimlarining qarashlari bilan, G ’arbiy Evropa va AQSh olimlarining qarashlari nisbatan farqlanadi. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud boiib, buning asosiylaridan biri MDH tarkibiga kiruvchi davlatlarda bo‘lgani singari moliyaviy menejment fani Rossiya Federatsiyasida ham yangi rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi, yana bir sabab esa, ushbu davlatlarda firma va kompaniyalarning boshqaruv tizimidagi o‘ziga xos turli xil jihatlarining mavjudligi hisoblanadi. Bundan tashqari, AQSh va Evropada mavjud kompaniyalarining aksariyat qismi asosiy faoliyatlaridan tashqari, ularning xo'jalik faoliyatida fond bozorlaridagi ishtiroki, xususan qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirilishi muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham ularning amaliyotida, moliyaviy menejmentning funksiyalari ko‘p holatlarda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni boshqarishga yo‘naltirilgan holda tushuntiriladi. Iqtisodiy faoliyat yuritayotgan har qanday korxona xo'jalikmoliyaviy faoliyatidan qat’iy nazar bir tomonlama faoliyat yuritishi mumkin emas. Korxonalar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish, ishlar bajarish va mahsulotlar sotish jarayonida, bevosita ikkinchi tomon bilan hamkorlikda iqtisodiy munosabatlami yuritish natijasida o ‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi va buning natijasida korxonalaming moliyaviy faoliyati shakllanadi. Bozor munosabatlari sharoitida mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar. korxonalarda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish eng avvalo tizilmada boshqaruv rolini oshirishdan boshlanadi. Chunki, boshqaruv vositasida korxona o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni hal qiladi va istiqboldagi strategik maqsadlarni amalga oshiradi. Umuman olganda, yuqoridagi funksiyalaming birinchisida har qanday boshqaruv shaklining umumiy ko‘rinishi tavsiflanadi, uning tarkibiga asosan quyidagilar kiradi: tashkil etish, tahlil, rejalashtirish, rag‘batlantirish (motivatsiya) va nazorat. Download 33.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling