Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kompyuter Injiniring Fakulteti


Kuchaytirgichda signallar buzilishi


Download 168.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana17.06.2023
Hajmi168.46 Kb.
#1551504
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Mustaqil ish 4

Kuchaytirgichda signallar buzilishi. Kuchaytirgichda signal 
kuchaytirilishi bilan shakli o ‘zgarmasligi kerak. Chiqish signali 
shaklining kirish signali shaklidan farqlanishi signal buzilishi deb ataladi. 
Buzilishlar ikki xil bo‘ladi: chiziqli va nochiziqli. 
Chiziqli buzilishlar tranzistor va kuchaytirgich qurilma boshqa 
elementlari parametrlarining chastotaga bog‘liqligi sababli yuzaga 
keladi. Elektr signallar turli chastotaga ega bo‘lishi mumkinligi sababli, 
kuchaytirish koeffitsientlari chastota o‘zgarishi bilan qanday o ‘zgarishini 
bilish muhim. Kuchaytirgichning amplituda — chastota xarakteristikasi 
(AChX) deb KL, ning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirilayotgan signal 
chastotasiga bog‘liqligiga ataladi. 
 
Nochiziqli buzilishlar kuchaytirgichlarda ishlatilgan tranzistorlar 
VAXlarining nochiziqliligi hisobiga yuzaga keladi. Shuning uchun 
kuchaytirgich kirishiga sinusoidal signal berilganda, chiqish signali 
yangi garmonikalarga ega bo'lib, toza sinusoidani takrorlamaydi. 
Nochiziqli buzilishlar garmonik buzilishlar koeffitsienti bilan 
baholanadi. Kuchaytirgich chiqishidagi yuqori garmonikalar (U2, U3 ...) 
amplitudalarining o 'rta kvadrat qiymatlarini asosiy tebranishlar 
amplitudasiga (U) nisbatining foizlarda ifodalangan qiymati garmonik 
buzilishlar koeffitsienti deb ataladi 
 
 


Mavzu: 
Operatsion kuchaytirgichlarning tuzilishi 
Reja: 
1- Umumiy ma’lumotlar 
2- Operatsion kuchaytirgichlar tuzilishi
3-Operatsion kuchaytirgich asosiy parametrlari va 
Xarakteristikalari 
 
 
Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli 
amallarni bajarishga moMjallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga 
asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega 
bo‘lgan (А'(;=104^-106) integral o ‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. 
Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, 
differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi 
kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, 
k o 'p a y tirish , ch a sto tan i filtrlash, g en e ra tsiy a la sh , sig n a llam i 
barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat 
va manfiy teskari aloqa (ТА) zanjirlari kiritiladi. ТА zanjirlari yordamida 
OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. 
Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi. 
OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi 9.1, a-rasmda 
ko‘rsatilgan bo'lib, uning tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy 
shina va tashqi tahrirlovchi elementlar ko‘rsatilmaydi. OKlarning 
standart grafik belgilanishi 9.1, b-rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada 
k u c h la n is h m a n b a y ig a u la n ish e le k tro d la r id a n ta s h q a r i, 
k uchaytirgichning talab etilgan logarifmik AChX k o 'rin ish in i 
sh ak llan tiru v ch i c h a sto tan i k o rreksiya lovchi e le k tro d la r ham 
ko'rsatilgan. 

Download 168.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling