Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kompyuter Injiniring Fakulteti


-Mavzu: Analog kuchaytirgich qurilmalarning  asosiy xususiyatlari


Download 168.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana17.06.2023
Hajmi168.46 Kb.
#1551504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Mustaqil ish 4

3-Mavzu:
Analog kuchaytirgich qurilmalarning 
asosiy xususiyatlari
 
Reja: 
1-Umumiy m a’lumotlar. 
2- Kuchaytirgichlarning tasniflanishi. 
3-Kuchaytirgichlar guruxlari 
 
 
Signal manbayi quwati yetarli bo‘lmaganda 
yuklama RVu deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun 
kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik 
tizimlar, elektron — nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning 
kirishi va boshqalar yuklama bo'lib xizmat qilishi mumkin. 
Kirish signali manbayi yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr 
signalga birlamchi o'zgartiradi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, 
awalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari 
manbayi b o ‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat 
yordamchi kuchlanish manbayidan (to ‘g ‘rilagich, akkumulator, 
batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbayidan yuklamaga 
uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich “vositachilik” 
qiladi. 
Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quwati Rkir 
ni Rch,q ga quyidagicha ko'rinishda o‘zgartirishdan iborat: 
 
Ya’ni, chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan 
sharoitga, xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbayining 
ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. 
Bu shart ideal kuchaytiigichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida 
cheksiz quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. 
Real kuchaytirgich xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga 
biroz yaqinlashadi. 
Kuchaytirgich deb manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga 
mos ravishda chiqish signali energiyasiga o ‘zgartiruvchi qurilmaga 


aytiladi. 
Kuchaytirishni ta ’minlash uchun ideal kuchaytirgich o ‘z tarkibida 
kirish signali ta ’sirida qarshiligini chiziqli o ‘zgartuvchi elementga ega 
bo'lishi zarur. Lekin, hozirgi kungacha qarshiligini chiziqli o'zgartuvchi 
kuchaytirgich elementlar mavjud emas. Shuning uchun kuchaytirishni 
amalga oshirishi mumkin bo'lgan boshqariluvchi element sifatida ВТ 
va MTlar ishlatiladi. Nochiziqli VAXga ega bo'lgan holda, tranzistor 
amalda boshqariladigan qarshilikni ifodalaydi. Qarshilik qiymati 
tranzistorning ulanish usuli, boshqaruvchi signal qiymati va ishorasiga 
bog'liq bo'ladi. Tranzistorlarning asosiy kamchiliklari bo'lib VAXining 
nochiziqligi va temperaturaga bog'liqligi hisoblanadi. 
Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi 8.3-rasmda ko'rsatilgan bo'lib, 
u kirish RKJlt va chiqish RCHIQ qarshiliklari hamda kuchlanish 
manbayidan 
tashkil topgan. Kuchaytirish kaskadi, ko'p kaskadli kuchaytirgich yoki 
OK kuchaytirgich bo'lib xizmat qilishi mumkin. Kuchaytirgichning 1 
va 2 kirish elektrodlariga kuchaytirilishi zarur bo'lgan signal manbayi 
(datchik) ulanadi. Datchik EYKgeneratorili ^ ek v iv a len t ikki qutblilik 
(8.3, a-rasm) yoki ichki qarshiligi Ra bo'lgan tok generatori Ia (8.3, 
b-rasm) sifatida ko'rsatiladi. 

Download 168.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling